Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda "Bayer" o‘z uyida "Sankt-Pauli" ustidan 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Leverkuzenliklar safida gollarni Jarell Kuansa (13-daqiqa), Patrik Shik (14-daqiqa), Edmond Tapsoba (52-daqiqa) va Ernest Poku (78-daqiqa) kiritishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Bayer" (39 ochko) Bundesliga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sankt-Pauli" (17 ochko) esa jadvalda 17-pog‘onani egallab turibdi.
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
14 fevral, 19:30. «BayArena» stadioni.
«Bayer» — «Sankt-Pauli» — 4:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 13 Kuansa, 2:0 – 14 Shik, 3:0 – 52 Tapsoba, 4:0 – 78 Poku.
«Bayer»: Blasvix, Andrix, Tapsoba, Kuansa, Garsiya, Palasios (TerrYE, 80), Grimaldo (Xofmann, 72), Vaskes (Artur, 59), Poku, Maza (Tillman, 46), Shik (Kofane, 59).
«Sankt-Pauli»: Vasil, Ando, Mets, Djvigala, Sends (Fudzita, 69), Irvayn (Xara, 69), Pirka, Saliakas (Riska, 83), Sinani, Rasmussen, Kars (Sisey, 83).
Ogohlantirish: Mets (90).