Corriere dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» «Bavariya» himoyachisi Kim Min Jeni yanvar oyida yoki kelasi yozda tarkibga qo‘shib olish mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Janubiy koreyalik futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab «Alyans Arena»ni tark etish variantini o‘ylab ko‘rayotgani aytilmoqda.
«Bavariya» yaqin vaqt ichida 29 yoshli himoyachi bilan uning kelajagi bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan. Biroq Vensan Kompani loyihasida uning roli unchalik katta emasligi sabab transfer ehtimoli ortib bormoqda.
Kim Min Jega «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda, ammo «rossoneri» futbolchini qo‘lga kiritish masalasida jiddiy harakat qilmoqchi.
Himoyachining 25 million yevrolik transfer qiymati «Milan» uchun maqbul hisoblanadi. Biroq uning yiliga 7 million yevro maosh olishi klubning moliyaviy mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, Ruben Amorim boshqarayotgan jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun «Sporting» futbolchisi Gonsalu Inasiu va «Lechche» vakili Tiagu Gabrielni ham ro‘yxatga kiritgan.