Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final bosqichining dastlabki kun janglari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ringga chiqib, ulardan 2 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yana 2 nafar bokschimiz musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Yarim final natijalari:
-70 kg: Oysha Toirova — Arundxati Choudxari (Hindiston) 1:4
-75 kg: Aziza Zokirova — Lovlina Borgoxain (Hindiston) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Dina Islambekova (Qozog‘iston) 0:5
-65 kg: Abdulloh Madaminov — Shion Nishiyama (Yaponiya) 5:0
Bronza medal sohiblari:
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Shu tariqa, Aziza Zokirova hamda Abdulloh Madaminov finalda oltin medal uchun jang olib boradi.
Bugun 6 nafar bokschimiz final uchun janglarga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, -80 kg vazndagi vakilamiz Ruxshona Parpiyeva to‘g‘ridan-to‘g‘ri final bosqichidan yurishini boshlaydi.
Juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Jasmin (Hindiston) 09:30
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston) 10:00
-85 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Lokesh (Hindiston) 10:45
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston) 14:30
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev - Minseong Kim (Janubiy Koreya) 15:15
-90 kg: Halimjon Mamasoliyev - Tog‘ambay Sagindik (Qozog‘iston) 15:45
Bahslar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 09:00 da va ikkinchisi 14:00 da start oladi.