Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oldinda transferlarning yangi porsiyalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Atalanta» futbolchilarni grandlar uchun kashf etmaydi. Bergamoliklar jamoasining muvaffaqiyatlari badavlat klublar skautlari e’tiborini o‘zigan band etgan.

 O‘zgacha bo‘lishi mumkin emas, axir «Atalanta» «A» seriyasi ro‘yxatini boshqarib bormoqda. Ichki chempionatda jamoa 11ta o‘yinli g‘alabalar seriyasini qayd etdi, «Real»ga qarshi tengma-teng to‘p surdi, 3:3 hisobidagi jangovar durangga juda yaqin keldi, «Arsenal»dan ochko tortib oldi. Eng muhimi, bahorda «Bayer» darvozasiga 3ta javobsiz gol urib, 61 yil ichida ilk marta YEL g‘olibiga aylandi. Ana shu tarixiy zafar va yuksak sport formasi jamoaning nigeriyalik o‘yinchisi Luqmonga Afrikaning eng yaxshi futbolchisi unvonini taqdim etdi.

Xaridorlar faqat abjir vinger uchun kelishmaydi. «Atalanta»da iqtidorli markaziy himoyachi Skalvini bor. Afsuski, Jorjo bir nechta turli jarohatlarni boshdan kechirdi, lekin o‘zi endi 21ga chiqdi. Shuningdek, tayanch yarim himoyachisi Ederson ham chakki emas. Hozirda «MYU» unga jiddiy qiziqish bildirmoqda, yangi jamoani shakllantirishga intilayotgan Amorim aynan shunday uslubdagi futbolchi kerakligini belgilab qo‘ygan. Biroq Braziliya terma jamoasi libosida atigi ikki marta maydonga tushgan yigitcha Angliyaning nomdor klubini qutqara oladimi? Shunday bo‘lishiga ishonish qiyin.

«Atalanta»ning o‘ziga xos jihati murabbiy jamoasi ekanligida. Bergamoga tez-tez borib turadigan Umberto Ekoning e’tirofi quyidagicha: «Faqat mayda kishilargina mutlaqo normal shaxslardek ko‘rinadilar».

2016 yildan beri bitta jamoada faoliyat yuritayotgan Gasperini normadan tashqari ekanligi va murabbiylik malakasi ko‘lamini isbotladi. Biroq Jan Pyero - ko‘hna maktab mutaxassisi, qat’iy qoidalarni qo‘llaydigan qattiqqo‘l murabbiy. U Luqmon, Ederson yoki belgiyalik pleymeyker de Ketelare va italiyalik hujumchi Retegiga o‘xshagan shogirdlari bor kuch-quvvatlari va mahoratlarini namoyish etmagunlaricha tinib-tinchimaydi.

Agar Spallettining terma jamoasidagi argentinalik futbolchini La-Mansh bo‘g‘ozi orqali Londonga olib kelishsa, hozir barchaning e’tiborida turgan Retegi «Arsenal»da omadsizlikka uchrashi mumkin. Skautlarning «Atalanta» o‘yinchilarini yollashga bo‘lgan ishtiyoqi o‘z-o‘zidan tushunarli. Transfer qiymatini o‘yin sifatiga taqqoslaganda, ajoyib futbolchilar. Biroq de Ketelare braziliyalik Kaka davrida tarkibdan joy olmagan bo‘lsada, «Milan»da talab darajasida o‘ynay olmadi. Gasperini grandlar uchun o‘yinchi tayyorlamaydi, lekin ularga o‘ziga xos yo‘l-yo‘riqlarini singdiradi.

Gasperinidan navqiron o‘yinchilarni tortib olish lozim

Futbol savdosidagi tajribali mutaxassislar «Atalanta»ni sinchiklab o‘rganib chiqishgan. Yosh iqtidorlarni Gasperini «virusi»ga chalinmaslaridan avval xarid qilishlari kerak. Jamoadagi integrasiya shu qadar kuchliki, o‘yinchilarga mustaqil ravishda o‘zga jamoada va o‘zga murabbiy rahbarligida yuksak saviyani namoyish etish juda qiyin. Hatto o‘ta tezkor xarid ham kafolat bo‘la olmaydi. «Atalanta»dan klub uchun rekord bahoda 73,9 mln. yevroga sotib olingan daniyalik yosh iqtidor «MYU»ni qoniqtira olmayapti.

Lekin «Yuventus» ayni kerakli pallada Kulushevskini Bergamodan o‘z tomoniga og‘dirib olgandi, hozir shvesiyalik futbolchi «Tottenxem» safida javlon urmoqda. «Shporlar» Romeroni ham o‘z vaqtida xarid qilishdi. Qo‘shimchasiga, Kristianning Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lishda to‘plagan tajribasi ham qo‘l kelmoqda. Bastoni esa «Inter»ga sal barvaqtroq yo‘l oldi. Milanliklar ham futbolchilarni Inzagi uslubiga moslash niyatidalar, APL yoki La Liga klublari uchun universal jangchilar tayyorlash haqida o‘ylamaydilar. Italiyaliklarning mag‘rurliklari barchaga ma’lum.

«A» seriyasidagi yigitlar boshqa futbol iqlimida har doim ham o‘z salohiyatlarini namoyish etavermaydilar. Yoshlar jamoasida to‘p surgan va o‘zidan bir necha yoshga katta bo‘lgan Kulushevski bilan do‘stlashib olgan Amad Diallo Bergamoni barvaqt tark etdi. Endi yangilangan «MYU»da ochilishga intilayotgan vinger Manchester derbisida Gvardiola jamoasini yengishda o‘zini ko‘rsatdi. «Atalanta» yigitlari muvaffaqiyatga erishishlari mumkin, lekin hozircha xayrlashuvchilar ro‘yxatida Gasperini qonunlarini ortda qoldira oladigan birorta futbolchi yo‘q. Hatto o‘tgan yil yozida 54,7 mln. yevro («Atalanta»dagi ikkinchi qimmatbaho sotuv) «Yuventus»ga o‘tgan tajribali Kopmeyners ham bir tizimdan ikkinchisiga ideal tarzda o‘ta olmadi. Motta niderlandiyalik o‘yinchini hujumchilar ortidagi pozisiyaga tushirmoqda. Teynni Konseysau va Yildizdek iqtidorli vingerlar qo‘llab-quvvatlashmoqda. Lekin Gasperini sxemalaridan zerikkan 26 yoshli futbolchi o‘z erkinligini namoyish eta olmayapti.

Grandlar Bergamodan o‘yinchi olganlari uchun afsuslanadilar

Germaniyalik Gozens «Inter»da o‘z o‘rnini topa olmadi, Kessye «Milan»da risoladagidek to‘p surdi, lekin «Barselona»da yangi darajaga ko‘tarila olmadi. Hozir 28 yoshli ivuarlik xavbek Saudiya Arabistonida o‘ynamoqda. «MYU» Xoylund o‘rniga nomzod izlamoqda. Demak, daniyalik futbolchi unga ishonadigan va saviyasini ko‘tara oladigan yangi jamoani topishiga to‘g‘ri keladi. «Atalanta»ning sobiq o‘yinchilari - Manchini va Kristante «Roma»da o‘z saviyalarini oshira olmay, «A» seriyasida 10-pog‘onada borishmoqda.

«Atalanta»ning ko‘pchilik o‘yinchilarini grandlar chetlab o‘tishdi. Chunki tajribali klub analitiklari shunday maslahat berishgandi. Italiyalik futbolchilar xorijda o‘ynashni xush ko‘rmaydilar. Skuadra tarixidagi asosiy o‘yinchilar «A» seriyasi klublarida to‘p surishgan. Gasperini jamoasiga keladigan xorijlik futbolchilarning ko‘pchiligi o‘z jamoalariga keraksiz bo‘lib qolishgan. Lekin «Atalanta»ning dabdabali seleksiyasini alohida ta’kidlash joiz. Klub «A» seriyasidagi o‘rtamiyoni va autsayder jamoalardan noyob iqtidorlarni o‘ziga og‘dirib oladi. Katta mablag‘ sarflash jarayonida esa, ba’zan anglashilmovchiliklar ham bo‘lib turadi. Jamoa tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lgan Al-Bilol Ture o‘z o‘rnini topa olmay, «Shtutgart»ga «surgun» qilingandi. Hujumchi hozirga qadar Bundesliga doirasida atigi 3ta golga sababchi bo‘ldi.

Bergamoliklar uchun Skamakka omadli xarid bo‘lgandi. Biroq afsuski, yaqinda u jarohat oldi. Ederson, de Ketelare va Retegilar ham talab darajasida to‘p surishmoqda. Miranchuk chempionlik poygasida «Milan»dagi yetakchilik maqomidan voz kechib, AQSHga ravona bo‘ldi.

«Atalanta» ajoyib, lekin o‘ziga xos muxtor jamoa. Grandlar Gasperini uchun muhim o‘yinchilarni xarid qilish orqali uni zaiflashtirishga urinadilar. Ularga yon bermaslik tabiati klubni saqlab qolmoqda. Bergamoda faqat murabbiyni almashtirib bo‘lmaydi.

 Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 24.01.2025. O'qildi: 2868 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик