Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • 3:0
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • 0:2
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:30
      •   Paxtakor
      • 0:1
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
  • ECHL
      • 10.03.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Liverpul
      • 11.03.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bavariya
      • 11.03.2026 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Tottenhem
      • 11.03.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 11.03.2026 22:45
      • Bayer
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Franko Mastantuono: "Real"da ertagayoq sovrin yutishni xohlayman"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

Argentinaning «River Pleyt» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Franko Mastantuono professional futbolda debyut qilganiga unchalik ko‘p bo‘lmadi (2024 yil 28 yanvar). Biroq u qisqa fursatlarda «Barselona» va «Real Madrid» kabi jahonning grand jamoalari e’tiboriga tushishga erishdi hamda joriy yil 13 iyun kuni «qirollik klubi» bilan 6 yillik bitim imzoladi. Aytish kerak, futbolchi o‘zining tanishtiruv marosimida jurnalistlar bilan ham muloqot qildi va jahonning eng kuchli futbolchisi kim deya berilgan savolga «Messi» deb javob qaytardi. Quyida ana o‘sha suhbatning to‘liq mazmuni bilan tanishasiz.

Hissiyotlar haqida:

- «Real» bilan rasmiy bitim imzolagan paytim hamon «River Pleyt»da o‘ynayotganim bois o‘y-xayollarim faqatgina shu jamoa manfaatlari bilan band edi. Madridga ko‘chib o‘tgach esa o‘zimni dunyodagi eng baxtiyor futbolchilar qatorida his qildim. Zero, bolaligimdanoq mana shunday buyuk klubda o‘ynashni orzu qilganman, biroq buning amalga oshishini ko‘rish, ayniqsa 18 yoshga to‘lgan kunim «Madrid» futbolchisi sifatida tanishtirilishimni xayolimga ham keltirmagandim. Albatta, bu aql bovar qilmaydigan xursandchilik. Shu bilan birga meni bu yerda iliq kutib olgan muxlislar ham alohida e’tirofga loyiq.

O‘yin uslubi haqida:

- Men aslida chap qanot hujumkor yarim himoyachisiman va shu nuqtada o‘zimni ancha erkin his qilaman... Biroq birinchi navbatda murabbiylar fikriga quloq tutaman va maydonga tushganimda ularning ko‘rsatmalarni sidqidildan, mukammal bajarishga harakat qilaman. Aslini olganda o‘yinim haqida gapirishni unchalik yoqtirmayman, bunga boshqalar baho bergani to‘g‘riroq bo‘lardi. Maqsadim - har qanday holatda ham jamoaga yordam berish va madridliklarni xursand qilish uchun qo‘limdan kelganini qilish.

«River Pleyt»dan ketish haqida:

- Futbolchi sifatidagi birinchi orzuim Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoasi hisoblangan «River Pleyt»da o‘ynash edi va bunga erishdim. Galdagi maqsad - Yevropaning qudratli klublaridan biriga o‘tish hamda yuqori marralarni zabt etishga qaratilgandi. Ayniqsa, futbol olami va «Real»ning muvaffaqiyatlariga juda katta hissa qo‘shgan afsonaviy Di Stefanoning izidan borib, «River»dan dunyoning eng kuchli klubiga o‘tishni qattiq xohlagandim. Qolaversa, Xabi Alonsoning men bilan bog‘lanib, o‘z jamoa­sida ko‘rishni istayotganini aytishi ishtiyoqimni ikki hissa oshirdi. O‘ylashimcha, yangi chaqiriqlarga tayyorlanayotgan har qanday futbolchi uchun bosh murabbiy ishonchini his qilishi juda muhim.

«Madrid»dagi argentinaliklar va dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida:

- Shubhasiz, hozirgi zamon futbolida Messi «Barselona» va uning muxlislari hayotida juda katta ahamiyatga ega. Lekin Ispaniya futbolida yorqin iz qoldirgan argentinalik boshqa nomdor futbol kishilari ham borki, ularni mutlaqo safdan chiqarib bo‘lmaydi. Ayniqsa, «Madrid»dagi argentinaliklarning taraqqiyotini ko‘rish ajoyib. Bunga Di Mariya, Iguain va boshqalarni misol qilib keltirishim mumkin. Ha, men uchun dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi - bu Messi. Men argentinalikman va uni jahonning eng yaxshi futbolchisi deb o‘ylayman. Umid qilamanki, men ham bu mamlakatda vatandoshlarim erishgan natijalarni qo‘lga kirita olaman. Birinchi nav­batda esa madridlik muxlislarni maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinimdan zavq olishlarini istayman.

Tug‘ilgan kunida imzolangan shartnoma haqida:

- To‘g‘risi, qachondir tug‘ilgan kunimni «Madrid»dek buyuk jamoa libosini ilk bor kiygan holda nishonlash hayolimga ham kelmagandi. Nav­qiron yoshimdayoq bolalikdagi orzularimni amalga oshirish imkonini bergan klub rahbariyatidan, hamisha minnatdorman. Qolaversa, meni ko‘p yillik qadrdonlarday iliq kutib olgan, o‘zimni xuddi uydagiday his qilishim uchun yordamini ayamagan jamoadoshlarimga ham alohida rahmat aytaman. Ular bilan chin ma’noda faxrlanaman.

Kelasi yilgi jahon chempionati haqida:

- Albatta, eng katta orzu va maqsadimlarimdan biri - jahon chempionatida ishtirok etish hamda g‘olib bo‘lish. To‘g‘ri, Argentina bu galgi mundialga amaldagi chempion sifatida boradi. Ammo ushbu titulni o‘zimizda saqlab qolish nihoyatda qiyin bo‘lishi tabiiy. Zero, tarixda ilk bor 48ta terma jamoa ishtirok etadigan turnirda muvaffaqiyat qozonish juda katta raqobat, mehnat va intilish talab etadi. Umid qilamizki, biz bu vazifani uddalaymiz. Biroq, bu musobaqagacha hali biroz vaqt bor, hozirgi o‘y-xayolim esa faqat «Real Madrid» muvaffaqiyatlariga qaratilgan. Men bu jamoada ertagayoq sovrin yutishni xohlayman.

Tashqi omillar tasiri haqida:

- Telefonimga ko‘p qaramaslikka harakat qilaman. Yaxshiyamki, yaqinlarimning aksariyati yonimda va ular bilan vaqt o‘tkazaman. Albatta, ko‘plab sobiq jamoadoshlarim hamda terma jamoa a’zolari bilan tez-tez gaplashib o‘yinimni muhokama qilib turamiz. Lekin chetdan bo‘ladigan ortiqcha ta’rif va e’tiroflarga e’tibor qaratmayman. Chunki endigina 18 yoshdaman va hali oldinda qiladigan ishlar ko‘p.

Boshqa klublardan bo‘lgan qiziqishlar haqida:

- To‘g‘ri, so‘nggi bir yil ichida menga ko‘plab jamoalar qiziqish bildirishdi va qator takliflar berildi. Ular orasida «Barselona» va «PSJ» kabi grand klublar ham bor edi. Muzokaralar jarayonida esa, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bilan gaplashish baxtiga ham muyassar bo‘lganimdan xursandman. Juda samimiy hamda ochiq kechgan suhbat chog‘ida uning nechog‘lik salohiyatli mutaxassis ekanligi yaqqol sezilib turdi. Lekin yuragim kun sayin Madrid tomon talpinayotgani bois, barcha taklif bildirganlarga e’tibor uchun rahmat aytgan holda «Real»ni tanladim.

Yevropa futboli haqida:

- Ispaniya chempionatida to‘pga egalik qilish va taktik futbolga alohida e’tibor qaratiladi. Yevropa futbolidagi eng qiyin narsa esa - bu temp. Umid qilamanki, bunga har tomonlama tayyorman va jamoaga yordam berish uchun bor kuch-salohiyatimni ishga solaman. Bir so‘z bilan aytganda, maydonda zimmamga qanday vazifa yuklatilsa, shuni sidqidildan bajarishga, murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga va imkon qadar yaxshi o‘yin namoyi etishga harakat qilaman.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:55, 07.09.2025. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.