05:45 "Формула-1. Гаснут огни". 06:15 Д/ф "Льюис Хэмилтон". 07:30 "Тайны звёзд спорта". 08:00 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2. 09:25 "Что за спорт?". 09:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Утренняя сессия. 12:25 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. 13:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. 15:05 "Культовые". 15:30LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 18:30 Д/ф "Роковая партия". 20:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 21:30 "Тайны звёзд спорта". 22:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. 23:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. 00:40 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия. 03:55 "Культовые". 04:25 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
05:45 "Вы это видели". 06:00 Новости. 06:05 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 2. 08:00 "Лучшие из лучших". 08:30 "Всё о главном". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 "Лица страны". Анастасия Брызгалова. 11:25 "Команда мечты". 12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура. 13:35 Специальный репортаж. 13:55 Новости. 14:00 Есть тема! Прямой эфир. 15:30LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 18:30 Все на Матч! Прямой эфир. 18:55LIVE Футбол. Лига Пари. "Уфа" - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция. 21:00LIVE Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 3. Прямая трансляция. 22:40LIVE Громко. Прямой эфир. 23:35LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Комо" - "Дженоа". Прямая трансляция. 01:45 Все на Матч! Прямой эфир. 02:55 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура. 03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия.
08:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 21. Вальдеольмос-Алальпардо - Мадрид. 09:00 Скалолазание. Кубок мира. Финальный этап в Гуйяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. 10:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 13 в Копере, Словения. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. 11:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. 12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 21. Вальдеольмос-Алальпардо - Мадрид. 13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 11 в Хёрстеле, Германия. 14:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 2. Сессия 2. 15:30LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Сессия 2. Прямая трансляция. 18:30LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция. 21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Сессия 2. 23:00LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция. 03:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Обзор. 04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.
Janob Abramov o‘yinidagi hozirgi 5ta «plyus» va 5ta «minus»
Baho:
+0; -0
Va’da amali bilan go‘zal bo‘lganidek, biz ham 5 kun o‘tib o‘zimizni kichik vizual analizimizni taqdim etmoqdamiz.
Demak, Janob Abramov kelganidan keyin, O‘zbekiston MTJsida qanday o‘zgarishlar, hozircha ko‘zga tashlanmoqda:
YUTUQLAR
1. Hujumkor o‘yin. O‘zbekiston o‘yin boshidan hujum taktikasida o‘ynamoqda, raqibni ikkinchi jamoa rolida o‘ynashga, ya’ni himoyalanishga majburlamoqda. Agar futbol o‘ynashdan maqsad gol urish bo‘lsa, demak, hujumkor o‘ynash kerak. Asosiy maqsad g‘alabaga ham, faqatgina gol urilgandan keyin erishiladi.
2. Kesma uzatmalar O‘zbekiston qanotlar va vertikal paslar bilan o‘ynamoqda, shuningdek, Singapurga qarshi uchrashuvda raqib jarima maydonida o‘tkir kesma paslar bilan ham o‘ynadi, uchinchi gol bunga misol. Kutilmaganda, raqib himoyachilari orasidan berilgan kesma pas, zamonaviy futbol hujumlarida prioritet hisoblanadi, buni albatta yanada mukammalashtirib boraverish kerak.
3. Pressing O‘zbekiston pressing qilishni hozircha uddalamoqda. Oxirgi 2ta o‘yindagi to‘plar 8-1, hozircha raqiblarga hujum qilishda katta imkoniyat qoldirilmaganidan dalolat berdi. Lekin, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi shakllangan jamoalar bilan bo‘ladigan o‘yinlarda, pressing bundan 2 karra ko‘p kuchni talab qiladi. Demak, shu kalibrdagi jamoalarni yutish uchun Sanjar Qodirqulov kabi 95 minut tinmay yugurib, to‘p uchun kurashib, “enerjayzer” rejimida harakat qilish talab etiladi. Endi bu jismoniy murabbiy Yelechich muammosi.
4. Kashfiyotlar Hozirgina nomi tilga olingan Sanjar Qodirqulov oxirgi 2 o‘yin natijasiga ko‘ra, shaxsiy fikrimcha, “foydali harakatlar koeffisenti” bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi. Sanjar yaxshi ma’noda D'artanyan rolini bajarmoqda yoki o‘zbekcha aytganda, aravani boshqalarga qaraganda ko‘proq tortmoqda. Bu janob Abramovning kashfiyoti va o‘zbek futboli yutug‘i!
5. Ikki g‘alaba 6 ochko chiroyli o‘yinlarda halol qo‘lga kiritildi! Muhim missiya bajarildi! Keyingi bosqich — “Saudiyaga master klass o‘tash” rejasi!
KAMCHILIKLAR
1. Darvozabon Suyunov zo‘r tajribaga ega kiper, lekin, shaxsiy fikrimcha, u “Nasaf”da o‘ynagan vaqtlarda hozirgi holatiga qaraganda mahoratliroq edi. Koreya, Yaponiya, Eron kabi top-hujumchilarga ega jamoalarga qarshi o‘yinlarda O‘zbekistonga reaksiyasi yanada tez, yotgan joyidan sakrab tura oladigan darvozabon zarur. Shu sabab, darvozabonlar murabbiyi D.Ivankov bu chiziqda yangi, chayir kandidatlarni sinab ko‘raverish kerak. Mashg‘ulotda zo‘r ko‘ringan harakatlar, Falastinning birinchi golidagi vaziyatda seyv bilan tugashi kerak edi. Ammo, lekin, biroq – straxovka qilib qo‘yish kerak shu choq! Bu chiziqni kuchaytirish variantlarini o‘ylab ko‘rish kerak.
2. Bosh bilan yaxshi o‘ynay olmaymiz Eldor Shomurodov hozircha istisno, lekin ikkinchi qavatda Anzur Ismoilov ketganidan so‘ng, zo‘r o‘ynaydigan, havodagi 5ta jangning 5tasida to‘pni raqibning boshidan olib qo‘yadigan futbolchilar ko‘rinmayapti. Bu Anzurni fishkasi edi! Shu sabab, kuchli raqiblar bilan bo‘lgan o‘yinlarda qanotlardan oshiriladigan paslarning Shomurodovgacha yetib bormaslik ehtimoli oshadi. Sababi, uni endi kamida 2 markaziy himoyachi havoda qo‘riqlaydi. Shu sabab markaziy yarim himoyachilar, flangdagi hujumlarda Eldorga havo janglarida yordamlashishlari zaruriyati paydo bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida Eldorga biroz yengillik yaratadi va hujum yakuni uchun variantlar taqdim etadi. Buning uchun esa, jamoa bosh bilan normal o‘ynash kerak yoki bosh bilan o‘ynash hadisini eplay olmasak, flangdagi paslar yerdan uzatilgani samaraliroqdir.
3. Standartlar Jaloliddin Masharipov jarima to‘plari va burchak to‘plarini tepmagani ma’qul. Termada nimagadir uning “Paxtakor”dagi kabi aniqlik koeffisenti pas. Fikrimcha, alternativ variant sifatida jarima, burchak zarbalarini chap qanotdan Farrux Sayfiyev, o‘ng qanotdan Doston Hamdamov oshirishlari, hujumga rang baranglik, raqib himoyachilariga esa xavotir olib kiradi. Odil Ahmedov va Ikrom Aliboyev esa, o‘zlariga jonajon bo‘lgan har qanday nuqtadan jarimalarni oshiraverishsin, sababi ularda aniq zarba shakllangan. Jalol esa standartlar bo‘yicha qo‘shimcha ishlashi zarur. Jalol kabi lateral yoki flang hujumchilarini asosiy nomeri bu aslida.
4. Gemoglobini temirdan iborat yangi qon Chap qanot yarim himoyasida Sardor Mirzayevni harakatlari, fikrimcha, MTJga tortmayroq turibdi. Tezligi yuqori emas, Jalol kabi driblingiga ishonib 1 ta raqibni yakkama-yakka aldaganini Singapur bilan bo‘lgan o‘yinda ko‘rmadim. Sayfiyev hujum boshlash uchun bergan pasni raqib kelishi bilan Sayfiyevni o‘ziga orqaga qaytaradigan futbolchi, flanglarda katta effekt bermaydi. Tezligi yuqori, 1 ta raqibni aldab, chalg‘itib, raqib jarima zonasiga aniq “naves” qiladigan chap oyoqli futbolchilarni sinab ko‘rish kerak. Yangi Jasur Hasanovlar kerak hozir termaga!
5. Foydalanilmagan imkoniyatlar. Avvalgi postimning birida, kuchli raqiblarga qarshi janglarda maksimum 3 ta imkoniyat bo‘lishi va shu 3 imkoniyatni 2 tasi chala imkoniyat bo‘lishi haqida yozgandim. Maqsad, ana shunday grandlar bilan bo‘ladigan o‘yinlarda 3 ta imkoniyatni kamida 2 tasidan foydalanish mahoratini oshirishda. Misol uchun, Turkiya maksimum 2 ta real imkoniyatga ega bo‘ldi, 1 tasidan foydalandi va Fransiyadan 1 ochko olib ketdi. Bu endi klassika! Shu sabab, bu element ustida ishlash zarur!
Agar, bugun Eldorga o‘yin oldidan: "Bugun yaratiladigan vaziyatlarni kamida 70%ni gol bilan yakunlashing shart!”, deyishganida, hisob kamida 1:6 bo‘lardi bizning foydamizga!
Bilaman, futbolda vaziyatlarga oldindan garantiya berish qiyin, lekin puxta tayorlangan uy vazifalari, albatta o‘z natijasini beradi.
“Yo‘q, buning uchun bizga Levandovski kerak!” kabi skeptik qarashlar esa, sharhlovchi aytganidek: "Aaaajoyiib, zargarona zarba, lekin noaniq!” bo‘lib qolaveradi!
O‘sha gap, 5 kara 5=25! Paks!
Kiritilgan sana: 18.01.2020 09:54. O'kildi: 6105 marta.