«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani vinger Maykl Olise haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
24 yoshli fransuz Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Atalanta»ga qarshi kechgan bahs qahramoniga aylandi. U o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uchrashuv myunxenliklarning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Ishga bo‘lgan bunday munosabat bilan Oliseda dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. U detallarga juda e’tiborli. Men futbolchilarni o‘zaro solishtirishni yoqtirmayman, lekin o‘z vaqtida Kevin de Bryuyne bilan birga o‘ynaganman va uning yosh futbolchidan qanday qilib superyulduzga aylanganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman. U detallarga berilgan edi va Mayklda ham xuddi shu xususiyat bor. Albatta, bunda to‘xtab qolmaslik kerak, biz uni yanada rivojlanishga undashimiz lozim, lekin u shubhasiz to‘g‘ri yo‘lda», — deya Kompanining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
Maykl Olise 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o‘tgan edi.