Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik qishki transferlar davrida o‘yin amaliyoti uchun ketishga tayyor.
19 yoshli futbolchi joriy mavsumda biror marta maydonga tushmadi. Braziliyalik futbolchi agar zaxira o‘yinchisiga aylansa, bo‘lajak jahon chempionatida terma jamoa qaydnomasiga kira olmasligini tushunadi, shuning uchun u yanvar oyida vaziyatni o‘zgartirmoqchi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, hujumchi A Seriyaning hozircha nomi oshkor etilmagan ikki klubiga taklif qilingan.
Endrikning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 35 mln yevroga baholanmoqda.