Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Usmonali Ismonaliyev: «Muxlislarimizni xursand qilish uchun o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Andijon
Rukn: Intervyular
A A A

«Andijon» klubi qishki seleksiya paytida bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi va ularning orasida Usmonali Ismonaliyev ham bor. Andijonlik iqtidor egasi yana o‘z uyiga qaytdi.

Bilasiz, u Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Burgutlar» safidagi ajoyib o‘yinlaridan keyin «Bunyodkor»da faoliyat olib bordi va joriy mavsumda Usmonaliyev yana «Andijon»ga qaytdi.

— Jonajon jamoangizga qaytdingiz va Antaliyadagi yig‘inda to‘liq ishtirok etdingiz. Bu sizda qanday taassurot qoldirdi?

— Birinchi navbatda «Andijon» jamoasiga qaytganimdan xursandman. Yana birga ishlayotganimizdan mamnunman. Yig‘inga keladigan bo‘lsak, hech qachon oson bo‘lmagan. Kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadik. Xudoga shukr, jamoamiz yaxshi. Tarkib 50 foizga yangilandi. Barcha futbolchilar bir-birini tushunib boryapti. Yig‘inda doim «nagruzka» bilan o‘ynaysiz. Shu bois o‘rtoqlik uchrashuvlari qiyinroq kechadi. Barchasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Shart-sharoitlar ham, jamoadagi muhit ham ajoyib darajada.

— Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz va ilgari «Burgutlar» sharafini himoya qilgansiz. Uch yillik tanaffusdan keyin yana qaytdingiz. «Andijon»ga qaytganingizda o‘zingizni qanday his qildingiz va qanday o‘zgarishlarni ko‘rdingiz?

— Futbolchilarni o‘sganini ko‘rdim. O‘zimni sira begonasiramadim. Men o‘z uyimga qaytdim. Bu o‘zim tug‘ilib o‘sgan joy. Yigitlar bilan kirishib ketishim oson kechdi. Biz eski do‘stlarmiz. Oldin o‘ynaganimda qanday bo‘lsa, hozir ham shunday davom etyapti.

— «Bunyodkor»dagi uch yillik faoliyatingizdan keyin 2025 yilga kelib «Andijon»ga qaytish haqida o‘ylaganmidingiz?

— Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz, Xudo biladi. «Andijon»dan taklif bo‘lganida men ijobiy qabul qildim va eng avvalo dadam rozi bo‘ldi. Dadam «Andijon»ga muxlislik qiladi. Jamoamga yordam bergani qaytdim. Yangi mavsumda o‘yinlar ko‘p. Jamoa uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga, «Andijon» uchun yordam berishga harakat qilamiz. Men xursandman.

— Bilamizki, hujum chizig‘ida binoyidek o‘ynay olasiz. Keyinchalik esa himoyaga o‘tdingiz. Yana hujumda ham o‘ynashga tayyormisiz yoki o‘zingizni endi himoyachi sifatida ko‘ryapsizmi?

— Yo‘q, o‘zimni hech qachon himoyachi deb tasavvur qilmaganman. Aleksandr Xomyakov bilan gaplashganimda meni faqat himoyada ko‘ryapsizmi, deganimda yo‘q, kerak paytda oldinga o‘tasan, degan. Hujumda va qanot yarim himoyasida to‘p surish ham menga qulay. Men hammasiga tayyorman. Kerak paytda hujumga yordam bera olaman.

— Yangi mavsumda jamoani juda muhim musobaqalar kutmoqda va bu haqida nima degan bo‘lardingiz? Shuningdek, «Andijon» ilk turni safarda «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘tkazadi. Birinchi tur oldidan fikringiz qanday?

— 2025 yilgi chempionatda hamma jamoaga omad tilayman. Asosiysi, jarohatlarsiz o‘tkazish nasib qilsin. Andijon xalqi futbol bilan yashaydi. Buni yoshligimizdan ko‘rib, katta bo‘lganmiz. Doim muxlislar uchun harakat qilamiz. Ularni xursand qilish uchun o‘ynaymiz. «Qo‘qon-1912»ga qarshi derbi bo‘ladi. Ishqibozlarimiz bizni qo‘llab-quvvatlashadi va g‘alaba bilan qaytamiz, Xudo xohlasa.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:00, 27.02.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик