Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abdug‘afur Haydarovga SSKA qiziqish bildirmoqdami? «Surxon» sport direktori javob berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

"Surxon" klubi sport direktori Rustam Qurbonboyev Superliganing 10-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan so‘nggi matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.

Klub bosh murabbiyi Fevzi Davletov esa betobligi sabab matbuot anjumanida qatnasholmadi.

O‘yin haqida:

— Oson o‘yin bo‘lmasligini bilardik, chunki "So‘g‘diyona" — juda yaxshi jamoa. Jadvalda egallab turgan o‘rniga qaramasdan, jamoa yaxshi ekanligini bilardik, jamoaning o‘yinlarini yaxshi o‘rganib chiqdik. Shuningdek, jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Xudoga shukr, omadimiz keldi va biz g‘alaba qozondik. O‘ylashimcha, eng yaxshi o‘yinni o‘tkazmadik. Shunga qaramasdan, g‘alaba qozonganimiz uchun xursandmiz. Yigitlar, murabbiylar shtabi va muxlislarni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman.

— Oldingi matbuot anjumanlarida Haydarov haqida aytilgan edi. U yig‘inda qatnashmaganligi va ko‘p o‘ynamaganligi haqida fikr bildirilgan edi. Yevropa futbolini misolga keltirsak, har bir yosh hujumchi ustidan alohida ish olib boriladi. Nega Haydarovning hozirgi o‘yini bo‘yicha murabbiylar shtabi tomonidan reaksiya qilinmayapti?

— Biz reaksiya qilmayapmiz deb ayta olmayman. Abdug‘afur ayni paytda optimal formada emas. Biz bilan Turkiyadagi yig‘inda qatnashmaganidan tashqari, yoshlar terma jamoasi yig‘inlarida ham qatnashgan. U tizzasidan jarohat olgan va ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Bu narsa ham ta’sir qilgan. Futbolda 1-2 oy mashg‘ulot qilmaslik — katta narsa. Xudoga shukr, u jarohatsiz amaliyotni o‘tkazdi. Lekin biz bu ustida ishlayapmiz. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz u bilan alohida ishlayapti. Bizda ikki nafar hujumchimiz bor. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz asosan 4-3-3 taktik sxema bo‘yicha o‘ynayapmiz. Muhammad-Ali Abdurahmonov hozir yaxshi o‘ynayapti. Ammo, Abdug‘afurga o‘yin amaliyotini bermasdan ish tutmadik. Kubokda o‘ynayapti, har bir o‘yinda yarim soatdan o‘ynayapti. Biz Haydarovning o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan o‘yiniga qaytishiga manfaatdormiz va jamoa unga yordam beradi. Ozgina sabr qilishimiz kerak. Abdug‘afur Haydarov — kelajagi bor futbolchi. Undan tashqari, ko‘p yosh futbolchilarimiz bor. Biz asosan yosh futbolchilarni o‘ynatayapmiz va ularga imkoniyat berayapmiz.

— Bilishimizcha, Haydarovga SSKA jamoasidan taklif tushdi. Uni qo‘llab-quvvatlab, ko‘proq imkoniyat berish yaxshi emasmi?
— Bizga ham bu narsa yaxshi. Qani edi, o‘zimizning Surxondaryolik futbolchi u yerga o‘tsa, biz xursand bo‘lardik. Biz qo‘limizdan kelgancha unga yordam bermoqchimiz. Hamma narsa sun’iy bo‘lmasligi kerak. Uni SSKA chaqirmoqda deb, Haydarovni o‘ynatishimiz kerak degan fikr noto‘g‘ri. Biz mashg‘ulotlarda jarayonini kuzatamiz, o‘yinlarda tahlil qilamiz. Shundan kelib chiqib, xulosa qilamiz.

— Bugun "Surxon" 6 nafar himoyachi bilan maydonda harakat qildi. Bu nimadan bog‘liq?
— Oldinroq aytdim, bugungi o‘yin eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi. Lekin, g‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bizda bir qancha futbolchilar shamollab, o‘yinda qatnasholmadi. Bu narsa ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin, e’tibor bergan bo‘lsangiz, himoyachilardan biri — Behruz Shaydulloyev teparoqda o‘ynadi. Biz "So‘g‘diyona" o‘yinini o‘rganib chiqqach, shunday taktikani tanladik. Ullarda kuchli futbolchilar bor, Doriyev va unga qarshi qanday o‘ynash kerakligi inobatga olindi. Javohir Qahramonov o‘ng qanot vinger bo‘lsa-da, o‘z pozisiyasini tez-tez o‘zgartirib turadi o‘yin davomida.

— "Surxon" so‘nggi 6ta o‘zaro uchrashuvda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib kelmoqda va bugun ham "Surxon" g‘alaba qozondi. Buning sababi nimada?
— Ko‘plar aytadi, har bir jamoada o‘zining qulay raqibi bor. Mening fikrim, "Surxon" uchun hech qanday qulay raqib yo‘q. Eng asosiysi — biz yaxshi tayyorlandik. Biz yaxshi o‘yinlar ko‘rsatishimiz kerak. Men "Surxon"da 3 yil ishlayapman va "So‘g‘diyona"ni bizning eng kuchli raqiblardan biri sifatida tan olganmiz. Ular yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda, ularning murabbiyi ham yaxshi. Ular ham biz kabi to‘p bilan yaxshi muomala qiladi.

— O‘tgan o‘yin haqida savol. O‘zbekiston Kubogida murabbiylar o‘ynash niyatini bildirmadimi yoki futbolchilarda ishtiyoq yo‘q edi?
— Ikkalasi ham emas. Murabbiylar ham, futbolchilar ham g‘alaba qozonish istagini bildirgan edilar. Biz Kubokda finalgacha borishni maqsad qilgandik. Biz bilardik: 7ta o‘yin o‘ynab, finalda o‘ynaymiz va omadimiz chopsa, sovrin yutamiz. O‘tgan yili yarim finalgacha yetib keldik va finalga bir qadam qoldi. Futbolda bo‘lib turadigan narsalardan biri sodir bo‘ldi — omadimiz kelmadi. "Lochin"ni ham o‘rganib chiqdik va yaxshi jamoa ekanligini bildik. Universitet jamoasi bo‘lgani bilan, ko‘p futbolchilari "Nasaf" akademiyasidan chiqqan. Shuningdek, Zafar Polvonov kabi tajribali futbolchilar ham bor. To‘g‘ri, biz rotasiya qildik, chunki 8 kun ichida 3 ta o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Afsuski, o‘sha o‘yinda muxlislarni ranjitdik. Ammo, biz uzoqroq bosqichlarga chiqish uchun harakat qildik.

— Keyingi turda, prinsipial raqib "Andijon"ga qarshi maydonga tushasiz. Ushbu o‘yinda "Surxon"dan nimani kutsak bo‘ladi?
— Sizga savolim: Nega "Andijon" biz uchun prinsipial raqib hisoblanadi?

— 2017 yili, Termizda har ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida mojaro bo‘lgan edi.
— Ha, esladim. Qaysi raqib bo‘lishidan qat’iy nazar, biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Futbolchilarimiz har bir o‘yinda borini beradi. Mehmonda bo‘ladimi, Termizda bo‘ladimi — biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

— Va matbuot anjumanida so‘nggi bir gapim bor edi. Bizning do‘stimiz, texnik direktorimiz Nurali Nurullayevning mazasi yo‘q, u reanimasiya bo‘limida edi. Iloji bo‘lsa, sizning orqali o‘z nomimizdan unga sog‘liq tilagan bo‘lardik. Xudoga shukr, unda yaxshi tomonga o‘zgarishlar bor. Hozir ham u shifoxonada va unga tezroq shifo topishini tilab qolamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 09:54, 17.05.2025. O'qildi: 2646 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик