Italiya A Seriyasining 25-turidan o‘rin olgan bahsda "Fiorentina" safarda "Komo" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
26-daqiqada florensiyaliklar yarim himoyachisi Nikolo Fadjoli hisobni ochdi. 54-daqiqada esa Moyze Kin penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarning ustunligini ikkitaga oshirdi.
77-daqiqada Fabiano Parizining avtogoli tufayli maydon egalari bitta javob to‘pini kiritishdi. Bundan yetti daqiqa avval "Fiorentina"ni boshqarayotgan Paolo Vanoli maydondan chetlatilgan edi.
89-daqiqada "Komo" hujumchisi Alvaro Morata ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
"Komo" (41 ochko) A Seriyada oltinchi o‘rinda qolmoqda. Sesk Fabregas jamoasi so‘nggi 11 o‘yindagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
"Fiorentina" (21 ochko) esa uchta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi va turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
Italiya A Seriyasi, 25-tur
14 fevral, 19:00. «Juzeppe Sinigalya» stadioni.
«Komo» — «Fiorentina» — 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Fadjoli, 0:2 – 54 Kin (penalti), 1:2 – 77 Parizi (avtogol).
«Komo»: Byute, Kempf, Ramon, Valye (Moreno, 46), Voyvoda (Kakere, 72), Perrone (Morata, 57), Da Kunya, Pas, Baturina, Kyun (Rodriges, 46), Duvikas (Adday, 57).
«Fiorentina»: de Xea, Pongrachich, Ranyeri, Parizi, Dodo, Fadjoli (Ndur, 84), Breshanini, Mandragora, Solomon, Xarrison, Kin (Pikkoli, 84).
Ogohlantirishlar: Kempf (49), Rodriges (82), Morata (88) — Mandragora (88), Ranyeri (90).
Chetlatish: Morata (89, ikkinchi sariq).