Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
      • 05.11.2025 22:45
      • Pafos
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 05.11.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:2
      • Chelsi
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • Elit OCHL
      • 05.11.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Ulsan Xyonde
      • 05.11.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:1
      • Shanghai Shenhua
  • OChL-2
      • 05.11.2025 17:15
      • Istern
      • 0:7
      • Ratchaburi
      • 05.11.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 0:1
      • Gamba Osaka
      • 05.11.2025 18:45
      • Al-Vasl
      • 2:2
      • Al-Muharraq
      • 05.11.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 1:1
      • Al-Ahli Doha
      • 05.11.2025 21:00
      • Xolidiya
      • 0:0
      • Andijon
      • 05.11.2025 21:00
      • Az-Zavra
      • 2:1
      • Istiqlol Dushanbe
      • 05.11.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 4:0
      • Goa
      • 05.11.2025 23:15
      • Al-Vihdat
      • 1:1
      • Istiqlol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9015 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2969 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoselu: "Madriddan boshimni baland ko‘targan holda ketdim"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy yil «Real» sobiq futbolchisi Xoselu uchun ancha omadli keldi.

Jumladan, madridliklar safida YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan 34 yoshli futbolchi oradan ko‘p o‘tmay, Ispaniya terma jamoasi bilan «Evro-2024»da chempionlikni tantana qildi. Hozirda Qatarning «Al-Garafa» klubida javlon urayotgan tajribali hujumchi El Hormiguero nashriga bergan intervyusida «Real»dagi faoliyati, klub bilan bog‘liq xotiralari va Qatardagi hayoti haqida gapirib berdi.

Yevropa chempionatidagi g‘alaba haqida:

- Biz Germaniyadagi mehmonxonada 42 kun qat’iy rejim ostida kun kechirdik. Aytaylik, hech kim bizga spirtli ichimlik bermadi. Faqatgina g‘alaba qozongan chog‘imizda, bir ozgina erkinlik tortiq qilindi. Turnirda chempionlikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng esa, hamma istagan ishini qildi. Oddiy ayt­ganda, o‘sha kun tugamadi va g‘oliblik shodiyonasi juda uzoq davom etdi.

«Real» futbolchilari bilan Doxadagi uchrashuv haqida:

- Sobiq jamoadoshlarim bilan Qatarda ko‘rishish juda yoqimli bo‘ldi. Qit’a-lararo kubok Doxada o‘tkazilishini bilgach, xursand bo‘ldim. Chunki, u yerda «Real» futbolchilari bilan ko‘rishishim mumkinligini bilardim. Jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga borgach, o‘zimni hali ham «Madrid» futbolchisidek his qildim.

Mbappe haqida:

- Kilian Mbappe «Real Madrid» safida sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun kelgan. Men uchun u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Kilian joriy mavsumda ikkita finalda to‘p surdi va o‘sha uchrashuvlarda gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Nazarimda, Mbappega sovrinlar kerak va ularni qo‘lga kiritib kelmoqda. Tan olish lozim, «Real»dek jamoaga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak. Boz ustiga Kilian boshqa mamlakatdan kelgani uchun salgina qiynaldi. Uning eng katta yutuqlaridan biri ispan tilini bilishligidadir. Bu katta afzallik. Ishonchim komilki, Mbappe «Madrid» afsonasiga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

«Real»ning tarkibi haqida:

- Madrid klubi ajoyib tarkibga ega. Jamoada doim dunyoning eng yaxshi futbolchilari jam bo‘lishgan va o‘tgan mavsumda o‘zimni ulardan biri deb hisoblagandim. Ochig‘i, hali ham «Real»dagi hissiyotlar bilan yashayapman va bu unutilmas xotiralar uzoq vaqt xayolimdan ketmasligi aniq.

«Real»ga o‘tishi haqida:

- Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Milliy terma jamoa bilan Millatlar ligasida o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsata olganimdan so‘ng, «Real»ga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi. Avvaliga biroz xavotirda edim, chunki 33 yoshda bunday grand jamoa bilan shartnoma imzolash qiyin masala. Ammo yakunda barchasi ko‘ngildagidek kechdi. O‘ylaymanki, o‘tgan mavsum aql bovar qilmaydigan natijalarga erishib, «Real» uchun eng muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdik.

Florentino Peres haqida:

- Florentino Peres men uchun juda muhim inson va undan har doim minnatdorman. Prezident «Real»ning qit’alararo Kubok finaliga chiqishida bergan yordamim uchun menga rahmat aytdi. Bundan juda mamnunman, chunki dunyoning eng yaxshi klubiga navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritishida oz bo‘lsada, hissa qo‘shganimni klub rahbari alohida e’tirof etdi.

Qatardagi hayoti haqida:

- Doxa yashash uchun eng yaxshi hududlardan biri. Qatar esa oilangiz bilan ko‘chib o‘tish uchun juda yaxshi mamlakat. Rafiqam va bolalarim arab diyorida bizni munosib kutib olishganidan mamnun. Odamlar u yerda hayot boshqacha, deb o‘ylashadi, lekin aslida Qatar juda ochiq mamlakat va biz baxtlimiz. Boz ustiga farzandlarimiz tahsil olishi uchun ajoyib sharoitlarga ega maktablar bor. 

«Bavariya»ga qarshi o‘yindagi «dubl» haqida:

- Futbol nuqtai nazari bilan olib qaraganda, bu hayotimdagi eng yaxshi kun. Albatta, asosiy voqelik Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganimiz edi. Lekin, o‘sha oqshom istalgan futbolchi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda men bilan sodir bo‘lgan voqe’likni boshdan kechirishni orzu qiladi. Zaxirada o‘tirgan chog‘ingizda jamoangiz mag‘lub bo‘layotganini ko‘rsangiz, ehtimol bu sizning vaqtingizdir. Futbolchi xuddi shunday paytda o‘ziga ishonishi kerak. Masalan, men ham murabbiy maydonga tushishim kerakligini aytgan pallada o‘yinda burilish yasay olishimni sezdim. Yakunda madridlik muxlislarning oldinga undovchi qo‘llab-quvvatlashlari natijasida jamoam g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdim.

«Real»ni tark etishi haqida:

- Bu juda qiyin qaror edi. Ammo klub rivojlanishda davom etar va ikki jahon darajasidagi hujumchilar - Endrik va Mbappe bilan shartnoma imzolangandi. Shuningdek, allaqachon oilam haqida o‘ylashim kerak bo‘lgan yoshga yetib qolgandim. O‘zim va rafiqam uchun bunday og‘ir qarorni qabul qilish qiyin kechdi. Ammo ishonamanki, mening futbolchilik faoliyatim bevosita «Real» bilan bog‘liq. Madrid klubi eng qiyin damlarda qo‘llab-quvvatladi. Lekin, hamma narsaning boshlanishi va yakuni bo‘lgani kabi jamoada o‘ynash imkonini berishgani, buyuk klub uchun tanlanganlardan biri bo‘lganimdan faxrlanib, boshimni baland ko‘targan holda ketdim.

Ronalduning 13 yil oldin sovg‘a qilgan futbolkasi haqida:

- To‘g‘risi, Krishtianuning menga sovg‘a qilgan futbolkasini umuman yuvmaganman. Libosni qo‘limga qanday tutqizgan bo‘lsa, o‘shandayligicha saqlab qo‘yganman. Yaqinda Osiyo Chempionlar ligasida Ronaldu to‘p surayotgan «Al-Nasr»ga qarshi bahs olib bordik va o‘yindan so‘ng Krishning yana bir futbolkasini qo‘lga kiritdim. Libosdagi maysa dog‘lari u bilan bitta maydonda to‘p surganimni eslatib turishi uchun bu galgi sovg‘ani ham yuvmasdan saqlab qo‘ydim.

Yoshlarga maslahati:

- Taxminan 11 yoshligimda maktabdagi musiqa o‘qituvchisi menga o‘zimni futbolga bag‘ishlamaslikni maslahat bergandi. Sababi, u millionlar o‘yinida yaxshi pul topa olmasligimni, undan ko‘ra musiqa bilan shug‘ullanganim yaxshiroq, deb o‘ylardi. Chunki klarnet va pianinoni mahorat bilan chala olardim. Ustozimning o‘sha gaplarini hech qachon unutmayman. Boisi bu iboralar menga futbolda yanada kuchliroq bo‘lishim uchun asqotdi. Hozirda o‘sib kelayotgan kichik avlodga shuni baralla ayta olamanki, yoshingiz nechada bo‘lishidan qatiy nazar, agar siz astoydil mehnat qilsangiz va maqsadingiz sari yurishdan to‘xtamasangiz hammasi o‘zingiz kutganingizdek bo‘ladi. Buning ortidan 33 yoshda ham orzularingizni ro‘yobga chiqarishingiz va «Real Madrid» futbolchisiga aylanishingiz mumkin.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:21, 03.01.2025. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.