Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: "Kamchilik bo‘lib qolganimizda ham yigitlar qo‘lini tushirishmadi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Navbahor" – "Andijon" (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining dastlabki qismida andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bunday derbilar hissiyotlarga boy va boshqacha  ruhda o‘tadi. O‘ylaymanki, ushbu safargi vodiy derbisi ham o‘zini oqladi. Hissiyotlarga, gollarga, vaziyatlarga boy bo‘ldi. Ob-havo ham turtki bo‘ldi, o‘yindan avval yomg‘ir yog‘di. Maydon futbol o‘ynash uchun yaxshi holatda edi. O‘ylaymanki, qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Oxirigacha intriga saqlanib turdi. O‘yin yakuni asabiy o‘tdi. Maydonda kamchilik bo‘lib qolganimizdan keyin ham hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlangan futbolchilarimga qoyil qolish kerak. Albatta, bizni  bundan boshqa yo‘limiz ham yo‘q edi. Barchasini juda yaxshi tushunib turgandik. Chunki bizni juda katta muxlislar armiyasi qo‘llab-quvvatlab turgandi. Ular bizga qayg‘urishyapti, ishonishyapti hamda doimgidek g‘alabani kutishyapti. Murabbiy sifatida bir qancha holatlar meni qoniqtirmadi. Bir qator rejalarimiz o‘xshamadi. Raqib bizga o‘ynashimiz uchun imkoniyat yaratib berdi. Bunday paytda boshqacharoq o‘yin ko‘rsatsak bo‘lardi. Birinchi va ikkinchi bo‘limdagi tezkor gollar esa bizni taslim qilmadi. O‘yin yakunida ochko olishni uddaladik. Albatta, buning uchun yigitlarga rahmat.

- Oxirgi yillarda Namanganda "Andijon" ajoyib o‘yin namoyish qilyapti va noqulay raqibga aylanib boryapti. Ayting-chi, bu uchrashuvda nima o‘xshadi va nima o‘xshamadi? Shuningdek, "Navbahor" maydonida eng og‘ir o‘yin qaysi bo‘lgan?

- Savol uchun rahmat. Har bir uchrashuv qiyin o‘tadi. O‘yinda aynan nimalar o‘xshagan yoki o‘xshamagani haqida gapirmoqchi emasman. Rejamiz bo‘yicha biz boshqacharoq o‘yin ko‘rsatmoqchi edik. Ikkala bo‘lim boshida gollar o‘tkazib yuborganimiz yomon. "Navbahor" to‘rttalik uslubiga o‘tganidan keyin bizda muammolar ko‘zga tashlandi. Aytganimdek, bu yerdagi har bir bellashuv og‘ir o‘tadi. Ba’zida o‘ylaganlaring amalga oshadi, ba’zida esa yo‘q. "Navbahor" yaxshi jamoa. Omad biz tomonda bo‘ldi. Bir futbolchi kam bo‘lib qolganimizda ham yigitlar qo‘lini tushirishmadi. O‘z imkoniyatini kutishdi. Uchrashuvdan yaxshi jihatlarni ko‘rsa bo‘ladi.

- Oldingi uchrashuvlarga nisbatan tarkibda rotatsiya bo‘lishiga nima sabab?

- Bilasizmi, ob-havo tufayli ayrim o‘yinchilarimiz betob bo‘lib qolishdi. Kreziu shamollagandi. Oleg Zoteevda isitma bor edi. Tavakkal qilib uni maydonga tushirishni istamadik. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar yaxshi kirishib ketishdi, omadli bo‘ldi va eng asosiysi, kerakli golni urdik.

- Hakam futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatdi. O‘sha vaziyatdan oldin ko‘pchilik "Navbahor" o‘yinchisiga qizil ko‘rsatishini kutgandi. Buni kutganmidingiz?

- O‘sha epizod bizdan uzoqda edi. Raqib o‘yinchisi qo‘pollik ishlatgandek ko‘ringandi. Bizning o‘yinchimizga qo‘pol o‘ynagandek, edi. Lekin hakam xalqaro tajribaga ega. Bizning o‘zbek hakamlarimiz orasida bayroqdori. Ayrim vaziyatlar uchun bahslashish mumkindir, biroq umumiy olganda unga ortiqcha e’tirozlar yo‘q.

- "Andijon"ning ikkala golini "Navbahor" futbolchilari kiritishdi. Jamoangiz ko‘p ham vaziyat yarata olgani yo‘q. Bunday o‘yin bilan OCHLga qanchalik tayyor bo‘la olasizlar?

- Ha, menga yoqmadi. Lekin futbol xatolardan iborat. Hech kim xato qilmasa futbolning jozibasi yo‘qoladi. Muxlislar shu bois stadionga keladilar. Bizda ham, "Navbahor"da ham xatolar uchrab turdi. O‘yinda muammolarimiz bor. Hamma o‘z muammolarini to‘g‘rilash harakatida. Tajovuzkor o‘ynashga harakat qilyapmiz, ammo himoyada o‘tkazib yuboryapmiz. OCHLga hali vaqt bor. Kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. OCHL bahslarida boshqa daraja bo‘lamiz.

- Tarkibdan qoniqyapsizmi? OCHL uchun yana kuchaytiriladimi?

- Albatta, yig‘ilgan tarkibdan qoniqish hosil qilyapman. Bu jamoa bilan jiddiy maqsadlarni bajarishga harakat qilamiz. Hozircha biroz vaqt kerak. Ko‘plab yangi futbolchilar bor. Bir-birini tushunishi uchun vaqt talab qilinadi. Ko‘ramiz, vaqt oliy hakam. Himoyada va hujumda, o‘yinni tashkil qilish bo‘yicha ishni davom ettiramiz.

- "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" kabi vodiy klublarining sovrinli o‘rinlar uchun imkoniyatini qanday baholaysiz?

- "Qo‘qon-1912" ham bor. Men bashoratchi emasman. Hozir yaqqol favorit yo‘q. Endigina 3-turni o‘tkazdik, nima deyishim mumkin? Har bir jamoada imkoniyat bor. Chunki har bir klub oxirigacha kurash olib boryapti. Natijaga bir qator omillarning ta’siri bo‘ladi.

- Bu mavsumda "Andijon"ning maqsadi qanday?

- Yuqori maqsad bor. Medallar uchun kurashamiz. Har bir o‘yinda muxlislarimizni xursand qilish uchun o‘ynaymiz.

Kiritildi: 05:37, 29.03.2025. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик