Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

Navbatdagi o'yinlar.

16/10/25 Nasaf - Qo‘qon-1912
17/10/25 Mash’al - Xorazm
17/10/25 Andijon - Sho‘rtan
17/10/25 So‘g‘diyona - Surxon
18/10/25 Navbahor - Bunyodkor
18/10/25 Dinamo - Buxoro
19/10/25 Paxtakor - Qizilqum
19/10/25 Neftchi - OKMK

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6518 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2637 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murat Yakin: «Shveysariya futboli katta resursga ega»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqin o‘tmishning ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri Murat Yakin 2021 yilning avgust oyidan buyon Shveysariya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.

 Oddiy aytganda, salohiyatli mutaxassis qisqa faoliyati davomida 2-marta o‘z mamlakati bosh jamoa­sini JCH saralash bosqichiga tayyorlamoqda. Yaqinda FIFA rasmiy saytiga maxsus intervyu bergan 50 yoshli murabbiy suhbat davomida ortda qolgan musobaqalar taassurotlari, xalqaro tajriba hamda terma jamoada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘zladi.

- Murat, Shveysariya termasi Yevro-2024da chakki taassurot qoldirgani yo‘q. Murabbiy sifatida jamoangiz ishtirokini qanday baholaysiz?

- O‘ylaymanki, qit’a turnirida tetik futbol ko‘rsatdik va ijobiy natija bilan ham muxlislarimizni quvontira oldik. Menimcha, taktik jihatdan ko‘p qirrali jamoa sifatida ko‘zga tashlandik. Qolaversa, nafaqat maydon, balki uning tashqarisida ham uyushqoqlikni ta’minlashga erishdik. Ha, aslida Yevropa chempionatida yanada uzoqroqqa borish salohiyatiga ega edik. Afsuski, Angliya termasiga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida omadimiz chopmadi va musobaqadagi yurishimizni alamli tarzda to‘xtatdik. Bu endi tarix, futbolda esa o‘tmishni tezda unutib, e’tiborni darhol yangi o‘yinlar, musobaqalar va vazifalarga qaratish talab etiladi. 

- Shveysariya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olganingizdan buyon o‘yin dinamikasini o‘zingiz istagan darajada o‘zgartira oldingizmi?

- Fikrimcha, jamoada muayyan uslubni shakllantirish yo‘lidagi harakatlarimiz zoye ketgani yo‘q. Har holda, endi tarkib bo‘yicha doimiy rotasiya­ga qo‘l urishdan aslo cho‘chimaymiz. Aksincha, shtabim uchun ushbu jarayon, ya’ni tarkibni muntazam o‘zgartirib turish amaliyoti ancha qulay. Shuning barobarida o‘yinlar davomida vaziyatga qarab, sxemani o‘zgartirish uchun ko‘plab chizgilarni mukammal darajada o‘zlashtirdik. Asosiysi, kelajakda nimalarga qodir ekanliklarini keng miqyosda ko‘rsatishga qodir bir qator salohiyatli yoshlarni baralla jamoa tarkibiga tortdik.

- Ayni payt ixtiyoringizda saviya bo‘yicha turli spesifikasiyaga mansub futbolchilar bor. Ayniqsa, hujum chizig‘ida...

- Xuddi shunday. Deylik, yakkama-yakka kurashlarda raqiblardan ustun kelishga qodir tezkor ijrochilar yetarli. Ularni yarim himoyadagi yigitlar bevosita qo‘llab-quvvatlashadi. Bu shuni anglatadiki, o‘yin borishidan kelib chiqib, hujumni qanotlardan tashkil etishimiz yoki himoya mustahkamligiga e’tibor qaratgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazdan oldinga intilishimiz mumkin.

- JCH-2022 1|8 finalida Portugaliya termasiga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng aynan qanday xulosaga keldingiz? O‘shanda uchrashuv oldidan bir qator futbolchilar shamollab qolishgani haqida xabarlar chiqqandi... 

- Albatta, o‘sha mag‘lubiyatdan kerakli xulosa chiqarildi. Jumladan, terma jamoada tibbiy va ovqatlanish masalalariga yanada jiddiyroq yondasha boshladik. Bunda professionallik tamoyiliga asosan futbolchilarning o‘yin­-dan keyin to‘g‘ri tiklanishlari uchun zarur texnologiyalarga yetarli sarmoya ajratildi. Yo‘lga qo‘yilgan mazkur tizim bir nechta o‘yinni o‘z ichiga oladigan qisqa muddatli katta turnirlarda samara berishiga shubham yo‘q.

- Yirik musobaqalar saralash bahslarida jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etish qanchalik muhim? 

- Tushunarliki, katta o‘yinlarda tajriba muhim ahamiyat kasb etadi - bu hech kimga sir emas. Biroq turnirlar oralig‘idagi saralash dovonida jamoani rivojlantirish va yoshlarni integrasiyalash orqali tarkibni yanada takomillashtirib borish ortga surib bo‘lmaydigan jarayondir. Tarkibning o‘zgarib turishi terma jamoa hayoti uchun doimiy va oddiy holat hisoblanadi. Shu tamoyil bo‘yicha ish yuritib, hamisha eng yaxshi sport formasiga ega futbolchilarni chorlayman. Nazarimda, o‘z klubida yuqo-ri saviyada o‘ynagan har bir ijrochi yaxshi shakllangan terma jamoada o‘ynash imkoniyatiga loyiq.

- Demak, xalqaro turnirlarda qatnashish tajribasi yo‘q futbolchilarda ham JCH-2026 saralashi oldidan Shveysariya termasi tarkibiga kirish imkoniyati bor...

- Albatta. Zero, mamlakatimizda umidli yosh futbolchilar avlodi yetishib chiqmoqda. Iqtidorlar qatorida xorij chempionatlarida tajriba orttirayotganlari ham ko‘p. O‘ylashimcha, yoshlarda 2026 yilning yozigacha rivojlanishda davom etish va Shveysariya termasida o‘ynashga munosib ekanliklarini isbotlash uchun vaqt yetarlicha. Nomzodlarni obdon kuzatib boryapmiz, lekin hozir aniq ism-familiya­larni aytmaganim ma’qul. Chunki kimnidir ortiqcha bosim ostida qoldirishni xohlamayman. 

- Germaniyalik hamkasbingiz Yulian Nagelsmann asosiy maqsadi jahon chempionatida g‘alaba qozonish ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Xo‘sh, siz ham oldingizda turgan missiyani ochiq e’lon qilishga tayyormisiz?

- Shveysariya termasi bilan bosqichma-bosqich yuqoriga ko‘tarilishimiz kerak. Birinchi qadam - tajriba. Qolaversa, oldimizda JCH-2026 saralash o‘yinlari turibdi. Avvalo, bo‘lajak sikldan muvaffaqiyatli o‘tib, mundial yo‘llanmasini rasmiylashtirib olaylik. Shundan keyin bemalol JCHga bog‘liq maqsadim haqida so‘rashingiz mumkin.

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 04.01.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.