Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 133 53 45 231
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 8 12 29
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2150 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jamol Sellami: «Iordaniya termasi – Osiyo kubogi favoritlaridan biri»

Baho:
+ | -
OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

9 may kuni Saudiya Arabistonida OK-2027 final bosqichiga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Ushbu jarayonda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasi «V» guruhidan joy oldi. Raqiblarimiz — Bahrayn, KXDR va Iordaniya termalari. Hozirda iordaniyaliklarni tarixiy JCH (ular ham biz kabi bo‘lajak mundialga debyutant sifatida borishadi)ga hozirlayotgan jamoa bosh murabbiyi Jamol Sellami qur’a marosimidan so‘ng OFK rasmiy sahifasiga qisqacha intervyu berdi. Marokashlik mutaxassis suhbat davomida jumladan, Iordaniya milliy jamoasi Osiyo chempionatida favoritlardan biri bo‘lishini ta’kidladi. Eslatish kerak, iordaniyaliklar OK-2023 finaliga chiqib, katta shov-shuv ko‘tarishgandi.

— Iordaniya milliy jamoasi Osiyo kubogining amaldagi finalchisi sanaladi. Qolaversa, qo‘l ostingizdagi jamoa o‘tgan yili o‘z tarixida ilk marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xo‘sh, hozirgi ko‘tarilish jarayoni bo‘lajak Osiyo kubogida qanday ustunlik berishi mumkin? Umuman, sizningcha, jamoaning ayni tarkibi yanada kattaroq natijalar ko‘rsatishga qodirmi?

— Albatta, Osiyo kubogi finalida o‘ynash va JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilish — Iordaniya terma jamoasi uchun katta yutuq. Bu natijalar futbolchilarda ishonchni yanada mustahkamladi. Asosiysi, bo‘lajak mundial yanada ko‘proq tajriba orttirish imkonini beradi. Hozirning o‘zida jamoamiz Osiyo futbolida o‘z mavqeiga ega bo‘lib ulgurdi. Shunday ekan, nav­batdagi Osiyo kubogida e’tibor markazida bo‘lishimiz ta­yin. Umuman, Iordaniya termasi qit’a chempionatida favoritlardan biri bo‘ladi. Bo‘lajak musobaqa haqida yaxshiroq va bafurja gaplashish-o‘ylash uchun oldimizda hali vaqt bor. Zero, bizni avvalo, jahon chempionatidek muhim forum va misl­siz tajriba kutib turibdi. Okean ortida turli xil futbol uslublariga qarshi o‘ynaymiz, demak, bizda o‘zgacha tajriba orttirish imkoni bor. Yashirmayman, bo‘lajak mundialga Osiyo kubogi-2027 uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish va kuchli tarkib shakllantirish imkoniyati sifatida qarayapmiz. Maqsad — o‘zimizdan yanada yorqinroq taassurot qoldirish. Nega endi yana bir bora finalni ko‘zlamasligimiz, Iordaniya futboli mavqesini yanada yuqoriga ko‘tarishga urinmasligimiz kerak?

— Jamoangiz guruh bos­qichida O‘zbekiston, Bahrayn va KXDR termalari bilan bahslashadi. Sizningcha, bu kvartet Iordaniya milliy jamoasi uchun nechog‘li murakkab?

— Qit’a chempionatida hamisha kuchli raqobat bo‘ladi. O‘ylaymanki, har bir guruh o‘ziga yarasha murakkab. Futbolda, ayniqsa, yirik turnirlarda eng muhimi — raqiblarga to‘g‘ri yondashish, ularga hurmat bilan qarash. Shundan so‘ng har bir o‘yinga e’tibor qaratish va izchil tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Tushunarliki, «pley-off»ga chiqish uchun imkon qadar ko‘proq ochko olish kerak. Har bir jamoa­da o‘ziga yarasha texnik salohiyat va tajriba borligi ham aniq. O‘zi zamonaviy futbolda jamoalar o‘rtasidagi farq juda minimallashdi. Xullas, oson o‘yin kutmaymiz, barchasi qiyin kechadi.

— Iordaniya terma jamoasining oxirgi 3 yildagi natijalariga qarasak, yaqqol o‘sish kuzatilmoqda. Bu jamoaga bosim yuklamaydimi? Har holda, muxlislar sizlardan yanada faolroq o‘yin ko‘rsatib, rivojlanish yo‘lida davom etishni kutishadi?

— Ha, Iordaniya termasi so‘ng­gi yillar o‘zi ishtirok etgan har bir turnirda kuchli taassurot qoldirdi, Osiyoning yetakchi jamoalari qatoriga qo‘shildi. O‘ylaymanki, futbolchilar bunday qarashga to‘liq moslashishdi, favorit maqomi bosimiga qarshi immunitet hosil qilishdi. Umidvormanki, keyinchalik ham yuqori darajada tayyor bo‘lamiz va muxlislarimiz orzu-umidlarini oqlaymiz. Ishonamanki, bizni kuzatib borayotganlarni uyaltirib qo‘ymaymiz. Asosiysi, o‘zimizga nisbatan talabchanlikni pasaytirmasak, raqiblarga jiddiy qarasak, bas. Xullas, har bir o‘yin va bosqichda o‘z darajamiz, tayyorgarligimizni namoyish etishimiz kerak. Alloh xohlasa, yakunda muxlislarimizni quvontira olamiz.

Yana bir guruhdoshimiz — Bahrayn milliy jamoa­sini boshqarayotgan xorvatiyalik Dragan Talayich OK-2027 qur’asi natijalaridan to‘liq qoniqqanini ta’kidladi. Uning fikricha, qur’ada jamoasiga omad kulib boqdi: «Mana, guruhda qaysi jamoalar bilan o‘ynashimizni bilib oldik. O‘ylaymanki, guruhimiz qolganlari kabi murakkab, lekin bu qur’a deylik, JCH saralash bosqichinikidan ancha yaxshi bo‘ldi. Chunonchi, mundial yo‘lida Yaponiya, Avstraliya, S.Arabistoni, qolaversa, Indoneziya termalari bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. Qisqasi, raqiblar darajasi nuqtai nazaridan bu safar qur’ada biroz omadimiz keldi. Lekin ijobiy natija ko‘rsatish uchun har bir o‘yinga mukammal tayyorgarlik ko‘rishimiz talab etiladi. Taqvim bo‘yicha nav­bati bilan KXDR, Iordaniya va O‘zbekiston termalariga qarshi o‘ynaymiz. Turnirdagi birinchi o‘yin hamisha eng muhimi sanaladi. Koreys­lar bilan birinchi o‘yinga qadar qo‘ldan kelganicha sifatli tayyorgarlik ko‘ramiz. Iordaniya­liklarga qarshi bahs qiyin va qiziqarli bo‘lishiga aminman. O‘zbekiston termasi bilan bo‘ladigan uchinchi o‘yin hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa, ajabmas. Umid shuki, hammasi yaxshi bo‘ladi va Bahrayn xalqi Osiyo kubogida amalga oshiradigan ishlarimizdan faxrlanadi. Albatta, keyingi yig‘inda ko‘plab yangi yigitlarga imkoniyat taqdim etamiz. Unda Gruziya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz. Bu raqib qanday kuchga egaligi barchaga ma’lum. Shunday ekan, tarkib bo‘yicha muvozanatni ushlash kerak. Ba’zi yoshlarga imkoniyat beramiz, kim bundan to‘g‘ri foydalansa, biz bilan qolib, tayyorgarlikni davom ettiradi».

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:44, 23.05.2026. O'qildi: 5768 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик