Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: "Andijon"ni guruhdan chiqish imkoniyati juda baland"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha bo‘lib o‘tgan OCHL 2 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan keyin guruhlar va raqiblar borasida turli xil fikrlar yangrashi tabiiy hol.

U yerda Osiyo futboli jamoatchiligi vakillari to‘plangan bo‘lib, Qatar futbol assosiasiyasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamyurtimiz, tajribali mutaxassis Alisher Nikimbayev ham bor edi.

Bilasiz, "Andijon"ning guruhida Qatar vakili "Al-Ahli" ham bor. Nikimbayev esa nafaqat ushbu klubni, balki boshqa jamoalarni ham yaxshi biladi.

Qolaversa, "Andijon"ni ham kuzatib keladi. Shu maqsadda klub matbuot kotibi qur’adan so‘ng Kuala-Lumpurdagi "Intercontinental" mehmonxonasida Nikimbayev bilan suhbatda bo‘ldi.

- O‘tgan yili O‘zbekiston Kubogi finalidagi g‘alaba tufayli "Andijon" OCHL 2 yo‘llanmasiga ega chiqqandi. O‘sha o‘yindan sizda qanday xotiralar qolgan?

- Rostini aytsam, o‘sha o‘yinni to‘liq ko‘rmaganman. Lekin oxirgi qo‘shimcha daqiqalarni ko‘rganman. O‘shanda kanalimda "Andijon"ni irodali g‘alaba qozonganini va menga yoqqanini yozganman. Chunki oxirigacha kurash olib borgan. Hattoki, ba’zida endi penaltilar seriyasiga o‘tamiz deyilganda "Andijon" oxirigacha kurashgan. Bunday paytda so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozasidan gol o‘tkazishi ham hech gap emas. Biroq "Andijon" qo‘rqmasdan hujumlar uyushtirgan va oxirida g‘alaba qozongan. Mana, shuning evaziga "Andijon" birinchi marta rasmiy xalqaro turnirlarda qatnashadi.

Guruhdagi raqiblar haqida gapirsak, o‘zi bu turnirda oson raqiblar yo‘q. Kimdir Turkmaniston klubini yoki Bahrayn jamoasini mensimasligi mumkin. Lekin "Arkadag"ni ham, "Al-Xaldiya"ni ham hurmat qilish kerak. Masalan, men o‘tgan yili "Al-Xaldiya"ning o‘yiniga OFK komissari sifatida borganman. Bir narsani aytishim mumkinki, "Al-Xaldiya" bilan o‘ynash oson bo‘lmaydi. Shuning uchun tayyorgarlik ko‘rish kerak. "Al-Ahli" Qatar chempionati jamoasi va men ularni yaxshiroq bilishim mumkin. Osiyo maydonlarida ishtirok etganiga ancha bo‘ldi, deyarli birinchi marta qatnashyapti, deyish mumkin. Chunki o‘shandan keyin bir nechta avlod o‘tib ketdi. Qatarda shunday klublar borki, bir yil qandaydir natijalar ko‘rsatib, keyin pastlab ketishlari ham mumkin. Menimcha, guruhdagi to‘rtta jamoa ham deyarli teng kuchga ega. O‘zingiz bilasiz, "Arkadag" o‘tgan yili ham OCHL 2 da qatnashishi kerak edi. Ammo ular o‘zlari "Chaqiriq Kubogi"da qatnashib, turnirni yutib yana OCHL 2 ga qaytishdi. Muammo shunda bo‘lishi mumkinki, guruhdagi oxirgi tur o‘yinlari dekabr oyi oxirlarida bo‘ladi. "Andijon" ungacha 2-3 hafta o‘yin amaliyotisiz qoladi. Shu haqida o‘ylash kerak. Lekin "Andijon" jamoasini guruhdan chiqishga imkoniyati juda baland. Albatta, keyingi bosqichga chiqishi kerak. Maksim Shatskix jamoasining oxirgi bir-ikki oydagi o‘yinlarini ko‘rdikki, o‘yin o‘zgaryapti. OCHL 2 ning birinchi o‘yinigacha yana bir oy bor. Jamoa ishlashda davom etsa, natijaga erishsa bo‘ladi.

- Demak, fikringizcha "B" guruhida favorit yoki autsayder yo‘q?!

- Menimcha, yo‘q. Balki kimdir "Al-Ahli" deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, ularning tarkibida Yulian Draksler kabi o‘yinchilari bor. Ammo u ham yosh emas va oldingi darajasida emas. Kimdir Turkmaniston yoki Bahrayn klublarini mensimasligi mumkin. Men uchun to‘rtta jamoa deyarli teng.

- "Andijon"ni ustun taraflaridan biri uning muxlislari va bu alohida mavzu...

- O‘tgan yili Andijonda futzal bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida bo‘lganman. O‘shanda jamoa muxlislarini o‘zim ko‘rganman. Boshqa o‘yinlarda televizorda bo‘lsa ham qanday ishqibozlik qilishini kuzatganman. Olimpiadaga borishgan. Terma jamoa bilan Abu-Dabiga borishgan. Muxlislar jamoaga qo‘shimcha kuch beradi. Umid qilamanki, fan-klub nafaqat uyidagi, balki safar uchrashuvlariga ham borishadi. Jamoa uchun qo‘shimcha kuch-quvvat va yordam bo‘lishi lozim.

Kiritildi: 16:27, 16.08.2025. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик