Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 31 70
3 Vilyarreal 30 58
4 Atletiko 31 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 31 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Jirona 31 38
13 Rayo Valyekano 30 35
14 Valensiya 31 35
15 Sevilya 31 34
16 Alaves 31 33
17 Elche 31 32
18 Malyorka 30 31
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

31-тур Real Madrid 1-1 Jirona
31-тур Real Sosyedad 3-3 Alaves
31-тур Elche 1-0 Valensiya
31-тур Barselona 4-1 Espanyol
31-тур Sevilya 2-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

12/04/26 Osasuna - Betis
12/04/26 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04/26 Selta - Real Ovyedo
13/04/26 Atletik Bilbao - Vilyarreal
14/04/26 Levante - Xetafe

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Katta sensasiyaga oz qolgandi-ya...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jahon futbolida Fransiya kubogidek sensasiyalarga to‘la turnir topilmasa kerak.

Quyi divizion vakillarining aql bovar qilmas yurishlariga yetarlicha misollar keltirish mumkin. To‘g‘ri, mamlakat kubogining joriy mavsumi 1|32 finali yuraklarni o‘ynatuvchi kutilmagan natijalarsiz yakunladi. Lekin Fransiya chempionati piramidasida beshinchi o‘rinda turuvchi divizion vakili - «Korte» shunday «syurpriz» ulashishga juda-juda yaqin kelgandi. Diqqat qiling, havaskorlardan tuzilgan bu jamoa o‘ta kuchli «Nissa»ga qarshi bahsning asosiy vaqtini 1:1 hisobida yakunladi. Agar «Korte» futbolchilari penaltilar seriyasida sovuqqonlikni saqlab qolishganidami, «Nissa» toza sharmandalikka yo‘liqardi...

«Nissa»ning Fransiya kubogi 1|32 finalidan muammosiz o‘tishi kutilgandi. Har holda, qur’a Liga 1ning eng barqaror ishtirokchilaridan biriga Beshinchi divizion vakili «Korte»ni tortiq etdi. Bu klubning o‘ziga xos tomoni shuki, u Korsika oroli sharafini himoya qiladi. Korsikaliklar esa hech qachon o‘zlarini to‘laqonli fransuz hisoblashmaydi. Mahalliy aholi shevasi ham italyan tiliga o‘xshab ketadi. Korsikada fransuzcha emas, faqat italyan tilida so‘zlashuvchi odamlar ham yetarli. Tarixga nazar solsak, Fransiyaning eng nomdor imperatori Napoleon Bonapart ham korsikalik bo‘lgan. U bolaligida italyan tilida gapirgan va faqat 10 yoshni qarshi olganidan keyingina fransuzchani o‘rgana boshlagan. 

Futbolga qaytsak, «Korte»ning logotipi Korsikaning yana bir klubi «Ayachcho»nikiga o‘xshash. E’tiborlisi, «Korte» hududning ushbu ancha nomdor vakilidan 2 yil oldin tuzilgan. Ya’ni «Korte»ga 1908 yili asos solingan («Ayachcho» esa 1910 yilda tashkil etilgan). Yana bir tomoni, uzoq vaqt davomida Korsika hududiy chempionatidan nariga o‘tolmagan «Korte» 2020 yilga kelibgina Beshinchi divizionga ko‘tarildi. Xullas, Korsika klubi kamtarona tarixi va maqomiga qaramay, 1|32 finalda «Nissa»ga haqiqiy jang taklif qildi va yuqori divizion vakilini «oyog‘idan tortib qolishi» hech gap emasdi. Har holda, «Korte» futbolchilari 11-daqiqada hisobni ochishdi va asosiy vaqtni 1:1 hisobida yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ha, «Nissa» 39-daqiqadayoq maydonda kamchilik bo‘lib qoldi, lekin kuchlar nisbatida farq katta edi, baribir. Mehmonda o‘ynagan Liga 1 klubi har tugul ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirish yo‘lini topdi. Muhimi, «Korte» barchasini penaltilar seriyasigacha cho‘zdi va «Nissa»ni kubok uchun kurashdan chiqarib yuborishga yaqin keldi. Biroq «lotereya»da omad havaskorlardan yuz o‘girdi - 3:5.

Insof yuzasidan aytish kerak, «Nissa» aslida yaqqol ustun ko‘rindi o‘yin davomida. Jamoaning tahlikali penaltilar seriyasigacha borishida esa bosh «aybdor» - bu «Korte»ning 35 yoshli darvozaboni Jak-Andre Lyusiani. Gap hech qachon professio­nal darajada o‘ynamagan oshpaz haqida ketmoqda. U A La Pasta Corte oilaviy restorani egasi va bosh oshpazidir. Jak-Andre taomlarni yaxshi tayyorlaydi. Har holda, TripAdvisor saytida uning res­toraniga ancha yuqori baho berilgan - 4,5 ball. Ma’lum bo‘lishicha, Lyusianining oilaviy restoranida asosan ital­yancha taomlar tayyorlanadi. Endi diqqat qiling, shu oshpaz uchrashuv davomida «Nissa» futbolchilari yo‘llagan 16ta zarbani bartaraf etdi. Professionallarga qarshi 16ta «seyv»! Bejiz Fransiya matbuotida Jak-Andrening ishonchli harakatlari alohida ta’kidlanmadi. «Nissa» klubi rasmiy sayti ijodkorlari ham Lyusianini maqtashdan o‘zlarini to‘xtatib qololmadilar: «Darvozabon emas, o‘tib bo‘lmas devor! Shunchaki, respekt!» Korsikaliklar yuritadigan Corse Matin saytida esa Lyusianiga «Bahaybat» ta’rifi ishlatildi. To‘xtang, endi asosiy fakt: sofascore portali pazanda-kiperning o‘yiniga maksimal baho qo‘ydi - 10,0 ball. Bunaqasi hatto Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga ham butun faoliyati davomida 1-2 marta nasib etgan, xolos. Oddiy aytganda, sofascore portalidan 10 ball olish eng yetuk yulduzlarga ham orzudek gap... 

M.HOSHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 16.01.2025. O'qildi: 3898 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 15
4 Осасуна Ante Budimir 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Барселона Rafinya 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик