"Fenerbaxche" prezidenti Ali Koch bosh murabbiylik uchun Luchano Spaletti klubning birinchi tanlovi bo‘lganini tan oldi.
"Sariq kanareykalar" Joze Mourinyo ishdan bo‘shatilganidan keyin hamon yangi murabbiy qidirmoqda.
Yaqinda mashhur italiyalik Luchano Spaletti bu ishdan bosh tortdi. "Spalletti bizning birinchi tanlovimiz bo‘ldi, ammo u bu mavsumda ishga qaytmaslikka qaror qildi.
Biz Yevropa tajribasiga ega xorijlik mutaxassisni tayinlash maqsadga muvofiq bo‘lardi, deb hisoblaymiz.
Chunki jamoamizda ko‘plab xorijlik futbolchilar bor. Biz bir nechta nomzodlar bilan aloqadamiz va tez orada yangi murabbiy nomini e’lon qilamiz", - deya Kochning so‘zlarini keltiradi Football Italia.