"Manchester Yunayted" joriy mavsum boshida ko‘plab golli vaziyatlarni golga aylantira olmadi.
“Qizil iblislar” 3 turdan keyin 4 ochko bilan APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Shu bilan birga, WhoScored ma’lumotlariga ko‘ra, Ruben Amorim jamoasi urilgan gollar va kutilgan golli vaziyatlar o‘rtasidagi eng yomon farqga ega - minus 5 (7 xG bilan 2 ta gol urilgan).
Shuningdek, top-5 ligada realizasiya koeffisiyenti eng past bo‘lgan uchta jamoa orasida Fransiyaning "Lans" (-3,1) va Germaniyaning "Borussiya Myonxengladbax" (-3) klublari ham bor edi. “Liverpul” o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, kutilganidan 4,3 ta ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘ldi.