Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“O‘zbekiston kamida har ikki yilda FIDE bayrog‘i ostidagi musobaqalarni o‘tkazishi kerak” — FIDE prezidenti

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilgan nufuzli Tata Steel Chess-2026 xalqaro turnirida O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 13 tur yakuniga ko‘ra 9 ochko jamg‘arib, yakka peshqadam sifatida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida Abdusattorov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha, chexiyalik Nguyen Tai Dai Van, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, germaniyalik Vinsent Keymer va Matias Bluebaum kabi kuchli grossmeysterlarni mag‘lub etib, barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Musobaqada yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — Javohir Sindorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 13 imkoniyatdan 8,5 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Sindorov turnir davomida 4 g‘alaba va 9 durang qayd etdi.

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha” dasturiga bergan intervyusida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning muvaffaqiyatini yuksak baholadi.

Dvorkovichning ta’kidlashicha, Veyk-an-Zee turniri dunyo shaxmatining ustunlaridan biri va bu musobaqada hamma chempion bo‘lishni orzu qiladi:

“Nodirbek ajoyib g‘alabaga erishdi. U avvalgi turnirda sovrindor bo‘lgan edi. Bu safar esa katta zahira bilan barcha jihatlar bo‘yicha yetakchi sifatida g‘olib bo‘ldi va nomzodlar turniri yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi. Bu tahsinga sazovor natija. Veyk-an-Zee turniri dunyo shaxmatining ustunlaridan biri va bu musobaqada hamma chempion bo‘lishni orzu qiladi”.

FIDE rahbari O‘zbekistonda shaxmatning tizimli rivojlanayotgani alohida e’tirofga loyiq ekanini qayd etib, O‘zbekiston shaxmat akademiyasini dunyodagi eng ilg‘or institutlardan biri sifatida baholab, FIDE mamlakat tajribasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilayotganini ta’kidladi:

“Davlat rahbarining bevosita qo‘llab-quvvatlovisiz bunday natijalarga erishish deyarli imkonsiz. Bugun o‘zbek shaxmatchilarining muvaffaqiyati barqaror tendensiyaga aylandi. Mamlakatda grossmeysterlarning oltin avlodi shakllandi. O‘zbekiston shaxmat akademiyasi dunyoda eng zo‘r shaxmat institutlaridan biri. Uning tarbiyalanuvchilari jahon shaxmat elitasining vakillari sanaladi. Mamlakatda murabbiy va mutaxassislardan tortib, ishbilarmonlar ham shaxmat uchun jon kuydiradi va sportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. FIDE bugun shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini butun dunyoga targ‘ib qilmoqda”.

2026 yilda O‘zbekiston 46-bor tashkil etilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasifa mezbonlik qiladi. Dvorkovichning fikricha, O‘zbekiston yirik turnirlarni muntazam qabul qilish salohiyatiga ega:

“Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turuvchi eng nufuzli musobaqalardan biri. Tabiiyki, bunday musobaqani o‘tkazish mezbon davlat uchun ham, FIDE uchun ham juda katta chaqiruv. Biz o‘zbekistonlik hamkasblar bilan bir jamoa bo‘lib harakat qilyapmiz. Fikrimcha, O‘zbekiston kamida har ikki yilda FIDE bayrog‘i ostidagi musobaqalarni o‘tkazishi kerak. Bizda nomzodlar bo‘lsa-da, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi, salohiyati va infratuzilmaviy imkoniyati juda yuqori. O‘zbekiston bunday global turnirlarning mezboni bo‘lishga munosib mamlakat. Har bir harakat uning mintaqadagi, Osiyo va jahondagi mavqeyini oshiradi”.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, 2004 yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi Rustam Qosimjonov Tata Steel turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokni yil boshidagi muhim natija sifatida baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxmatchilarni jismoniy jihatdan ham tayyorlash muhim ahamiyatga ega:

“Inson shaxmat bilan shug‘ullansa, tanasi va miyasi charchaydi. Shu sababli uni ‘qayta yoqish’ uchun boshqa sport turi bilan shug‘ullanish kerak. Nodirbek futbolni ham juda yaxshi o‘ynaydi. Nufuzli turnirda g‘alaba qozonib qaytdi, endi bu yerda ham gollar urmoqda”.

Qosimjonov O‘zbekistonda raqobat muhiti sezilarli darajada oshganini ta’kidladi:

“2004 yilda Jahon kubogida g‘olib bo‘lganimda, O‘zbekistonda raqobat unchalik kuchli emas edi. Hozir esa ko‘p narsa o‘zgardi. Bu bizni faqat quvontiradi”.

O‘zbekiton shaxmat terma jamoasi bosh murabbiyi 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida jamoa oldida turgan vazifa haqida fikr bildirdi.

“Bu yil musobaqalar juda ko‘p, yigitlar xalqaro turnirlarda ishtirok etishadi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar deyarli barcha turnirlarda g‘alaba qozongan — Jahon kubogi, Olimpiada, biroq O‘zbekistonda hali Olimpiada o‘tkazilmagan edi. Bizning oldimizda shu musobaqada g‘alaba qozonish vazifasi turibdi. Bu biz uchun juda katta bayram. Buni yigitlar ham his qilib turibdi”.

Nodirbek Abdusattorovning otasi Fazliddin Ochilov ham farzandining muvaffaqiyati haqida fikr bildirib, bu natija uzoq yillik mehnat samarasi ekanini ta’kidladi:

“Farzandning yutug‘i ota-ona uchun katta baxt. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q — katta mehnat va mashaqqat natijasi”.

U davlat miqyosidagi qo‘llab-quvvatlash shaxmat rivojida muhim rol o‘ynayotganini qayd etdi:

“Chekka tumanlarda ham shaxmat to‘garaklari tashkil etildi, maktab dasturlariga kiritildi. Bu yangi Nodirbeklar, Javohirlar va Shamsiddinlarning yetishib chiqishiga turtki bo‘ladi”.

Ochilovning ma’lum qilishicha, Abdusattorovni yaqin kunlarda Germaniyaning Vayzenhaus shahrida o‘tkaziladigan Fisher shaxmati (fristayl shaxmat) bo‘yicha jahon chempionati kutmoqda. Unda dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi qatorida O‘zbekistondan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Abdusattorov avvalgi yillarda ham Tata Steel Chess turnirida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan: 2023 yilda ikkinchi, 2024 va 2025 yillarda esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalangandi. 2026 yilda esa uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:15, 09.02.2026. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик