Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel, aftidan, 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan kadrlar siyosatida kutilmagan burilish yasashga tayyorlanmoqda. Britaniya manbalarining xabariga ko‘ra, yarim himoyachi Jud Bellingem hozircha milliy terma jamoaning uzoq muddatli loyihasidagi asosiy figuralar qatoriga kirmayapti.
Xabar qilinishicha, murabbiylar shtabida futbolchining kelajakdagi o‘yin modelidagi roli borasida shubhalar paydo bo‘lgan. O‘z avlodining eng yorqin futbolchilaridan biri maqomiga ega bo‘lishi va terma jamoaga muntazam chaqirilishiga qaramay, uning istiqbolli tarkibdagi o‘rni endi daxlsiz bo‘lib ko‘rinmayapti.
Vaziyatni «Real Madrid» xavbekining ayni damdagi jismoniy holati ham murakkablashtirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni taxminan ikki oyga cho‘zilishi mumkin, shu sababli uning maydonga qaytishi aprel oyiga yaqin kutilmoqda. Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.