Angliya Premyer-ligasining 29-turi doirasida kechgan bahsda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nottingem Forest» bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Mezbonlar safida Antuan Semenyo va Rodri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlardan Morgan Gibbs-Uayt hamda Elliott Anderson gol muallifiga aylanishdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 77-daqiqada maydonga tushib, «shaharliklar» tarkibidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ushbu natija bilan «Manchester Siti» Angliya chempionatidagi 4 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. Jamoa APL turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Nottingem Forest» esa 28 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 29-tur 05.03.2026 | 00:30 «Etixad», Manchester