Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maydon o‘yinchisi darvozaga turdi va «Jirona»ni Ispaniya kubogidan chetga «uloqtirdi» (videosharh)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

U «Barselona»da o‘ynagan sobiq darvozabonning o‘g‘li. Ispaniya chempionatida daraja bo‘yicha 4-o‘rinda turuvchi liga ishtirokchisi «Logronyes» mamlakat kubogi ikkinchi raundi (1/32 final)da «Jirona»ni kurashdan chetga chiqarib yubordi - qoyilmaqom «sensasiya»! Boz ustiga, kamtarin jamoa darvozasini asli himoya­chi sanalgan futbolchi qo‘riqladi. Bunisiga nima deysiz? Bir tomondan, mislsiz jasorat, ikkinchi tomondan, xuddi shunday sharmandalik.

Darvozabon jarohati va Arnau soati

O‘tgan mavsumning bosh «sensasiya»chisi «Jirona» To‘rtinchi divizion jamoasi darvozasiga gol urolmadi: na asosiy va na qo‘shimcha bo‘limlarda. La Liga ishtirokchisi «overtaym»ning birinchi qismigacha kamtarin raqib darvozasi tomon aniq zarba ham berolmadi. To‘g‘ri, «Jirona» asosan zaxirachilar bilan maydonga tushdi. Boshlang‘ich tarkibdan faqat Xuanpe, Deyli Blind, Arno Danjuma va faxriy Kristian Stuani joy olishdi. Ke­yinchalik yana bir qator asosiy futbolchilar o‘yinga qo‘shilishdi, ammo bu ham natijada aks etgani yo‘q. Qo‘shimcha bo‘limlar boshlanishi bilan esa «Logronyes» darvozaboni Kike Royo jiddiy jarohatga yo‘liqdi (boshiga zarba qabul qildi), ammo jamoada futbolchi almashtirish limiti tugagandi. Natijada 19 yoshli himoyachi Pol Arnau darvozabon rolini o‘z zimmasiga oldi. E’tiborli tomoni, zaxira kiperi formasini kiygan yigitcha yangi rolga tezda moslashdi va chamasi 30 daqiqa davomida ishonchli harakatlandi: to‘pga bexato chiqishlar, muxlislar olqishi ostida zarbalarni bartaraf etish... Pol shuning barobarida kerak payt to‘pni o‘zida ushlab turish asnosida raqib shiddatini pasaytirdi. U shu tariqa barchasini penaltilar seriyasigacha cho‘zdi va yana chaqnadi! Aniqroq aytsak, Arnau hujumchi Abel Ruis bilan «duel»ni o‘z foydasiga hal qildi, ammo «seyv» yordam bermadi - klubdoshi ham gol urolmadi. Shunga qaramay, yakunda «Logronyes» g‘alaba qozondi, baribir. Chunonchi, «Jirona» sardori Kristian Stuani darvoza to‘sinini nishonga oldi. To‘rtinchi divizion jamoasi uchun tarixiy natija, yana shunday qiyin sharoitda! Yakunda «Logronyes» futbolchilari qahramonni ko‘kka otishdi - u bunga loyiq edi.

Sobiq kiperning o‘g‘li

«Logronyes» tarbiyalanuvchisi sanalgan 19 yoshli Pol Arnau jamoaning asosiy tarkibida atigi 3ta o‘yin o‘tkazgan (2tasi Ispaniya kubogida). Unga darvozabonlik begona emas. Har holda, yigitchaning otasi sobiq darvozabon - Fransesk Arnau 1996-2001 yillar «Barselona» sharafini himoya qilgan (Kataloniya klubi tarkibida 32ta o‘yin). U bu davrda 5ta jamoa­viy sovrin yutgan - ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi va Kubok egalari kubogi egasi. Fransesk shuningdek, «Malaga» bilan Intertoto kubogi g‘olibiga aylangan. Ayanch­li tomoni, katta Arnau 2021 yili o‘z joniga qasd qilgan. Pol «Jirona»ga qarshi o‘yindan so‘ng otasini ham esladi, albatta: «Osmonda menga yordam berib turadigan kishi bor. Hamisha darvozabonlar o‘yinini maroq bilan kuzataman, xususan, akamning harakatlarini (Mark Arnau - «MolYE-russa» darvozaboni). Oilamga rahmat! Qayerda o‘ynamayin, astoydil ishlayman va borimni beraman. Darvoza chizig‘i ustida turganimda, otam ko‘z oldimga keldi, penaltilar seriyasida ham. Zarbani bartaraf etganimdan keyin menga kimdir yordam berayotganini angladim». Yana bir fakt: Pol Arnau kubok turnirining ketma-ket 2ta bosqichida «Logronyes»ga mislsiz yor-dam berdi. Oktyabr oyida aynan uning 108-daqiqada urgan goli evaziga «Eybar» dog‘da qoldirilgan edi (1:0). Endi esa yigitcha o‘zini mutlaqo boshqa rolda ko‘rsatdi - otasi tirik bo‘lganida, buni qadrlardi, albatta.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:28, 08.01.2025. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик