Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abbosbek Fayzullayevning SSKAdagi holati: mutaxassislar nima deyishmoqda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yorqin yulduzlaridan biri Abbosbek Fayzullayev uchun Rossiya Premyer-ligasidagi joriy mavsum murakkab kechmoqda. 2023 yilda "Paxtakor" klubidan Moskva armiyachilari safiga ko‘chib o‘tgan hujumkor futbolchimizning samaradorligi 2025 yil boshidan sezilarli darajada tushib ketgan. O‘tgan mavsumlarda SSKA tarkibida yetakchiga aylangan va jamoasining golli hujumlarini tashkil etishda muhim rol o‘ynagan Abbosbekning bugungi holati rossiyalik futbol ekspertlarining ham diqqat markazida.

Rossiyalik mutaxassislarning Abbosbek Fayzullayev bilan bog‘liq vaziyat haqidagi fikr-mulohazalarini taqdim etamiz.

Aleksey Petrushin, "Dinamo Moskva" klubining sobiq bosh murabbiyi:

"Fayzullayevning o‘yinida pasayish kuzatilayotganini yashirish kerak emas. Sababi, SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich qo‘llayotgan romb shaklidagi yangi taktik sxemaga u moslashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mashhur "milancha romb" taktikasi ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lsa-da, Abbos uchun yangi va bunga tezda moslashishi oson emas. Shunga qaramay, u juda iste’dodli va e’tiborni tortadigan futbolchi.

Shuningdek, Abbosbek terma jamoa o‘yinlarida ko‘p ishtirok etmoqda va bu uning kuch-quvvatiga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. U yosh bo‘lishiga qaramay, charchoq his qilishi tabiiy holat. Faqatgina Fayzullayev emas, SSKAning boshqa futbolchilarida ham keyingi paytda charchoq alomatlari ko‘zga tashlanyapti. Bunga misol sifatida Ivan Oblyakovni ham ko‘rsatish mumkin."

Yevgeniy Aldonin, SSKAning sobiq futbolchisi va mutaxassisi:

"Ko‘pchilik Marko Nikolichning romb sxemasi Abbosbek Fayzullayevga mos kelmay qoldi, deyapti. Men bu fikrga qo‘shilmayman. Chunki romb – bu juda o‘zgaruvchan va moslashuvchan taktika. O‘yinlar davomida jamoaning taktik sxemasi o‘zgarishi tabiiy holat.

Fayzullayevning bugungi holati uning o‘sishi va rivojlanishiga turtki bo‘ladi, deb hisoblayman. Abbos – maqsad sari intiladigan futbolchi. U o‘zining yuqori darajasini namoyon qilib bo‘lgan va murabbiy ishonchini qaytarib olish uchun yana o‘zini ko‘rsatishi lozim. Jamoaning yetakchisi sifatida maydondagi o‘yini orqali o‘z mavqeini mustahkamlashi kerak."

Aleksandr Grishin, SSKAning sobiq futbolchisi va tahlilchi:

"Agar futbolchi yaxshi natija ko‘rsatsa, darhol uning top klublardan takliflari borligi haqida gapirila boshlanadi. Ammo Abbosbek Fayzullayev haqidagi gap-so‘zlarning qanchalik haqiqatligini hali bilmaymiz. Hozircha bular faqat mish-mishlar.

Aslida bu masalani transfer amalga oshganidan keyin muhokama qilsak arziydi. Fayzullayev o‘zining ilgarigi yorqin o‘yinlarini qayta namoyon qilishi kerak. Hozirgi holati esa uning Yevropaga ketishiga yaqinlashtirmaydi, aksincha, klubda o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishi talab etiladi."

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgust oyida SSKA tarkibiga qo‘shilganidan beri Rossiya chempionati va kubok musobaqalarida jami 65 ta uchrashuvda qatnashib, 8 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, 21 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 25 marta maydonga tushib, raqiblari darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgan. Hozirda Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 8 million yevro miqdorida baholagan. Abbosbekning SSKA bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 11:51, 02.05.2025. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик