Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Xorazm" sport majmuasini Superliga o‘yinlariga tayyorlash yakuniy bosqichga kirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

15 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan ""Xorazm"" futbol klubi mavsum boshidan buyon o‘z uy o‘yinlarini turli shaharlarda o‘tkazib kelmoqda. Bu vaqt ichida "Xorazm" sport majmuasini Superliga talablari asosida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi.

O‘tgan vaqt davomida Liga mutaxassislari muttasil ravishda ""Xorazm"" sport majmuasi tayyorgarligini monitoring qilib bordi. So‘nggi marta ular 31 iyul kuni majmuada bo‘lib, navbatdagi hisobotni tayyorladi. O‘rganishlar xulosasi "Xorazm" klubi va nihoyat Superliga o‘yinlarini o‘z uyida qabul qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Liga Xorazm va Nukus shaharlarida Superliga bellashuvlari sun’iy maydonda o‘tkazilishi masalasida Assosiasiya bilan birgalikda ish olib bordi. Ekologik holat mazkur mintaqalarda tabiiy chim o‘stirish va keyinchalik uni parvarish qilib borishda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi, qolaversa, bu katta xarajatni talab qilishi ehtimolini ko‘rsatdi. Shundan kelib chiqib, sun’iy qoplama FIFA standartlariga mos kelishi lozimligi hamda professional futbol uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyatini berishi shartida "Xorazm" sport majmuasiga sun’iy qoplama yotqizilishi uchun ruxsat berildi. "Xorazm" mazkur talabni bajardi. Hozirga qadar arenada qator sinov o‘yinlari o‘tkazildi va ularda ehtimoliy kamchiliklar kuzatilmadi.

Shuningdek, VAR imkoniyatlaridan kelib chiqib, Termizdagi kabi "Xorazm" sport majmuasining o‘ziga alohida VAR texnikasi sotib olindi va majmuada alohida VAR xonasi tashkil etildi. 31 iyul kuni Liga hamda “Sport ijodiy birlashmasi”ning teletranslyasiyalar uchun mas’ul mutaxassislari ham majmuada bo‘lib, Superliga o‘yinlarini efirga uzatish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorladi.

Stadion projektorlari iyul oyiga qadar ikki qayta sozlangan va yaxshilangan bo‘lsa-da, ular Superliga talabiga javob bermay kelayotgandi. Shundan kelib chiqib, may yoki iyun oylarida mazkur arenada rasmiy o‘yin o‘tkazish uchun ruxsat berilmadi. Natijada iyul oyida qo‘shimcha texnikalar jalb qilish ustida ish olib borildi. 31 iyul holatiga ko‘ra, projektorlar yorug‘ligi o‘rtacha 1 830 lyuksga yetkazildi. Ammo bu masala to‘liq yopilmagan bo‘lib, ayni vaqtda majmuaga qo‘shimcha texnika yetkazilishi davom etmoqda. Yakunda projektorlarning o‘rtacha yorug‘ligi 2 000 lyuksdan oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Xorazm" — "Qizilqum" uchrashuvi bilan Xorazm viloyatiga Superliga qaytishi masalasida kelishuvga erishildi. Unga qadar Liganing turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislari klub va stadion bilan hamkorlikda ish olib, majmuani rasmiy bellashuvga tayyorlash ishlarini davom ettiradi.

Kiritildi: 10:28, 03.08.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик