Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga. «Surxon» penaltini golga aylantira olmadi, ammo so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" Termizda “Surxon” mehmoni bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvning qiziqarli tarzda kechishi oldindan ma’lum edi. Boisi, garchi mezbonlar joriy mavsum bellashuvlarini omadsiz o‘tkazayotgan bo‘lishsada, yetakchi jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsata olishardi. Namanganliklar ham safar uchrashuvlarini yaxshi o‘tkazishayotgandi. Shu bois, ushbu o‘yinga qiziqish yuqori edi.   

Uchrashuv kutilganidek, ilk daqiqalardanoq keskin kurashlar ostida boshlandi. O‘yinni faol tarzda boshlagan mezbonlar raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Jumladan, “uchar tulporlar”ning ilk hujumida Muhammadali Abdurahmonovning zarbasi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Yana bir vaziyatda esa "Navbahor" himoyachilari to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarishdi.

Fevzi Davletov shogirdlarining yana bir hujumida esa yarim himoyachi Dostonbek Tursunovning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘sini tepasidan o‘tib ketdi.

Shundan so‘ng, Sergey Lushan shogirdlari sekin-asta o‘yinni o‘z qo‘llariga olishga intilib, hujumni kuchaytirishdi. “Lochinlar”ning hujumlari davomida Ruslanbek Jiyanovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, “Surxon” darvozaboni Artyom Potapov to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi.

Maydon egalarining navbatdagi hujumlaridan birida esa to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

"Navbahor"ning navbatdagi hujumlaridan birida esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning boshi bilan darvozaga yo‘llagan zarbasi noaniq ko‘rinish oldi. Uchrashuvning 1-bo‘limiga to‘xtalishlar uchun hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ham “Surxon”ning hujumi va burchak zarbasi xavfli ko‘rinish oldi. Ammo yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Natijada jamoalar tanaffusga nursiz durang – 0:0 hisobida chiqib ketdi.

Uchrashuvning 2-bo‘limida odatdagidek, har ikki jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi hamda bu ikkinchi 45 daqiqalikning borishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va goh u, goh bu jamoa darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi.

Ta’kidlash joizki, ikkinchi bo‘limni Sergey Lushan shogirdlari faol tarzda boshlab, termizliklar darvozasi oldida bir qator vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. Ammo Zabihillo O‘rinboyev va Sergey Karpovich imkoniyatni qo‘ldan boy berishgan bo‘lsa, Shohmalik Komilovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi.

Mezbonlarning hujumlaridan birida esa Muhammadali Abdurahmonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.          

“Lochinlar”ning hujumlaridan birida Alisher Odilovning boshi bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

“Surxon”ning hujumlaridan birida zaxiradan maydonga tushgan Kirill Kolesnichenko zarbasi biroz noaniq chiqdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida termizliklarning burchak zarbasidan so‘ng, “Surxon” hujumchisi Abdug‘afur Haydarovga nisbatan mehmnolar jarima maydonchasi ichida o‘yin qoidasi buzildi deb topildi va uchrashuv bosh hakami Naim Qosimov "Navbahor" darvozasiga 11 metrli jarima zarasi belgiladi. Penaltini “Surxon”ning rossiyalik yarim himoyachisi Kirill Kolesniyenko amalga oshirdi hamda uning zarbasidan so‘ng, namanganiklar posboni Shukron Yo‘ldoshev to‘pni ushlab oldi. Ammo, oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas, Kolesnichenko jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari hamda o‘yindagi to‘xtalishlar uchun hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda “lochinlar” muvozanatni tiklash maqsadida, hujumni kuchaytirishdi. Lekin yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Natijada "Surxon"  1:0 hisobida g‘alaba qozondi hamda o‘z ochkolarini 8 taga yetkazib oldi. "Navbahor"ning ochkolari esa 8 taligicha qoldi.

Superliga. 6-tur
“Surxon” – “Navbahor” - 1:0 (0:0)
21 aprel. Termiz. “Surxon – arena” stadioni. 8457 tomoshabin.  
Gol: Kirill Kolesnichenko (87).
Noaniq amalga oshirilgan penalti: Kirill Kolesnichenko (85, darvozabon).
“Surxon”: 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatullox Xamidjonov, 4.Nodirxon Ne’matov (5.Jamaliddin Xojaniyazov, 46), 6.Behzod Shamsiyev, 7.Dostonbek Tursunov, 10.Dmitri Pletnev (15.Diyor Ramazonov, 79), 19.Muhammadali Abdurahmonov (11.Abdug‘afur Haydarov,59), 24.SHerzodjon Komilov (88.Dmitri Kratkov, 63), 27.Asilbek Jumayev, 66.Behruz Shaydulov, 99.Sunnatillo Poyonov (9.Kirill Kolesnichenko,59).
“Navbahor”: 16. Shukron Yo‘ldoshev, 7.Azimjon Ahmedov (8.SHohmalik Komilov,46), 10.SHahzodbek Ubaydullayev (37.Alisher Odilov,46), 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (9.Zabihillo  O‘rinboyev,46), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 33.Sergey Karpovich, 36. Gilyerme Gedesh, 70.Abbosjon G‘ulomov (29.Pedro Augusto Gabral Karvalyo,74), 99.Igor Gabriel.
Ogohlantirishlar: Yo‘q -  G.Gedesh (70), Igor Gabriel (90+2).
Hakamlar: Naim Qosimov, Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov, Shohinur Boymatov.
VAR hakami: Firdavs Norsafarov.
AVAR: Zilola Rahmatova.
Nazoratchi: Zokir Qodirov.
Komissar: Oybek Ikromov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:28, 21.04.2025. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик