Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Xomyakov: «Yigitlar sabr qilishdi, kutishdi, sovuqqonlik namoyish qilishdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing 2-turi doirasida «Navbahor» – «Buxoro» (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Bizga oson bo‘lmasligi, qiyin bo‘lishi tushunarli edi. O‘yin bizning ssenariy ostida o‘tgani yo‘q. Ko‘p ishlarimiz o‘xshamadi, shoshildik, tezroq o‘ynashni istadik. Umuman olganda, ayrim vaziyatlarda hujumda biz hech nima qila olmadik. Ko‘p vaqtimizni himoyada o‘tkazdik. Himoyadan chiqib, tezkor qarshi hujumlar uyushtira olmadik. Raqib bizga yaxshigina bosim o‘tkazdi. Asosan himoyada o‘ynaganimiz uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular sabr qilishdi, kutishdi, sovuqqonlik namoyish qilishdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Muhimi g‘alabaga erishdik. Hozir muhimi ochkolarga ega chiqish. Bizning qiladigan ishlarimiz ko‘p. Hali jamoani shakllantirish kerak, muammolar yetarlicha. Buning ustida ishlash kerak. Yana bir bor yigitlarga rahmat aytaman. G‘alabadan juda xursandman.

— Siz Timur Kapadze uchun noqulay raqib hisoblanasiz.

— Bilmadim. Bunday ma’lumotlarni kuzatib bormayman. To‘g‘risi, bu men uchun yangilik bo‘ldi. Barcha o‘yinlarga doimgidek kayfiyatda bo‘lish kerak. Kuchli tomonlarni ko‘rsatib, ojiz tomonlarimizni yashirishga harakat qilamiz. Bugun omad biz tomonda bo‘ldi. Ayrim vaziyatlarda darvozabonimiz jonimizga oro kirdi. Buni yana bir bor aytaman. Yigitlar – barakalla.

— Ikki g‘alabaga jamoaning bahorgi futboli sabab desak bo‘ladimi? Vaqt o‘tib muammolar sekin-sekin ko‘rinishni boshlaydi.

— Fikringizga qo‘shilaman. Bahorgi futbol desak ham bo‘ladi. Bizda jamoa yangi. Tarkibni yig‘ishda muammolar bo‘ldi. O‘tgan yili biz ligada jon saqlab qolish uchun kurashgandik. Shu sababli kuch to‘plab, futbolchi yig‘ishga harakat qildik. Hali ham xavotir bor. Boshqa tomondan olib qarasak, yigitlar bir-birini yaxshi tushunmoqda. Xavf bor, muammolar yo‘q emas. FIFA kunlarida hali transfer oynasi bor. O‘shanda jamoani navbatdagi bosqichga tayyorlaymiz.

— Sobiq darvozabon sifatida Umidjon Hamroyevning o‘yiniga qanday baho bera olasiz?

— Shubhasiz, uning o‘yinidan mamnunman. Lekin biror futbolchini ajratib ko‘rsatishni istamagan bo‘lardim. Chunki futbol — jamoaviy o‘yin va bunda bir kishi jangchi bo‘la olmaydi. Darvozabonimiz barqaror o‘ynab, jamoani qutqaryapti. Bu yoqimli holat. Uning o‘yinidan mamnunman.

— «Buxoro» va boshqa ikki jamoa atrofida bo‘layotgan maydondan tashqaridagi gap-so‘zlar fonida futbolchilar g‘alaba qozonmoqda va birgalikda chiroyli nishonlamoqda. Bu orqali jamoada katta oilaviy muhit hukmron surayotganini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda o‘sha gaplar jamoaga qanchalik ta’sir qilyapti?

— Barchasini to‘g‘ri tushunib turibman. Futbolchilar bilan bu holatni gaplashib olganmiz. Tashqi gaplarga e’tibor qilmasdan biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak, degan xulosaga kelganmiz. Bu holat tez orada ijobiy tarzda bartaraf qilinishi kerak. Shu sababli yana bir bor aytaman — yigitlar professional, ular barchasini to‘g‘ri tushunadi. Hayotda barchasi bo‘lishi mumkin, ular bu holatni xotirjam qabul qilishdi. Shu orqali kollektiv yaxshilanmoqda, biz o‘yindan-o‘yinga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirib, o‘rtadagi iliq oilaviy munosabatlarni yaxshilab boryapmiz. Shu sababli aytaman, hozircha bu savol bizni unchalik qiynamayapti.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 06:48, 06.03.2026. O'qildi: 722 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик