"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda qilingan o‘zgarishlar haqida gapirdi.
«Quloq soling, bu mavsumda Niko O'rayli chap qanot himoyasida necha marta o‘ynadi? Nechta?
Yagona katta o‘zgarish Abduqodir Husanovning pozisiyasi bo‘ldi, chunki Vinisius bu hududda harakat qiladi va bizga bu zonada hujumga borishni ko‘p o‘ylamaydigan futbolchi bo‘lishini xohladik.
Qolganlari-chi? (qanotlar?) Ha, ular ikki oy jarohatda bo‘ldi, lekin qaytgach aql bovar qilmas o‘yin ko‘rsatdilar. Savinyo "Nyukasl"da, Jeremi [Doku] esa har doim aql bovar qilmaydigan tahdid. Tajribali futbolchilar Bernardu [Silva] va Rodri, pozisiyasini tez o‘zgartira oladigan Niko [O'rayli] va Antuan [Semenyo] bilan birga hujumga rang-baranglik qo‘shishi kerak edi — mana shu bizning o‘yinga g‘oyamiz edi.
Rotasiya? Men buni "Nyukasl"da qildim, to‘qqizta futbolchini almashtirdim. Nima demoqchi bo‘lganingizni tushundim, maqsad - qanot hujumchilari orqali raqib jarima maydoniga yaqinroq kelish va tajribali o‘yinchilar bilan markazni nazorat qilish, orqada esa tezkor o‘yinchilar bo‘lishi — g‘oya shunday edi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.