Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: “Futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan holda ularning oldida shlyapamni yechaman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» – «Andijon» (2:3) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Bugungi g‘alabadan juda ham xursandman. Ta’riflashga so‘z ojiz. Xudoga shukurki, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va g‘alabani saqlab qolishdi. O‘ylaymanki, maydonda yaxshi harakat qildik. To‘g‘risini aytsam, ha, ba’zi holatlarda biz o‘ylaganlarning barchasi ham o‘xshadi, deya olmayman. Lekin, eng asosiysi, g‘alaba qozondik. Futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan holda ularning oldida shlyapamni yechaman. Ulardagi yaxshi harakat va matonat uchun barchani ajoyib g‘alaba bilan chin ko‘nglimdan tabriklayman.

— Safarda «Paxtakor» ustidan qozonilgan tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz. Jamoangizning himoyadagi o‘yiniga qanday baho berasiz? Masalan, o‘tgan safar «Mash’al» bilan o‘yin oxirlarida himoyalandi...

— Bizda qaysidir vaziyatlarda aniqlik yetishmayapti, deyishim mumkin. Yirik hisobda g‘alaba qozonishni rejalashtirmagandik. Biz o‘yinni nazorat qilishimiz kerak edi. Bunga qisman erishdik, deb o‘ylayman. Umuman olganda, bugun raqib ham yaxshi harakat qildi. Ba’zi holatlarda himoyachilarimizni xato qilishga majbur qildi, deyishim mumkin. Biz esa qarshi hujumlardan foydalandik. Shu o‘rinda ta’kidlashim kerakki, hujumda yaxshi o‘ynadik va uchta gol urishga erishdik. Tan olaman, himoyada muammolar bo‘ldi. Imkon qadar to‘g‘rilashga harakat qildik.

— «Paxtakor» maydoniga kelgan jamoalar asosan yopiq o‘yin ko‘rsatishadi. Ammo bugun jamoangiz boshqacha o‘yin namoyish qildi...

— Bilasizmi, bizga qiyin bo‘lishini o‘yindan avval his qilgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Agar biz birdaniga hujumga o‘tib ketadigan bo‘lsak, bizga juda qiyin bo‘lishini bilardik. O‘yin startida, boshlang‘ich 15 daqiqasida agressiv futbol ko‘rsatishga harakat qildik. O‘yinni to‘liq 90 daqiqa bir xil tempda o‘ynashning imkoniyati yo‘q. Shu bilan birga raqib o‘yinlarini yaxshi o‘rganib chiqqandik. Shunga yarasha harakat qildik. Ba’zi vaqtlarda himoyalanib o‘ynadik. Chunki bunga raqib majbur qildi. Ayrim holatlarda uch himoyachi bo‘lib o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. «Paxtakor» kuchli o‘yin ko‘rsatishga kirishdi. Shu bois buni alohida sirli joyi yo‘q va biz rejamiz bo‘yicha harakat qildik. Kuchli xohish hamda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq sababli g‘alaba qozondik.

— «Mash’al» bilan o‘yinda siz g‘alabadan so‘ng o‘yindan qoniqish hosil qilmaganingizni aytgandingiz. Bugungi uchrashuvda ham jamoangiz yutdi va siz o‘yindan qoniqish hosil qildingizmi?

— Qiziqarli savol uchun rahmat. Ikki tomonlama fikr aytishim mumkin. Murabbiy uchun natijani albatta muhim deb hisoblayman. Ikkinchi tomondan esa futbol – bu muxlislar uchun o‘ynaladigan o‘yin. Ishqibozlar oddiy o‘yin bo‘lsa, hisobni ko‘rishadi va uyiga ketishadi. Qiziqarli uchrashuv bo‘lsa, albatta kelib oxirigacha turishadi, qo‘llab-quvvatlashadi. Jamoa shakllanyapti, o‘z o‘yinini topib boryapti. Oldimizda xalqaro uchrashuvlar turganini barchamiz his qilib turibmiz. Murabbiy sifatida o‘yindan-o‘yinga kuchayib, yuqori darajaga chiqishimizni juda xohlayapman. Biz yuqori natijalar uchun intilyapmiz. Hammasi asta-sekin amalga oshiriladi. Chaqaloq ham birdaniga yurib ketmaydi. Biz ham rivojlanib boryapmiz. Muxlislarbop o‘yin ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Shu bilan birgalikda natija ham juda muhim. Balki hammamiz birgalikda «Andijon»ning g‘alabasini nishonlarmiz, ketdik (kuladi)!

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:06, 14.04.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик