Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xese Rodriges: «Shubhasiz, «Real»ga yetadigani yo‘q»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ayni payt Malayziyada «Johor Darul Tazim» sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli Xese Rodriges faoliyatining boshlang‘ich qismida kelajagi porloq iqtidor sifatida ko‘zga tashlangan edi.

Biroq ketma-ket jarohatlar ispaniyalik vingerga yuqori darajada to‘p surish imkonini bermadi. Yevropadagi qo‘nimsizlikdan keyin Osiyo futboliga yuzlangan Xese yaqinda Mowlihawk kanali tomonidan uyushtirilgan intervyuda barchasini birrov yodga oldi.

- Xese, Marca nashri vaqtida sizni «Real» akademiyasining so‘nggi yillardagi eng yaxshi tarbiyalanuvchisi sifatida ta’riflab, iqtidor bo‘yicha Neymar va Ronaldudan qolishmasligingizni yozgandi...

- Ha, professional faoliya­tim zo‘r boshlandi: «Kas­tilya»dagi 2 mavsumdan so‘ng «Real»ning asosiy jamoasiga jalb etmoqchi bo‘lishdi. Lekin murabbiylar klub prezidenti Florentino Peresdan meni yana 1-2 yil ikkinchi jamoada qoldirishni so‘rashdi. Shu tariqa mavsum-2012|2013da «Kas­tilya» uchun Segundada 22ta gol urdim va bu bilan Emilio Butragenyo rekordini yangiladim. Keyin...

- ... Keyin, 2012 yilning bahorida «MYU» sizni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘ldi...

- Shunday. Ammo o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy Joze Mou­-rinyo meni qo‘yib yuborishni istamadi, aksincha, «Real»ning mavsumoldi yig‘iniga jalb etdi. Tabiiyki, buni xursandchilik bilan qabul qildim. Xitoyda o‘tkazilgan nazorat o‘yinida di Mariya uzatmasidan keyin gol ham urdim. O‘shanda 18 yoshli yigit edim. Esimda, jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu zaxirada qolgan va aynan mening o‘rnimga maydonga tushgandi: xotiraga muhrlangan qoyilmaqom debyut.

- Biroq keyingi yili ishlaringiz birdan orqa ketdi...

- 2013 yilning iyul oyida «Real» bilan 4 yilga mo‘ljallangan yangi shartnoma tuzdik. CHL 1|8 finalidan o‘rin olgan «Shalke»ga qarshi javob uchrashuvida esa tizzamdan jiddiy jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqdim. Ayni shu ko‘ngilsizlik nafaqat faoliya­tim, balki hayotimni ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Shu-shu men uchun og‘ir kunlar boshlandi, o‘z salohiyatimga ishonch hissi pasaydi. Vaholanki, jarohatdan oldin hamma bilan yuqori darajada raqobatlasha olishimga shubhalanmasdim. Axir yosh edim va dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynardim. Florentino Peres keyinchalik meni jarrohlik amaliyoti uchun Germaniyaga yubordi. Baxtga qarshi, u yerda infeksiya yuqtirib oldim. Muhimi, sog‘ayish uchun o‘zimda kuch topdim, biroq endigina barchasini yengib, mashg‘ulotlarga qaytganimda, mavsum nihoyasiga yetdi...

- 2016 yili «Real» bilan CHLda ikkinchi marta g‘olib chiqdingiz, jumladan, 1|8 final o‘yinida «Roma» darvozasini nishonga olgandingiz. Ammo yakunda jamoadan ketdingiz. Nega?

- Ha, «Madrid»da qolishim mumkin edi, ammo Ispaniyada yetarli amaliyotga ega bo‘lmayotgandim, qolaversa, «PSJ» birdaniga 5 yillik shartnoma taklif etdi. Parijga yo‘l olishimda, jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri ham katta rol o‘ynagandi. Shuningdek, Yevropa chempionatigacha sport formasini tiklab, Ispaniya termasiga qaytishni o‘yladim. Binobarin, Braziliya-2024 mundialida qatnashishim deyarli aniq bo‘lgan pallada jarohat tufayli chetda qolib ketgandim. «PSJ»dagi debyut ham yomon chiqmadi - ilk o‘yinda assist. Biroq yanvar oyiga kelib, shartnomani bekor qilishdi. Shunda Emeriga o‘zimni aldangandek his qilganimni ochiq aytdim, klub prezidenti Nosir al Xelayfi esa ko‘rishishni ham istamadi. To‘g‘ri, Parijda juda ko‘p pul ishladim, faqat yomon munosabat dilimni xira qildi. Ayni o‘sha vaqt «Real» dunyo bo‘yicha eng yaxshi klub ekanligini to‘liq angladim.

- Faoliyatingiz davomida bir qator tan olingan murabbiylar qo‘l ostida ishladingiz. Ulardan kimlarni alohida e’tirof etasiz?

- Avvalo, Anchelottini. Deylik, u jarohatdan qaytanimda transferi 120 million yevroga tushgan Garet Beylni zaxirada qoldirib, meni maydonga tushirgandi. Boshqa biror murabbiy bunday qilolmasdi, menimcha. Shuning­-dek, Joze Mourinyoni aql bovar qilmas murabbiy va buyuk strateg sifatida eslayman. Ba’zida jizzaki fe’li tufayli futbolchilar bilan ziddiyatga borsada, o‘rtada hurmatsizlik bo‘lmasdi. Joze gohida o‘z aybini tan olib, kechirim so‘rashni ham bilardi. 

- «PSJ»da Kilian Mbappe bilan birga to‘p surgandingiz. Uning «Real»dagi istiqbolini qanday ko‘ryapsiz?

- Parij klubidan ketayotganimda ham, Kilian mendan «Real» haqida so‘radi. Shunda agar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istasa, aynan «Madrid»­ni tanlashi kerakligini aytdim. Demak, uning jamoada muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman. 

- Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslanishlar haqida yana nima deya olasiz?

Krish bilan qaysidir jihatlarda o‘xshash edik, ammo matbuot oshirib yubordi. Albatta, uning ortidan borishni xohlardim. Shuningdek, biznesga jiddiy munosabatini ko‘rib, hurmatim yanada ortgandi. Krishtianu ba’zan men va Serxio Ramosni kechki ovqatga taklif etardi. O‘shanda juda yosh edim, kuchga to‘la navqiron yigitligimni his qilgan holda, o‘ylardim: «Agar shunday davom etsam, albatta, «Oltin to‘p» yutaman». Ronaldu bir safar «Oltin to‘p»ni bazaga olib keldi va mendan so‘radi: «Sen ham bunga ega chiqishni istaysanmi?» Tabiiyki, dadil javob berdim: «Albatta!» Krish shunda yaxshigina motivasiya bag‘ishladi: «Qoyil. Eng to‘g‘ri munosabat shu». Qisqasi, Ronaldu - har tomonlama kuchli shaxs! 

Manba: fondoruso.ru, M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 10:27, 01.01.2025. O'qildi: 2367 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик