Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fabrisio Mikkoli: "Boshimdan kechirganlarimga katta nuqta qo‘ydim"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Palermo» sardori sifatidagi o‘yinlari orqali (179 o‘yin, 81 gol, 48 golli uzatma) ommaga tanilgan italiyalik Fabrisio Mikkoli faoliyati davomida 9ta klubda o‘ynagan.

….«Yuventus» va «Benfika» safida Chempionlar Ligasida gol urgan va faoliyatini 2015 yilda Maltaning «Birkirkara» klubida yakunlagan. 2021 yilda Fabrisio mafiya faoliyati bilan bog‘liq tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan. Bugun tabassumini yo‘qotmagan sobiq forvard o‘z xatolari, mashaqqatli yo‘ldan qanday o‘tgani haqida ochiq gapirib, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Endi u yorqin taqinchoqlar - sirg‘alar, zanjirlar va olmosli bilaguzuklar taqmaydi. Uning soch turmagi ham, kiyimlari kabi oddiyroq ko‘rinishga ega.

- Aytingchi, qamoqdagi bir kunlik vaqt qanday o‘tadi?

- Ehhe... Bu cheksizlik kabi uzoq davom etadi.

- Tutqunlikdagi sovuq xotiralarga tez-tez qaytasizmi?

- Boshimdan kechirganlarimga katta nuqta qo‘ydim. Oldingi hayotimga qaytishga harakat qilaman. Qamoqda o‘tgan damlar haqida o‘ylamaslikka, ba’zida paydo bo‘ladigan xotiralarni uzoqlashtirishga intilaman. Tushunaman, bu qiyin, lekin uddalasa bo‘ladi.

- Bosib o‘tilgan umrni tahlil qilish jarayonida ortga qarasangiz, nimani ko‘rasiz?

- Katta xato, shu bilan birga qiyinchiliklarga munosib va qat’iyat bilan qarshi tura olgan kuchni ko‘raman. Ortda qolgan achchiq davrni saboq sifatida qabul qilaman. Bugun kechinmalar haqida gapirish men uchun qiyin va endi barchasini o‘tmishda qoldirmoqchiman. Endi erkin odamman, bu juda ajoyib tuyg‘u.

- Ho‘sh, galdagi rejalar qanday?

- Oilamni qaytarish istagi juda kuchli edi. Hayotimda ajoyib ayolni uchratdim. Qamoqxonadan chiqqanimdan keyin u meni tabassum bilan qarshi oldi. To‘g‘risi, rafiqamga yo‘liqishdan oldin hayajon va biroz qo‘rquv bor edi. U meni kechirganini ko‘rishni juda xohlardim. Uzoq vaqt davomida oilam va ota-onam bilan birga bo‘lmadim. Doimo ularning oldida kuchli aybdorlikni his qilib yashadim. Agar tutqunlikda nimagaki bardosh bera olgan bo‘lsam, bu faqat oilam, turmush o‘rtog‘im hamda bolalarimiz Diyego va Svamilarning yordami tufayli edi. Men hech qachon yaqinlarimga minnatdorchilik bildirishni to‘xtatmayman.

- Kecha va bugun: futbolni orzu qilgan yigitlar qay darajada o‘zgargan?

- Hozirda yoshlar boshqacharoq tarbiya topishyapti. Ularda futbolga tashnalik, yorib chiqish istagi kamroq. Millionlar o‘yini kimlar uchundir shunchaki o‘yin-kulgi bo‘lib, yuqori natijalarga erishish maqsadi yo‘qdek tuyulmoqda. Albatta, iste’dodi bor yoshlar bo‘lsa bundan mustasno ular o‘zlariga ishonib, bor kuchlarini futbolga berishni boshlaydilar. Bosh­qalar esa...

- To‘g‘ri, lekin sizda iqtidor bor edi...

- Deyarli shunday. Muxlislar meni «Palermo»ning Maradonasi deb atashardi, to‘g‘rimi? Bu shahar o‘zim uchun ham hamma narsa edi: uy, oila, do‘stlar. Hayot. Meni hurmat qilishardi, men ularni sevardim muxlislar, jamoadoshlar, murabbiylar, prezidentlar, umuman olganda haqiqatdan ham mening oilam shular edi. Ammo futbolga ham, «Palermo»ga ham aloqasi yo‘q katta xatoga yo‘l qo‘ydim va barchasi ostin-ustin bo‘lib ketdi.

- Qanday xato?

- Har doim hammaga «ha» deb javob qaytarardim. Juda sodda va ochiqko‘ngil edim. Endi bu xarakterimni o‘zgartirishga harakat qilaman. Shu xislatim orqasidan katta xatoga yo‘l qo‘ydim va haqqini to‘ladim. Agar o‘zimni vijdonan tahlil qiladigan bo‘lsam aslida, yaxshi odam bo‘lganman hamda shunday bo‘lib qolaman. Uyimning eshiklari doimo ochiq.

- Kim uchun?

- Taqillatgan va yordamga muhtoj bo‘lgan har bir kishi uchun. Puli yo‘qlarga yordam qildim, oilasini boqa olmayotganlarga ovqat sotib oldim. Shuningdek, bolalar shifoxonasini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun qanchadan-qancha xayriya auksionlarini uyushtirganimni ko‘pchilik biladi. Bu narsalar hayotimning bezagiga aylandi.

- Hali ham do‘stlaringiz ko‘pmi?

- Bilasizmi...? Minglab do‘stlarim bo‘lardi. Bugun esa uchtasi qolgan xolos, ammo bu yetarli. Ular bilan aka-ukalarday yaqin munosabatdamiz.

- Qancha odam sizdan yuz o‘girgan?

- Juda ko‘p, lekin bu tabiiy edi. Futbolda haqiqiy do‘stlardan ko‘ra tanishlar ko‘proq bo‘ladi. Lekin shuni aytishim kerakki, menga deyarli har kuni 4-5 kishi qo‘ng‘iroq qiladi. Ular men uchun eng yaqin insonlar ekanligini doimo his qilaman.

- Qamoqxonaga ketayotganingizda kimlar hamrohlik qildi?

- Yuqorida aytib o‘tgan uch do‘stim - Jovanni Fasano, Perpaolo Mengoli va Antonio Savoya. Ular qamoqqa ketayotganimda men bilan birga edilar va ozodlikka chiqqanimda ham o‘zlari kutib olishdi.

- Mahkamaga ketayotib qo‘rq­dingizmi?

- Bu aql bovar qilmaydigan qiyin lahzalar edi. U yer siz umuman tasavvur qila olmaydigan joy va buni hech kimga ravo ko‘rmayman. O‘sha paytda dunyo men uchun tugab bo‘lgan edi. Har kuni azob chekardim, lekin kim ekanligimni va bunday joyda bo‘lishim kerak bo‘lgan odam emasligimni tushunadigan insonlarni uchratish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ular o‘zimni erkin his qilishimga yordam berishdi. 

- Odatda sobiq futbolchilar o‘zlarini murabbiylik faoliyatida sinab ko‘rishadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rdingizmi?

- Albatta, hatto murabbiylik lisenziyasini ham oldim. Lekin murabbiylik men uchun emasligini juda tez tushunib yetdim. Ma’lum darajadagi murabbiy bo‘lish uchun siz kuniga 24 soat to‘liq ishlashingiz, diqqatni bir joyga jamlashingiz va qolgan hamma narsadan voz kechishingiz kerak. Men esa buning uchun yaratilgan emasman. Axir, qanday futbolchi bo‘lganimni eslaysizmi?

- Eslating?

- Ba’zida mashg‘ulotlarga bormasdim, ovqatlanishimni ham nazorat qilmaganman. Lekin meni kechirishardi, chunki maydonda gollar urib barchani xursand qilardim.

- Jamoadoshlaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshi bo‘lganmi?

- Deyarli barchani yaxshi ko‘rardim va kiyim almashtirish xonasida barchaga kayfiyat ulashardim. Esimda, bir marta Palermoda Dolce&Gabbana do‘koniga borib, taxminan 20 ming yevroga kiyim-kechak sotib oldim hamda liboslar solingan sumkalarni bazaga olib keldim. Birdan «qamal» boshlandi, hammaga nimadir tarqatdim. Kimdir ko‘ylak, kimdir tasma oldi...

- Futbolchilik faoliyatingizda ko‘p pul topdingizmi?

- Ha, yetarli. Lekin o‘z vaqtida ko‘p pul sarfladim ham. Umuman olganda juda ko‘p ahmoqona ishlarni qildim...

- Masalan?

- Avtomobillar va qimmatbaho soatlarni tinimsiz almashtirganman. Shuningdek, kiyim-kechak va zamonaviy nimaiki bo‘lsa hech biridan pul ayamasdim.

- Nimanidir tejab qoldingizmi? Aytaylik, qandaydir biznesga investisiya kiritganmisiz?

- Albatta. Bugun men turizm sohasida tadbirkorman. Xotinim Flaviana bilan birga mehmonxonalarni boshqaramiz. Ba’zida mehmonlarni o‘zim kutib olaman, ro‘yxatdan o‘tkazaman, ularni aeroportdan olib ketaman va nonushta tayyorlayman. Xullas, qo‘limdan kelgancha ishlayman.

- Kumiringiz - Maradonaning sirg‘asini kim oshdi savdosida 25000 yevroga sotib olgandingiz. U hali ham o‘zingizdami?

- Albatta, turibdi. Unga hech kim tegmaydi. Iloji bo‘lsa, o‘sha sirg‘ani Maradonaning o‘ziga qaytarib berardim. Ammo taassuf buning endi imkoni yo‘q. Mayli, bir kun kelib o‘g‘limga berarman.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:30, 18.12.2024. O'qildi: 418 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.