Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF va OFK vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, OFK qarorgohida Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamda O‘zbekiston futzal federasiyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Osiyo Futbol Konfederasiyasining futzal va sohil futbolini rivojlantirish texnik Departamenti rahbari Takaxiro Komori, Futbol operasiyalari Departamenti Musobaqalar va futbol tadbirlari bo‘limi rahbari Raymond Bxaskaran, futzal va plyaj futbolini rivojlantirish texnik Departamenti ma’muriy xodimi Aziz Kifax, O‘FF bosh kotibi Baxodir Mamatnazarov hamda O‘FF xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Azizxodjayev ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari har ikkala tomon manfaatlariga mos strategik yo‘nalishlar hamda istiqbolli rejalar bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘FF bosh kotibi O‘zbekistonda futzalni yanada ommalashtirish, terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki hamda natijalarini yanada yaxshilash, shuningdek, ayollar futzali, sohil futboli taraqqiyoti yo‘lida tashlanayotgan yangi odimlar haqida to‘xtaldi. O‘z navbatida ichki chempionat saviaysini oshirish, klublar infratuzulmasini mustahkamlash, o‘sib kelayotgan istiqbolli yoshlarga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar, O‘FF ning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Sport vazirligi bilan mamlakat futzali taraqqiyoti yo‘lidagi doimiy hamkorligi, bunyodkorlik ishlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ushrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatda sportni, jumladan futbolni rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi mamlakat futboli tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini ta’kidlab o‘tishdi. OFKning futzal va sohil futbolini rivojlantirish texnik Departamenti Bekzod Mamatqulov boshchiligida yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi faoliyatini katta qiziqish va sinchkovlik bilan kuzatib borayotganini, mazkur turni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish va ommalashtirish borasida doimiy hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi. Bu yo‘lda qit’a futboli mutasaddilari O‘zbekiston futzal federatsiyasi bilan hamkorlikda turli darajadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, musobaqalar, seminarlar va murabbiylarni malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish borasida maslahatlashib olindi.

Jumladan, Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) va O‘zbekiston futzal federasiyasi (O‘FF) vakillari 2025 yil oktyabr oyida fitnes hamda darvozabonlar murabbiylari uchun malaka oshirish kurslarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi muhokama qilindi va ushbu tashabbusni yaqin vaqt ichida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot davomida, O‘FF vakillari O‘zbekistonning erkaklar o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo Kubogini qabul qilishga tayyorligi, bu borada tez orada rasmiy ariza taqdim etilishini ma’lum qilishdi. Konfederasiya mas’ullari bildirilgan taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilishdi.

Bundan tashqari klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasini qayta tiklash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu musobaqani 2027 yilda tashkil etish rejalashtirilayotgani va zarurat tug‘ilgan taqdirda, O‘zbekiston uni qabul qilishga tayyorligi bildirildi. OFK vakillari mazkur masala yuzasida O‘zbekistondan tashqari Eron, Yaponiya va Tailand kabi qit’aning yetakchi futzal mamlakatlari ham befarq emasligini, OFK tez orada bir to‘xtamga kelishini ta’kidlashdi.

Uchrashuv so‘ngida O‘FF bosh kotibi OFK futzal va sohil futbolini rivojlantirish texnik Departamenti rahbari Takaxiro Komoriga O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti nomidan esdalik sovg‘asini topshirdi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida OFK vakillari O‘zbekistonda futzalni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar uchun O‘FF rahbariyatiga tashakkur izhor etib, bu yo‘lda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilashdi.

Kiritildi: 18:08, 26.06.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик