Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:0
      • Levante
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 29.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Xorazm
      • 29.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 29.04.2026 20:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • 3:2
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 3:3
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 9 12
9 Qizilqum 9 12
10 Xorazm 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Andijon - Dinamo
28/04/26 So‘g‘diyona - Surxon
28/04/26 Paxtakor - Nasaf
29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: «Bosh sovrin — kubokni Buxoroga olib kelish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Buxoro» – «So‘g‘diyona» (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— O‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Mavsum oxirlariga kelib har bir uchrashuv shunaqa murakkab o‘tyapti. Hammaga ochko kerak, shu bois hech kimga oson bo‘mayapti. Bizning holatda esa oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. Barchasidan qoniqdim deya olmayman, lekin o‘yinga borini berish va xarakter tomondan o‘zimizni ko‘rsata oldik. Birinchi taymni juda yaxshi o‘tkazdik. Tanaffusdan keyin esa doimgidek hisobni saqlab qolish niyatida o‘ynayapmiz. Hattoki ustunlikni raqibga topshirgan paytimiz ham bo‘ldi. Dastlabki 15 daqiqa ichida ikkita gol urib olganimiz jamoamiz foydasiga ishladi.

— Bugun Izzatillo Po‘latovning ikkita gol urishi mashg‘ulotlarda ishlangan taktika natijasimi? Chunki o‘ng qanot himoyachisi bo‘la turib ikki bor to‘p kiritdi.
— Bu alohida taktika mevasi emas, balki Izzatilloga vaziyat bo‘ldi deguncha yuqoriroq o‘tib o‘ynashi mumkinligini aytganimizda. U hujumlarga faol qo‘shildi va ikkita to‘p kiritdi hamda o‘ziga berilgan imkoniyatdan yaxshi foydalandi.

— Jamoangiz nega faqat bir taym futbol o‘ynayapti?
— Berkitadigan narsamiz yo‘q, bizdagi intensivlik faqat bir bo‘limga yetyapti xolos. Buni o‘yin oxirigacha saqlab qola olmayapmiz. Mutaxassislar ham buni ko‘rib turibdi. O‘yinlar grafigi juda tig‘iz ko‘rinish olgan, qolaversa zaxira o‘rindig‘imiz ham tor. Lekin har bir vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilyapmiz.

— Kubok finalidan oldin «Paxtakor»ni o‘rganish qanday ketayapti? Bugun «Paxtakor» safarda «Xorazm» bilan o‘ynadi. «Buxoro»dan kimdir raqibni kuzatish maqsadida shu uchrashuvga bordimi?
— Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun «Paxtakor» ikkinchi tarkibi bilan Xorazmda o‘ynagan va yetakchi o‘yinchilarini olib bormagan. Har holda menda shunaqa ma’lumot bor.

— «Buxoro» jamoasidan raqibni kuzatish uchun kimdir bordimi?
— Nima uchun?

— Raqibni o‘rganish uchun.
— Biz 21-asrda yashayapmiz. Raqibni o‘rganish uchun stadionga borish shart emas. Buning ustiga biz superklub emasmiz, birortani yubora oladigan. O‘zimizda muammolar ko‘p va shu yerda qolib shularni hal qilyapmiz. To‘g‘risi, hech kimni yubormadik.

— Jamoaning asosiy kuchi finalga asrab qo‘yildimi?
— Bu haqida nima deyishim mumkin? Biz o‘yin tanlamaymiz. Men futbolchilarga “bugun kam kuch bilan harakat qilinglar, ertaga yana muhim o‘yin bor” deb ayta olmayman. Futbolda bunaqasi ketmaydi. Har bir bahs biz uchun final, har bir o‘yinda bor kuch bilan harakat qilamiz. Men sehrgar emasman va finalda nima bo‘lishini bilmayman.

— Final oldidan muxlislarga nima degan bo‘lardingiz?
— Shuni aytishim mumkin, bizga ishqibozlarimizning qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda zarur bo‘ladi. Chunki biz ham o‘z navbatida muxlislar uchun o‘ynaymiz. Bosh sovrin — kubokni Buxoroga olib kelish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz.

Manba: https://t.me/bukharapfc
Kiritildi: 11:23, 24.10.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Бухоро Sherzod Esanov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
9 Нефтчи Alisher Odilov 3
10 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик