Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavritaniya chempionati yetakchisi - Sudan klubi!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Al-Hilol» (Neymar to‘p suradigan jamoa bilan adashtirib qo‘ymang) va «Al-Mirrix» klublar jori mavsumni Mavritaniya chempionatida o‘tkazishmoqda.

«Al-Hilol» - turnir peshqadami. Biroq nima uchun bu ikki jamoa Sudandan 5000 chaqirim uzoqlikdagi mamlakat ligasida to‘p surishga majbur bo‘ldi?

Sudanda nimalar yuz bermoqda?

2023 yildan beri 40 millionli aholiga ega bu o‘lkada XXI asrdagi eng shafqatsiz mojarosiga aylangan fuqarolar urushi avjiga chiqmoqda. Hammasi 2019 yilda, Tezkor nazorat kuchlari (TNK - 2000-yillardaarablarga qarshi isyonchilarni nazorat qilgan hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot) muntazam armiyaga birlashgan holda prezident Omar al Bashirga qarshi bosh ko‘tarishidan boshlangandi. Prezidentning 26 yillik hukmronligi harbiy to‘ntarish bilan nihoyasiga yetgan.

Garchi Sudan muvaqqat hukumat ixtiyoriga o‘tgan bo‘lsada, TNK bilan muntazam armiya mutasaddilari 4 yildan beri qaysi sohalar harbiylar nazorati ostida bo‘lishi, qaysilari fuqarolik boshqaruvi tasarrufida bo‘lishi xususida bir to‘xtamga kela olmadilar. Bir yildan ko‘proq vaqtdan beri urush to‘xtovsiz davom etmoqda. Unda halok bo‘lganlar soni 12000ga yetdi, qariyb 2 mln. kishi boshqa davlatlarga, yana 8 mln. kishi mamlakatning xavfsiz hududlariga ko‘chib ketishdi. BMT Sudanda keng qamrovli inqirozni qayd etdi: mamlakatdagi shifoxonalar faoliyati deyarli to‘xtab qolgan, shafqatsiz urush domiga tushib qolgan Darfur shahrining chetga chiqishga ulgurmagan aholisi ocharchilik azobini tortmoqda. Bundan tashqari, TNK tomonidan 2000-yillarda al Bashir tuzumiga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatgan mahalliy xalqlarni ommaviy qirg‘in qilingani qayd etildi.

Sulh tuzish haqidagi so‘nggi muzokaralar shu yilning avgustida Jeneva shahrida o‘tkazildi. Biroq mojaroga aloqador tomonlarning birortasi unga o‘z vakillarini jo‘natgani yo‘q.

Nima uchun aynan Mavritaniya Sudan klublarini o‘z chempionatiga qabul qildi?

Dastavval «Al-Hilol» Tanzaniya (Sudandan 2000 chaqirim uzoqlikda) chempionatida o‘ynashni mo‘ljallagandi. Lekin bu reja amalga oshmadi. Ehtimol, mahalliy liga xorijiy klub o‘yinlarini rasmiy uchrashuv sifatida qabul qilishni istamagan bo‘lishi mumkin. Sudanliklar bu borada Uganda va Liviyaga ham murojaat qilgan edilar.

Mavritaniya ligasi esa umumiy jadval yuritishga rozilik bildirdi, lekin bitta shart bilan: musobaqada dastlabki ikki o‘rinni egallagan mahalliy klublar eng yaxshi jamoa maqomida tan olinib, afrokubok musobaqalarida ishtirok etadilar. Sudanning ikki jamoasidan eng yaxshi natijaga erishgani esa ACHL yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Darvoqe, qit’aning nufuzli klub turniri doirasida «Al-Hilol» urush yillarida Marokash, Tanzaniya va Liviyada, «Al-Mirrix» Ugandada maydonga tushgandi.

Milliy chempionatning g‘ayrioddiy formatini AFF uzoq o‘ylab o‘tirmasdan ma’qulladi. Mavritaniya barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oldi: «Al-Hilol» va «Al-Mirrix»ning mamlakatda istiqomat qilishi, harakatlanishi va yig‘inlarni tashkil etishi mahalliy byudjet hisobidan bo‘ladi. Shuningdek, sudanlik o‘yinchilar Mavritaniya klublari uchun legionerlar, deb hisoblanmaydilar.

Norozilar ko‘pchilik - har ikki mamlakatda ham

Sudandagi muxlislar va ayrim futbolchilar yetakchi klublarning Mavritaniya chempionatida ishtirok etishiga qarshi chiqdilar - u yerda futbolning saviyasi o‘ta past darajada. Boshqa tomondan olganda, mahalliy muxlislar ham qochoq klublarni mamnuniyat bilan kutib olishmadi: ularning fikricha, yaqinda rivojlanish yo‘liga o‘tgan chempionatning (masalan, shu mavsumda VAR paydo bo‘ldi) zaifligini ta’kidlaydi.

Mazkur gap-so‘zlardan keyin «Al-Mirrix» fanatlari uzr-ma’zurlarini bayon etdilar: «Sudan klublarining ayrim uchrashuvlardagi ustunligi futbolchilarimizning individual va jamoaviy tajribasi hamda mahorati bilan bog‘liq. Bu esa mavritaniyalik o‘yinchilar yoki jamoalarning saviyalari pastligini anglatmaydi».

Ortda qolgan 7 turdan keyin «Al-Hilol» 17 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda, to‘plar nisbati - 15:2. «Al-Mirrix» esa 4 o‘yinda 7 ochko va aynan «Al-Hilol»dan mag‘lubiyatni qabul qilgan holda 11-pog‘onani band etgan. Shu tariqa Mavritaniya klublari sudanlik kasbdoshlari bilan 11ta uchrashuvda 3 marta durangga imzo chekdilar.

Sudandagi boshqa  klublar qanday hayot kechirishmoqda?

Hech qanday. «Al-Mirrix» murabbiyi Sudanning faqat 2ta klubi moliyaviy jihatdan barqaror ekanligini e’tirof etdi. Qolgan jamoalar tarqalib ketishdi. Futbolchilarning ko‘pchiligi o‘zga mamlakatlarga yo‘l olishdi - futbolsiz pul ishlash maqsadida. Lekin ayrim o‘yinchilar sudanliklarni legioner deb hisoblamaydigan Liviya klublariga o‘tib ketdilar.

Nima uchun Sudan klublari Janubiy Sudan chempionatiga  o‘tmadilar?

Sudanning qo‘shnisi - jahonning eng navqiron mamlakati - 2011 yilda mustaqillikka erishgan. Janubiy Sudan so‘nggi 13 yilning 7 yilini 2020 yilda nihoyasiga yetgan fuqarolar urushi bilan o‘tkazgan, asta-sekin barqarorlikka erishmoqda. Lekin ayni pallada farovonlikdan ancha yiroqda: ommaviy ocharchilik davrini boshdan kechirdi, dastlabki saylovlar esa muntazam ravishda ortga surilmoqda. Bu ikki qo‘shni mamlakatning o‘zaro o‘ta keskin munosabatdalar, bir-birlarining hududlaridagi isyonchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlaydilar, shuningdek, neft konlari xususida tortishadilar. Lekin aynan Sudan birinchi bo‘lib Janubiy Sudanning mus­taqilligini tan oldi.

Aytgancha, Janubiy Sudan ham o‘z chempionatiga ega. Unda 24ta jamoa guruhlarga bo‘lingan holda chempionatda ishtirok etadi. Biroq Sudan grandlari qo‘shni mamlakatda to‘p surish uchun ariza berishmadi - balki ular xavfsizlik uchun shunday qilishgandir. 1-2 marta ular ACHL uchrashuvlarini Janubiy Sudanda o‘tkazishdi, lekin doimiy ishtirokka jur’at etishmadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:06, 28.11.2024. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик