Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • 1:2
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • 2:2
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 4:0
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Inter
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • 2:2
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • 3:2
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Alaves
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 27 35
9 Atletik Bilbao 27 35
10 Osasuna 27 34
11 Xetafe 26 32
12 Jirona 27 31
13 Rayo Valyekano 26 30
14 Sevilya 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Juzeppe Rossi: «Bilganlaringizni kimgadir o‘rgatmasangiz, bundan nima naf?»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Nyu-York Kosmos» tilga olingani bilan Amerika futbolining eng mashhur klublaridan biriga bog‘liq ajib xotiralar uyg‘onadi katta yoshli muxlislarda. O‘tgan asrning 70-yillari oxirida Pele va Frans Bekkenbauer, yangi asrning ikkinchi dekadasida esa «Real» afsonasi Raul kabi jahon futboli namoyondalarini o‘z tarkibiga olgan jamoa qayta qo‘zg‘almoqda, yana katta maydon sari talpinmoqda. Aniqroq aytsak, «Kosmos» kelasi yili USL League One (Amerika futbol piramidasining uchinchi darajali divizioni)da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, bugungi kunda mazkur jamoaga  Nyu-Jersi shtatida tug‘ilib-ulg‘aygan, futbolchilik faoliyatida  «MYU», «Vilyarreal» va «Fiorentina»da nur sochgan Juzeppe Rossi rahbarlik qilmoqda. Italiya milliy termasining  sobiq yetakchisi shu orqali Kliftondagi futbol maktabida uzoq vaqt murabbiy va o‘qituvchi sifatida ishlash asnosida yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shgan otasining izidan bormoqda.

— Juzeppe, aytingchi, «Nyu-York Kosmos» loyihasi sizni nimasi bilan qiziqtirdi?

— O‘ylaymanki, futbolchilikdan keyin men uchun eng zo‘r yumush shu. Chunonchi, har doim o‘z tajribamni kimlargadir o‘tkazishni o‘ylaganman. Umuman, ancha oldin vaqti kelib, o‘z hududimdagi bolalar bilan ishlashni rejalashtirgandim. Binobarin, eng yaxshi futbolchilar bilan yuqori saviyada o‘ynash hamda eng kuchli murabbiylar qo‘l ostida to‘p surish ortidan katta bilim va tajriba to‘planadi. Agar bilganlaringizni yangi avlod va o‘sib kelayotgan iste’dodlarga ulashmasangiz, boy tajribangizdan nima naf? Yangi ish joyimda ko‘ryapmanki, aslida bolalar uchun rivojlanish dasturini ishlab chiqish, har bir iqtidor o‘zini jamoaning bir qismidek his qilishi, xuddi oiladagi kabi erkin fikr bildirishi imkonini beradigan muhit yaratish juda qiyin ekan.

— Salohiyatli jamoa tuzishda asosan nimalarga e’tibor qaratyapsiz?

— Dastlabki vazifam — futbolga umumiy qarashlarimni to‘liq tushunadigan murabbiylarni jalb etish. Zero, atrofimda men bilan bir xil fikr va g‘oyalarga ega mutaxassislar ishlashlari juda muhim. Oddiy aytganda, jamoada yakdil aqidaga ega oila muhitini yaratmoqchiman. Shunda klubga aloqador barcha insonlar ishga kelgach, o‘zlarini yaxshi his qilishadi va bu samaradorlik oshishiga xizmat qiladi.

— Yangi lavozimda ish boshlashdan oldin sobiq jamoadoshlaringiz yoki shu sohada tajriba to‘plagan tanishlaringiz bilan maslahatlashdingizmi?

— To‘g‘risi, hech kimdan fikr so‘raganim yo‘q. Chunki hozirgi ish joyimda uzoq yillik faoliyatim orqali to‘plagan tajribamga o‘zimdan yana nimalarnidir qo‘sha olishimga ishonaman. Aksincha, futbol olamidan tashqarida, boshqa sport mutaxassislari qanday jamoa qurishlari haqida ma’lumot izlayapman. O‘ylashimcha, boshqa sohada muvaffaqiyat qozonganlardan ham ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Masalan, MFL afsonaviy murabbiyi Bill Belichik ishtirokidagi suhbatlar yozuvini ko‘p tomosha qilaman. U ko‘pincha barqaror jamoani qanday tashkillash yuzasidan teran fikr bildiradi. Shuningdek, dunyodagi eng yaxshi moliyachilardan biri — milliarder Rey Dalioning ish fao­liyatini o‘rganish asnosida ham muvaffaqiyatli jamoaga asos solish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilib oldim. Qisqasi, turli sohada katta yutuqlarga erishgan odamlar bilan muloqot o‘rnatish, ularning fikrlarini eshitib, umumiy hulosa chiqarish kishi salohiyatini oshiradi.

— Futbol va Nyu-Jersi, bunda xayolingizga nimalar keladi?

— Iste’dod... Ko‘ryapmanki, bu yerda istiqbolli yoshlar ko‘p. «Kosmos»da amalga oshirilayotgan islohotlar tez orada samara berishiga shubham yo‘q. Hozir professionallik sari intilyapmiz, bu orqali yoshlar uchun orzu-maqsadlarga erishish yo‘lini yaratamiz. Asosiy vazifa — iste’dodlarga USL kabi katta platformada o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatini berish.

— Nyu-Jersi Klublar o‘rtasidagi JCH final o‘yinini qabul qildi. Kelasi yili esa shahar o‘z bag‘rini milliy jamoalar ishtirokidagi mundial bahslariga ochadi. Aytingchi, 12 oy ichida 2ta yirik turnirning hududda mehmon bo‘lishi hayajonga solyaptimi?

— Bo‘lmasamchi? Klublar o‘rtasidagi JCH kelasi yil taqvimiga kiritilgan katta futbol shousining bir qismi bo‘ldi. Bir oy futbol bilan yashadik. Tabiiyki, terma jamoalar ishtirokidagi jahon chempionati vaqti ham Nyu-Jersiga katta yulduzlar tashrif buyurishadi.

 — Yirik o‘yinlarning Nyu-York va Nyu-Jersida o‘tkazilishi «Kosmos»ni ma’lum darajada targ‘ib etishda juda qo‘l keladi, to‘g‘rimi?

— Albatta, bu biz uchun ideal imkoniyat hamda mukammal vaqt! Deylik, JCH-2026 chog‘i ham USL mavsumi davom etadi. Demak, xorijlik skautlar e’tiborini jalb etish imkoniyati yo‘q emas. Hozirda klubimizning marketing guruhi faol ish yuritmoqda. Qisqasi, mundialdan so‘ng jamoamizga nisbatan qiziqish yanada kuchayishidan umidvormiz.

— Nyu-Jersi shimolida xuddi otangiz kabi bolalarni futbolga yo‘naltirish siz uchun nimani anglatadi?

— Bilasizmi, har doim onamga otamning eng yaxshi fazilatlarini imkon qadar o‘zimda mujassam etish, unga o‘xshashga intilishimni aytaman. Afsuski, otam oramizda yo‘q. Endi men uchun eng muhimi — Shimoliy Jersi va shahar atrofida yashayotgan yoshlarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatish asnosida uning ishini davom ettirish.

— Jennaro Gattuzo Italiya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga olganidan xabardorsiz, albatta. Sizning­cha, u jahon chempionati oldidan «skuadra adzurra»ga nima bera oladi?

— Gap futbolchilik davrida aql bovar qilmas ishtiyoqi va haqiqiy jangchiga xos xususiyatlari bilan jamoaga katta energiya bag‘ishlagan futbolchi haqida ketyapti. Ochig‘i, Gattuzoning Italiya termasida ish boshlaganidan g‘oyat xursandman. O‘ylaymanki, u o‘z fe’l-atvori va ishtiyoqi bilan futbolchilarni ruhlantirib, «moviy gvardiya»ni yana katta muvaffaqiyatlar sari undaydi. Umuman, Jennaro chinakam yetakchi, shunday ekan, u terma jamoaga eng munosib va ideal mutaxassis hisoblanadi. Qolaversa, katta musobaqalar oldidan terma boshqaruvida taktik emas, balki hissiy jihatdan yetakchilik qiladigan murabbiy ishlashi ma’qul.

— So‘nggi yillar «A» seriyada Kristian Pulishich va Ueston Makkenni kabi amerikaliklar to‘p surishdi-surishmoqda. Sizningcha, ularni Italiya futboli iqtidorlaridan nima ajratib turadi?

— Avvalo, amerikalik futbolchilarni «A» seriyadek katta ligada ko‘rish yoqimli. Pulishich Italiya chempionatida ketma-ket ikki mavsum yomon tassurot qoldirmadi. Lekin superyulduz maqomiga erishish uchun yanada intilishi va ko‘proq ishlashi kerak. Afsuski, Kristianda kuchli ishtiyoqni ko‘rmayapman. Lekin umid qilamanki, u o‘z qarashlarini o‘zgartirib, «Milan» yetakchilari safiga qo‘shiladi. Makkenni esa o‘yin amaliyoti kamligi ortidan «Yuventus» murabbiylari bilan ziddiyatga bordi, ma’lum muammolarga duch keldi. Oqibatda o‘yinida pasayish kuzatildi. Menimcha, Uestonga ishonch bildirilsa, u nimalarga qodirligini isbotlay oladi.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 17:13, 01.09.2025. O'qildi: 408 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.