Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Sayoz fikrlar

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

O‘zbekiston U23 Osiyo chempionatiga tayyor emasmi?

Baho:
+1; -0

Dangal gapiraman, agar shu yigitlar yana shu taktikada (aslida, men hech qanaqa taktika ko‘rmadim) o‘ynadigan bo‘lsa, ko‘pi bilan 4-o‘rinni olamiz! Arviderchi Tokio-2020!

"Ko‘p tanqid qilmaylik, bolalarni ruhiyatiga ta’sir qiladi! Buning o‘rniga yigitlarni ruhan qo‘llab quvvatlaylik!" – deguvchi insonlarga javobim:

1. Siz bir soha bilan kamida har kuni 10 yil (!!!) shug‘ullansangiz, mashhur bo‘lsangiz, insonlar nigohida bo‘lsangiz, sizni loyiq topishib TVlarda rolik qilib yoshlarga o‘rnak sifatida ko‘rsatishsa, qoningiz gupirlab urib turgan yoshda bo‘lsangiz, yeganingiz oldinda yemaganingiz orqada bo‘lsa va ... shu sohangizni eng yuqori cho‘qqilariga yo‘l ochuvchi sinov payti, siz umuman tanimagan, lekin sizni qo‘llab-quvvatlab kelgan millionlab insonlar ko‘z o‘ngida hayojondan oyoqlaringiz qaltirab, o‘z sohangizga doir ishni kulgili bajarsangiz, sizni bundan keyin qo‘llab quvvatlab kelishlari kerakmi?! Xo‘p, mahoratingiz kamroq va jismonan kuchingiz kamdir, lekin ishtiyoq ko‘rinmayaptida, og‘alar...

2. Siz shunday yoshdasizki (23 yosh!), aynan jismonan charchoq nimaligini boshqalardan ko‘ra, aynan sizda eng oxirida payqashimiz kerak. Siz shuncha yillar (kamida 10 yil), nima bilan shug‘ullandingiz?! Agar BAAga qarshi yana shunday lanj va qo‘rqib o‘ynaydigan bo‘lsangizlar, kasb tanlashda adashibsizlar, ukalar!

3. Xo‘p, Drulovich tajribasiz ekan, sizlarni ayrimlaringiz, bundan 2 oy oldingi O‘zbekiston milliy jamoasida Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda tuppa-tuzuk edingizlarku?! Ikki oyda bor kuch va mahoratlaringni 2019 yilga tashlab keldilaringmi?!

Mujik, hozir sening taqdiringda jahon futboli tarixiga kirish imkoniyati va eshiklari lang ochilib turibdi, hozir shu eshikni yonida turgan raqiblarni surib, eshikni tepib kiradigan pallada, shovlasifat lanj harakatlar bilan omadni kutyapsanmi?! Omad kelmaydi, u belida belbog‘i borlarga kuladi!

Men shu jamoamizni Eron, Misrga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarini ko‘rib, “agar shu yigitlarimizni, jismoniy holatlarini yanvarda pik formaga chiqara olishsa, kamida finalda o‘ynashadi” degan fikrga keluvdim!

Men chempionlik uchun favoritlar qatoriga kiritgan yaponlarni bu turnirda qovun tushirishlarini, eronliklarni aksincha kuchayishini bilmay shu fikrga kelgandim..

Eronlik, iroqlik yigitlarga achindim... Biri 4 ochko va yana biri 3 ta durang bilan qolib ketishdi! Asosiysi, ularda ishtiyoq bor edi va 95-daqiqagacha kurashishdi.

“Eee, professional futbolchi bo‘lmagan odam, futbolchining muammo va dardini qayerdan biladi?!” — degan fikr paydo bo‘lsa, javobim:

Nima deb o‘ylaysiz, Iroq, Iordaniya, Tailand ichki chempionati, bizning chempionatdan kuchlimi?! Urush tufayli umuman ichki chempionati yo‘q Suriya yigitlarini qonlarini rangi ko‘k rangdami yoki ular doping ishlatishyaptilarmi?!

Xullas, tushunganim:

1. Jamoa na funksional, na jismonan, na taktik jabhada bu turnirga tayyor bo‘lib kelgan. Xo‘p, yigitlarimiz o‘z klublarida va Olimpiya jamoasida ko‘p o‘yin o‘tkazishgan bo‘lsa, buni nazorat qiladigan va jamoaning jismoniy holatiga javob beradigan murabbiylar shtabi nega buning oldini olmadi, agar oldini olishni bilmasa yoki shu vaziyatga yechim topmasa, ularning nima keragi bor?! Nima, sizningcha hozirgi turnirda, yaxshi formada kelishgan boshqa kuchliroq chempionatlarda o‘ynaydigan yigitlar (karislar, eronliklar, avstraliyaliklar, saudlar) biror yashirin stereoidlar qabul qilishadilarmi?! Agar, ular har kuni maxsus vitaminli soklar ichib, organizmlaridagi har qanday o‘zgarishlarni kompyuter, robotlar yordamida nazorat qilib turishadi demoqchi bo‘lsangiz, bu gapni bizni o‘zbek bokschilarimizni murabbiylariga aytganingiz ma’qul!  O‘limdan boshqa har qanday muammoga yechim bor, ayniqsa hozirgi internet tufayli axborotlarga to‘la olamda!

2. Inson — o‘z kuchiga ishonmasagina hayajonlanadi! Bu ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq! Murabbiy — xuddi ijobiy ma’noda mashhur, buyuk insonlarning orqasida turgan ustozlar, rafiqalarga o‘xshaydi! Optimist va tajribali ustoz, rafiqalar yordamida erkaklar o‘z sohalarida katta yutuqlarga erishadilar, erlar katta mavqeilarni zabt etishadilar! Sababi, ularni qiyin vaziyatlarda ruhan va ma’nan qo‘llab-quvvatlab turadigan yelkadoshlar bor! Professional psixolog! Bu bizning futbol bo‘yicha har qanday yoshdagi jamoalarimizda “xalta” mavzu! Insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytirish, yolg‘ondan bo‘lsa ham cho‘qqini zabt etish aslida ro‘yo ishligini professional psixolog uddalaydi! Sababi, u siz bilan bitta tilda gaplashadi, sizdagi muammoni aniqlaydi va aynan shu muammo bo‘yicha kerakli maslahatni avval sizga ko‘rsatib, ishontirib keyin beradi! Chunki u professional! Ana, men tanigan shaxsiy va jamoaviy psixolog Boboyor aka To‘rayevni taklif qilishsin, kerak bo‘lsa 1 sum olmay, jamoani ruhiy muammosini aniqlab, keyin jamoaviy treninglar qilib, jamoani 1 ta organizmga aylatirish uchun natija ko‘rsatadi.

3. Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Abdulla Abdullayev — ruhan bu turnirga umuman tayyor emaslar!!

Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Bobur Abduxoliqov jismonan charchoq holatda turnirga kelishgan! Drulovichni shtabidagilar jismoniy holatga JAVOBGAR murabbiylarga savollar bor bo‘lsa, ko‘rib qolsangiz berarsizlar...

Mashhurjon Muhammadjonov, Nizomitdin Ziyovutdinov, Dilshod Saitov, Sharof Muhiddinov, Sherzod Nasrullayev, Abrorbek Ismoilov, Oybek Rustamov, Islom Kenjaboyev, Doston Ibragimov – bu futbolchilar Tailandga nima uchun olib kelindi?! - bu endi "Jon F. Kennedining asl qotili kim?" turkumidagi savollar sirasiga kiradi.

Jasurbek Yaxshiboyev – molodes, qo‘lidan keladimi yo‘qmi, xitoy bo‘ladimi, karismi, eronlikmi – finti chiqsa-chiqmasa 2-3 tasini aldayman deydi! Dux potolokgacha! Yashavor! To‘g‘ri, shu driblinglari tufayli jamoa zarar ko‘rishi mumkin, lekin Jasur biroz sovuqqonroq o‘ynasa, 2-3 raqibni o‘ziga jalb qilib, shunday yuvelir pas bera oladiki, bu pasdan 15 yoshli bolakay ham gol ura oladi!

Sanjar Qodirqulov – boringa shukr jigar!! Agar yarim jamoa senday yugurib, tirishib harakat qilganida, guruhni o‘zida kamida 7 ochko olgan bo‘lardik!

Oybek Bozorov – shu turnirda shu jamoada, men uchun kashfiyot! Oybek qamchini bosaver! Seni eslab qolishadi skautlar!

Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov – jamoada, o‘yindan o‘yinga o‘sgan yigitlar! Bo‘shashmanglar!

Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov – bu yigitlar haqida faqat “qo‘rqmay o‘ynanglar, yigitsizlar, omad yigitlarni yaxshi ko‘radi!” deyman xolos!

Bilaman, ko‘p va ho‘p yozib yubordim..

Piiip (yomon so‘z) shu turnirni kamida 2 yil kutasan, yigitlarni turnir oldi o‘yinlarini ko‘rib quvonasan va turnir boshlanishi bilan yana piiip...

Xullas, Drulovichga va uni shtabiga ishonchim yo‘q.

Aytar so‘zim:

Yigitlar, o‘zlaringni o‘zlaring yenga olsalaringiz, Tokioga borasizlar!! Agar xohish qolgan yoki bor bo‘lsa, albatta!

Qolganlarga va o‘zimga esa – bu bir o‘yin, xolos! Bu o‘yinlar tufayli Vatanimni yomon ko‘rib qolmayman, aksincha, bu o‘yinlardan ham muhim tushuncha va qadriyatlar bor deb qolaman!

O‘zimiz va yaqinlarimiz uchun Omon bo‘laylik!

p.s. Verbosity is a burden for a donkey! – Bedanaga suv berish, esdan chiqmasin! ))

Furqat Qurbonov

Kiritilgan sana: 18.01.2020 09:57. O'kildi: 11728 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик