Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasining bo‘lajak o‘yinlari uchun tarkibini e’lon qildi.
Roberto Martines boshchiligidagi jamoa 20 va 23 mart kunlari Millatlar ligasining 1/4 bosqichi doirasida Daniya bilan ikkita o‘yin o‘tkazadi.
Darvozaonlar:Diogu Koshta («Portu»), Ruy Silva («Sporting»), Joze Sa («Vulverxempton»).
Himoyachilar: Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Nelson Semedu («Vulverxempton»), Nunu Mendesh («PSJ»), Nunu Tavaresh («Lasio»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Antoniu Silva («Benfika»), Renatu Veyga («Yuventus»).
Yarimhimoyachilar: Joau Palinya («Bavariya»), Ruben Nevesh («Al-Xilal»), Joau Nevesh («PSJ»), Vitinya («PSJ»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Joau Feliks («Milan»).
Hujumchilar: Fransishku Trinkau («Sporting»), Fransishku Konseysau («Yuventus»), Pedru Netu («Chelsi»), Jeovani Kenda («Sporting»), Rafael Leau («Milan»), Diogu Jota («Liverpul»), Gonsalu Ramush («PSJ»), Krishtianu Ronaldu («Al-Nasr»).