Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Sevilya - Real Ovyedo
22/04/26 Alaves - Real Madrid
03/05/26 Levante - Vilyarreal
17/05/26 Selta - Atletik Bilbao

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yangi loyiha bo‘yicha qadam

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mashhur «so‘yloq» - Ronaldo Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti lavozimiga qo‘l cho‘zmoqchi.

«Inter», «Barselona» va «Real» klublari hayotida yorqin iz qoldirgan sobiq hujumchi jumladan, Xosep Gvardiolani oxirgi yillar ishlari uncha yurishmayotgan Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiiyi rolida ko‘rmoqchi. Xullas, agar kataloniyalik mutaxassis Janubiy Amerikada ishlashga rozilik bersa, u «so‘yloq»ning yangi loyihasida o‘ta muhim ijrochiga aylanadi.

ORZU MISOLI BOG‘LAM

Xosep Gvardiolaning Braziliyaga yo‘l olishi haqidagi gap-so‘zlar bugun yoki kecha chiqqani yo‘q, bunga ancha bo‘ldi. Biroq Pep hozircha «Manchester Siti»dan ketishni o‘ylamayapti. Diario Sport nashri ma’lumotiga binoan aytsak, endi Ronaldo kataloniyalikning Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishini o‘z loyihasi muhim bandi sifatida ko‘rsatmoqda. Umuman, sobiq hujumchi ushbu masalani anchadan buyon ispaniyalik mutaxassisning o‘zi bilan ham muhokama qilmoqda. «So‘yloq» jumladan, Gvardio­laning akasi bilan doimiy aloqada. To‘g‘ri, hozircha murabbiy hech qanday javob bergani yo‘q, uning vakillari ham. Braziliya futbol konfederasiyasining amaldagi prezidenti Ednaldo Rodrigesning shartnomasi  muddati 2026 yilning mart oyida yakuniga yetadi. Yangi saylovlar aynan o‘sha vaqt, ya’ni AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan JCH-2026 startidan bir necha oy avval bo‘ladi. Xullas, Ronaldo ham o‘z nomzodini ilgari surmoqchi. 

Xosepning ummon ortiga yo‘l olishi xususidagi gap-so‘zlarga qaytsak, braziliyaliklar ispaniyalikka ilk marta 2022 yili murojaat qilishdi. Biroq tomonlar kelishuvga erisholmagan va yakunda milliy jamoa boshqaruvi Dorival Juniorga topshirilgan edi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yili ham Gvardiolaga Braziliyadan tez-tez qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Bunda murabbiyga «pentakampeon­lar»ni JCH-2030ga tayyorlash loyihasi ustida shug‘ullanishini taklif etishgan. Biroq ispaniyalik mutaxassis hali-hanuz aniq javob qaytarishdan qochmoqda. Gvardiola jumladan, «Manchester Siti»ning noyabr oyi avvalidagi sharmandali mag‘lubiyati (ECHLda «Sporting»dan 1:4 hisobida)dan keyin alamli ohangda gapirgandi: «1:4 - juda og‘riqli natija. Demak, hozirgi holatda Braziliya milliy jamoasi uchun munosib nomzod emasman. Ayni payt «Siti»ni top-darajaga qaytarish xususida har qachongidan-da ko‘proq bosh qotiryapman». Bundan tashqari, murabbiy yozda boshqa terma jamoa boshqaruvini qo‘lga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, faqat... Nufuzli manbalar xabariga qarasak, Angliya termasi avvaliga kataloniyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish bildirgan, biroq ijobiy javob berilmagach, inglizlar Tomas Tuxel nomzodini tanlashgan. 

O‘zi Pep «Manchester Siti»dan qachon ketmoqchi? Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan malakali murabbiy 9 yildan buyon Manchesterda ishlamoqda. Qolaversa, Gvardiola yaqindagina amaldagi shartnomasi muddatini 2027 yilning yozigacha uzaytirdi. Vaholanki, uning oldida faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlar juda ko‘p edi. Kelishuvga erishilganidan keyin esa «Manchester Siti»ning ishlari birdan mislsiz darajada orqaga ketdi. Orada 13ta o‘yinda atigi 1ta g‘alaba, 3ta durang va 9ta mag‘lubiyat qayd etildi. Agar kimdir oldinroq Gvardiola «Siti»si shunday omadsiz davrni boshdan o‘tkazishi mumkinligini aytganidami, hamma uni chinakam telbaga chiqarishi tayin edi. Xullas, natijalarning keskin yomonlashgani Gvardiola - «Manchester Siti» hamkorligi muddatini qisqartirar balki... Lekin Pepning Manchesterdan to‘g‘ri Braziliya termasiga yo‘l olishi ehtimoli juda past, baribir. Zero, futbol konfederasiyasining amaldagi rahbari Karlo Anchelotti tomon ko‘proq ko‘z tikmoqda. Shu holatni inobatga olsak, Xosep navbatdagi jamoada ish boshlashdan oldin ma’lum vaqt hordiq chiqarishi mumkin. U 2012 yili «Barselona»dan ketganida, xuddi shunday qilgandi. Ya’ni «Bavariya»ni mavsum-2013|2014 arafasida o‘z qanoti ostiga olgan, ungacha esa ijodiy tanaffusda kuch to‘plagandi. Masalaning yana bir nozik tomoni - bu «Manchester Siti» 2009|2010 - 2017|2018 yillar mavsumlari oralig‘ida yo‘l qo‘ygan 100tadan ortiq moliyaviy qoidabuzarliklarga oid tekshiruv qanday yakun topishi. Agar mustaqil komissiya «shaharliklar»ni aybdor topsa, klub jarimaga tortilishi, hatto APLdan to‘liq chetlatilishi mumkin. Bunday taqdirda tan olingan murabbiy jamoadan vaqtliroq ketishi hech gap emas. Umuman, hozir Gvardiolaning butun fikru-xayoli boshqa muammolar bilan band. «Shaharliklar» ketma-ket omadsizliklarga yuz tutishgach, murabbiy kuchli bosim ostida qoldi tabiiy ravishda. Axir kataloniyalik mutaxassisning tumanli o‘lkadagi faoliyatida bu qadar yomon davr kuzatilgan emasdi.

«VALYADOLID»DAN VOZ KECHISH

Ronaldoga kelsak, braziliyalik afsona 2026 yilning mart oyiga belgilangan saylovlarda qatnashish uchun o‘ziga tegishli barcha futbol aktivlaridan qutulishi kerak. «So‘yloq» hozircha «Kruzeyru» aksiyalarini sotib bo‘ldi, endi qaramog‘ida «Valyadolid» qoldi. Ronaldo Ispaniya klubidan ham yaqin orada qo‘l uzmoqchi, ayni payt potensial xaridorlar bilan muzokara boshlangan. «Menda yangi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish uchun yuzlab sabab bor. Asosiysi - Braziliya futboli butun dunyo bo‘ylab yana qadrlanishini istayman. Ko‘chalarda odamlar meni to‘xtatib, qayta o‘ynashimni so‘rashyapti hatto. Binobarin, milliy jamoa holati yaxshi emas - maydonda ham, uning tashqarisida ham. Bu federasiyalar va klublar prezidentlarini uchun chorlov. Ha, CBF (Braziliya futbol konfederasiyasi) boshqaruvini qo‘lga olmoqchiman. Hozir ajo­yib rejalarga egaman. Lekin avvalo, menga ovoz beruvchilar bilan alohida gaplashib olishim kerak», - deydi Ronaldoning o‘zi.

«Valyadolid» bilan 6 yillik hamkorlik. Ronaldo ispan klubining 51 foiz aksiyasini 2018 yili sotib olgandi. «So‘yloq» boshqaruvidagi dastlabki 2 yilda kamtarin klub taraqqiyoti chindan ham, hammani lol qoldirdi. Braziliyalik funksioner klub zimmasidagi qarzni deyarli uzdi (22 mln. yevrodan atigi 3 «limon» qoldi), shuning barobarida «Xose Sorrilya» stadionini yangilash yo‘lida ham binoyidek sarfladi. Asosiysi, Ronaldo klub akademiyasi va infratuzilmasini yuksaltirish, «Valyadolid» brendini xalqaro tadbirlar orqali olg‘a surish harakatini ham boshlagandi. Biroq nimadir noto‘g‘ri ketdi va «Valyadolid» lift-jamoaga aylanib qoldi. Ronaldo davrida jamoa hatto Uchinchi divizionga tushib ketish xavfi ostida qoldi. «Valyadolid» muxlislari braziliyalikdan iste’fo so‘rashganida esa, u 2023 yilgi yevrokuboklar yo‘llanmasini va’da qildi. Vaqt o‘tishi bilan esa sohibning loyihadan ko‘ngli sovudi, chog‘i. Braziliyalik 2023 yilning yozidayoq «Valyadolid» bilan xayrlashishi mumkin edi, ammo yakunda amerikalik sarmoya­dorlar ilgari surgan qiymati 80 million yevroga teng tayyor kelishuvdan voz kechdi. 

 Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:05, 20.01.2025. O'qildi: 2409 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.