Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun «Oltin to‘p» sohibining nomi ma’lum bo‘ladi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Yangiliklar
A A A

2024/25 yil mavsumi yakunlari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi futbolchiga “Oltin to‘p” mukofoti topshirish marosimi dushanba kuni Parijdagi Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi. Tantanali marosim boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23:00 da belgilangan.

Ikkinchi marta “Oltin to‘p” mukofoti Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 2010–2015 yillarda bu sovrin France Football jurnali va Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) bilan birgalikda topshirilgan edi. 2016 yildan esa ikki alohida mukofot berila boshlandi: biri France Football talqinida, ikkinchisi FIFA versiyasi bo‘yicha. FIFA sovrini 1991–2009 yillarda ham mavjud bo‘lgan. O‘tgan yili “Oltin to‘p”ga Angliyaning “Manchester Siti” klubida to‘p surgan ispaniyalik yarim himoyachi Rodri sazovor bo‘lgan edi.

“Oltin to‘p” sovrini eng yaxshi futbolchi va futbolchi qizga ularning shaxsiy ko‘rsatkichlari, jamoaviy yutuqlari hamda halol o‘yini (fair play) asosida beriladi. Xalqaro hakamlar hay’ati FIFAning so‘nggi reytingida yuqori 100 mamlakatdan (erkaklar) va yuqori 50 mamlakatdan (ayollar) maxsus sport jurnalistlaridan iborat bo‘ladi. Har bir hakam 30 nomzoddan 10 nafariga ovoz beradi va o‘yinchilar ball tizimi bo‘yicha joylashtiriladi. Agar bir nechta futbolchida balllar teng chiqsa, birinchi o‘rin ovozlari ko‘proq bo‘lgan futbolchi g‘olib deb topiladi.

Erkaklar orasidagi nomzodlar ro‘yxatiga angliyalik Jud Bellingem, fransuz Kilian Mbappe, braziliyalik Vinisius Junior (“Real”), fransuzlar Usmon Dembele va Dezire Due, marokashlik Ashraf Hakimiy, gurji Xvicha Kvarasxeliya, portugaliyaliklar Nunu Mendesh, Vitinya va Joau Nevesh, ispaniyalik Fabian Ruis (barchasi – “Pari Sen-Jermen”), angliyalik Harri Keyn, fransuz Maykl Olise (ikkalasi – “Bavariya”), polyak Robert Levandovskiy, ispaniyaliklar Pedri va Lamin Yamal, braziliyalik Rafinya (barchasi – “Barselona”), nemis Florian Virs, argentinalik Aleksis Mak Allister, misrlik Muhammad Saloh, niderlandiyalik Virjil van Deyk (barchasi – “Liverpul”), niderlandiyalik Denzel Dyumfris, argentinalik Lautaro Martines (ikkalasi – “Inter”), gvineyalik Seru Girassi (“Borussiya” Dortmund), shved Viktor Dyokeresh, angliyalik Deklan Rays (ikkalasi – “Arsenal”), angliyalik Koul Palmer (“Chelsi”), norvegiyalik Erling Holand, italiyalik Janluidji Donnarumma (ikkalasi – “Manchester Siti”), shotlandiyalik Skott Maktominey (“Napoli”) kiritilgan.

Boshqa nominasiyalar

2018 yildan beri tashkilotchilar boshqa nominasiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshiradi. Shundan beri ayol futbolchilar ham “Oltin to‘p” uchun kurashadi. O‘tgan yili bu sovrin “Barselona” a’zosi ispaniyalik Aytana Bonmatiga berilgan. U va Aleksiya Putellas ikki marotaba g‘olib bo‘lgan. Bu safar ham ikkalasi nomzodlar qatorida.

Eng yaxshi darvozabon sovrini Moskva “Dinamo” va SSSR terma jamoasining afsonaviy posboni Lev Yashin sharafiga atalgan. Yashin hozirgacha “Oltin to‘p” olgan yagona darvozabon sifatida tarixda qolgan. O‘tgan yili bu sovrin ikkinchi marta ingliz klubi “Aston Villa”da to‘p suradigan argentinalik Emiliano Martinesga berilgan. U bu yil ham nomzodlar qatorida – Donnarumma, “Liverpul”dan braziliyalik Alisson, “Al-Hilol”dan marokashlik Yassin Bunu, PSJdan fransuz Lyuka ShevalYE, “Real”dan belgiyalik Tibo Kurtua, “Atletiko”dan sloveniyalik Yan Oblak, “Arsenal”dan ispaniyalik David Rayya, “Nottingem Forest”dan belgiyalik Mats Sels va “Inter”dan shveysariyalik Yann Zommer kiritilgan. Bu yil birinchi marta ayollar futbolida ham darvozabonlar alohida mukofotlanadi.

Shuningdek, 21 yoshgacha eng yaxshi futbolchi va futbolchi qiz uchun Raymon Kopa trofeyi, erkaklar va ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy uchun Yoxan Kroyff sovrini, eng yaxshi klublar, mavsumning eng yaxshi to‘purari, shuningdek, maydondan tashqari ijtimoiy faoliyat uchun Sokrates mukofoti egalarining nomi e’lon qilinadi.

“Oltin to‘p” France Football jurnali bosh muharriri Gabriel Ano tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Birinchi marta 1956 yilda ingliz klubi “Blekpul” hujumchisi Stenli Mettyuzga topshirilgan. O‘shanda g‘olibni sport jurnalistlari aniqlar edi. Avvaliga sovringa faqat yevropalik futbolchilar da’vogar bo‘lgan, 1995 yildan boshlab esa har qanday milliylikka mansub futbolchi unga nomzod bo‘lishi mumkin, shart – u Yevropa klubida o‘ynashi kerak. 2007 yildan boshlab esa trofeyga dunyoning istalgan klubi futbolchisi da’vogarlik qila oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:15, 22.09.2025. O'qildi: 5310 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик