«Roma» Italiya chempionatining 33-turi doirasidagi o‘z maydonida kechgan bahsda «Atalanta» bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Bergamoliklar safida 12-daqiqada Nikola Krstovich hisobni ochdi. Rimliklar birinchi bo‘lim yakunida, 45-daqiqada Mario Ermosoning goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Roma» 58 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. «Atalanta» esa 54 ochko bilan yettinchi pog‘onadan joy olgan.
«ROMA» — «ATALANTA» — 1:1
Gollar: Nikola Krstovich 12 (0:1), Mario Ermoso 45 (1:1).