05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. 07:30 "Непобедимый". 08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды. 09:35 "География спорта". Выборг. 10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. 11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1. 12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. 14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие". 16:00 "Формула-1. Гаснут огни". 16:30 "Эволюция спорта". 17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2. 18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж. 18:55LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция. 21:45 "Непобедимый". 22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство. 00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle. 00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. 02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
05:55 Новости. 06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 08:00 "Тайны звёзд спорта". 08:30 "Вид сверху". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 Специальный репортаж. 11:25 "Эволюция спорта". 12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы. 13:35 Все на Матч! Прямой эфир. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00 Есть тема! Прямой эфир. 16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.". 16:55 "Тайны звёзд спорта". 17:25 Новости. 17:30 Все на Матч! Прямой эфир. 19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый". 21:15LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция. 00:00 Все на Матч! Прямой эфир. 01:30 Евротур. 02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. 03:55 "Эволюция спорта". 04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102. 07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1. 09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138. 10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. 11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. 12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1. 14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор. 15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды. 17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия. 18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада. 19:00LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция. 23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138. 00:00LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция. 04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.
Karantin tufayli Superligimiz ham noaniq muddatga to‘xtatilib qo‘yilgandi. Buni to‘g‘ri tushundik.
Yaqinda Superliga o‘yinlari davom ettiriladi, bu xushxabar shaxsan meni quvontirdi. Tadbirkorsifat insonlar tabiatida shunday bir fazilat borki, ular har qanday vaziyatdan foydali tomonlarini izlab, topib, uni amalga oshirishga harakat qilishadilar.
Shu mantiqdan kelib chiqib, Superligamizdagi “Surxon” FK misolida jamoani yanada o‘yinlarini optimallashtirish va kuchaytirish uchun, karantindan keyingi o‘yinlarda unumli foydalanish mumkinligini, kichik tezislarimda ko‘rsatib bermoqchiman.
“Surxon” FK o‘tgan yilgi birinchi davraga qaraganda, haligacha ochko ishlash mahoratini namoyish qila olmayapti. O‘tgan yili ham, jamoada o‘yinchilar uyg‘unligi yaxshi shakllanmagandi, lekin “Shavkat Salomov va kompaniya” individual mahorat evaziga teng kechayotgan o‘yinlarda gol urishib, o‘yin ruhini o‘zlari tomonga o‘zgartira olishgan va muhim ochkolarni ishlashgan edi.
Bunda o‘sha paytdagi murabbiy V.Kumikovni roli katta edi. Kumikov Superliga maqomidagi o‘rtamiyona o‘yinchilardan optimal jamoa yasab, kuchlar teng kechayotgan o‘yinlarda, kichik taktik o‘zgarishlar qila olib, o‘z vaqtida qilingan zarur almashtirishlar bilan o‘yin ssenariysini o‘zgartirib, zarur ochkolarni ishlab olgan edi...
Keyin, Kumikov ketdi...
“Surxon” FK esa o‘sha 1-davraning inersiyasida 2-davrada ham shunday taktikada o‘ynab, egallab turgan 3-o‘rnidan pastga siljib, yakunda 6-o‘rinni egalladi.
Buning sabablari ko‘p. Bu haqda to‘xtalmoqchi emasman.
Bu yil esa, karantindan keyin tiklanadigan o‘yinlarda, jamoani o‘tgan yilgi 6-o‘rinni egallashi yanada qiyin bo‘ladi.
“Paxtakor”, “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Olmaliq”, “Metallurg” hozirda tarkib va o‘yin uslubi bo‘yicha “Surxon”dan kuchli.
Vaziyatni o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?!
1. Mening nazdimda, birinchi navbatda hozirgi 4-2-3-1 o‘yin sxemasidan voz kechish kerak. Bu sxema, asosan kontrhujumga asoslangan taktik sxema. Jamoada A.Kasyandan tashqari yaxshi maqomda boshqa hujumchi yo‘q. Lekin Kasyanning bir o‘zi hujum chizig‘ida o‘yin ssenariysini mahorati evaziga keskin o‘zgartira oladigan mahoratga ega emas. Unga hujum chizig‘ida, yana bir sherik zarur. Men Kasyanga hujumdagi sherik pozisiyasiga faqat tajribali Aziz Ibragimovni ko‘ryapman. Boshqa hujumchilar — Sarvar Soliyev va Behruz Shaydulov hozircha biroz tajribasiz. Lekin, ular charchab qolgan tajribali sheriklarini o‘yin mobaynida almashtirib, hujumda o‘z omadlarini sinab, muxlislar nigohiga tushish imkoniyatlariga egadirlar.
2. Bo‘ydor, taran tipdagi 1ta markaziy hujumchi zarur! Bubanya va Stanoyevichdan maslahatlashib, Bolqon diyoridan shunday tipdagi yoshi kattaroq bo‘lsa ham, mahoratli hujumchini olib kelish kerak. O‘tgan yili jamoada to‘p tepgan 2 ta o‘rtamiyona braziliyaliklarga ketgan xarajatni, 1ta shunday mahoratli hujumchiga sarflash ko‘proq divident beradi. Karantinni futbol dunyosiga ta’sirini inobatga olib, balkim hali nomi chiqmagan, ambisiyasi bor hujumchini topsa bo‘ladi.
3. Darvozabon murabbiylari qo‘l ostidagi Asilbek Omonov, Akbar To‘rayev, Azamat Ahmedovlarni ruhan o‘yinlarga tayyorlash zarur. A.Omonov o‘tgan yili 1-davrada ishonchliroq o‘ynadi, lekin unda qiziq bir tendensiya bor. O‘rtamiyona jamoalar bilan bo‘lgan o‘yinlarda dahshat xavfli zarbalarni qaytara oladiyu, kuchli jamoalar bilan bo‘lgan o‘yinlarda, juda ham xavfsiz zarbalarni kulguli tarzda o‘tkazib yuboradi. Men buni ruhiy nomutanosiblikdan deb bildim. Hozircha, Akbar To‘rayev men ko‘rgan uyinlarda biroz ishonchliroq tarzda o‘z ramkasini qo‘riqlamoqda.
4. O‘ng qanot himoya chizig‘ida Abduqahhor Hojiakbarov, Husniddin G‘ofurov, Asror G‘ofurov misolida yaxshiroq raqobat bor, lekin shu o‘ng qanotni hujum tashkil qilishda yordam koeffisenti chap qanotga nisbatan pastroq. Shu qanotdagi hujumkor taktik bog‘lamni shakllantirish kerak. Chap qanotda tajribali Rahmatillo Berdimurodov, Jahongir Mehmonov, Dilshod Jabborov hisobiga, bu qanotdan hujumga imkoni boricha yordam kelib turibdi.
5. Markaziy yarim himoya va chap qanotdagi yarim himoyada o‘yinchilar tanqisligi bor. Chap qanot yarim himoyada tajribali, chapaqay Sherzod Karimov bor. Jismoniy holati, tezligi, uzatmalari oldingiday zo‘r bo‘lmasa ham, har ikala oyoqda aniq zarbalarga ega. Lekin o‘yinni to‘liq o‘tkazishga, jismoniy holati imkoniyat bermaydi va shu sabab, shu chiziqda yangi chapaqay o‘yinchi zarur. Markaziy yarim himoyada ham Shavkat Salomovga tandem bo‘ladigan mahalliy yosh futbolchilarni jalb qilish kerak. Ushbu ampluada to‘p tepadigan Nuriddin Hasanov, A’zam Aliyevdan biri, doimo Shavkat Salomov bilan tandem bo‘lib boshlang‘ich tarkibda o‘yinga kiritiladilar. Lekin, baribir kelajak uchun 1 ta yosh tayanch yarim himoyachi zarur.
6. Jangovor, charchamas, kurashni xush ko‘radigan Husniddin G‘ofurovdan har ikki flangdan ham, markaziy yarim himoyada ham foydalansa bo‘ladi. Faqat, Husniddin o‘yin davomida darvoza tomon ko‘proq zarbalar berishi va shu zarbalar aniqligini mashg‘ulotlarda shakllantirishi zarur. Tezlik bor, kurashlardan oyog‘ini olib qochmaydigan, zarbasi kuchli bu futbolchi, gol hidini olsa, foydali koeffisenti oshib, zo‘r maqomdagi yarim himoyachiga aylanadi.
7. Raqiblar tomoniga burchak va jarima to‘plari tepilayotganda, bo‘ydor Vladimir Bubanya va zarbasi yo‘lga qo‘yilgan Darko Stanoyevichdan ko‘proq foydalanib turish zarur. Imkoni boricha har bir standartlarda, ular raqib jarima maydonlariga borishlari kerak. Hujum tashkil qilib gol urishdan ko‘ra, standartlardan unumli foydalanib gol urish foizi jamoada ko‘proq. Ular standartlarga shundoq ham qo‘shilishib turishadilar, lekin FIK (KPD) baribir past. Buni mashg‘ulotlarga aniq shakllantirish kerak.
8. Shavkat Salomov. Unda 90 daqiqa maydonda yugurib, yakka kurashlarda tepishib yurish imkoniyati yo‘q. Shu sabab, undan kutilgan pleymeykerlikni talab qilib, u tomonidan tezkor hujumni tashkil qilishi uchun, yarimhimoyadagi har ikki qanotlardagi o‘yinchilar Shavkat tomonidan uzatilidagan paslarni qabul qilishlari uchun tezda qulay tarzda ochilib turishlari zarur. O‘z o‘rnida hujum tandemidagi futbolchilar esa, raqib himoyachilarni o‘zlari bilan boshqa tomonga olib ketib chalg‘itib yoki qulay pozisiyada ochilib, Shavkat aniq uzatma berishi yoki darvoza tomon zarba berishi uchun jamoaviy sharoit yaratishlari zarur! Hujumning yarim himoyada chala qolib ketilishi — bu “Surxon”ning eng katta minusi! Bu omil bora-bora o‘yinchilarni ruhan charchatib, jangovor kurash ruhiyatini pasaytiradi va... har doimgidek raqib jamoa tomonidan o‘yin oxirlarida g‘alabadan mahrum qiladigan to‘pni yoki raqibning g‘alabasiga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
9. Karantindan keyin Superliga o‘yinlari qayta tiklanadigan bo‘lsa, 1 haftada kamida 2 tadan o‘yinlar bo‘lib o‘tishini inobatga olib, jamoani jismonan va funksional talabga mos ravishda tayorlash talab etiladi. Buning uchun jamoani jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha murabbiylar mahoratlarini yanada o‘stirishlari, xorijiy, zamonaviy jismoniy o‘quv metodikalari bilan internet yoki boshqa yo‘llar orqali tanishib, “mozgovoy shturm” qilib bu qaltis holatga yechim topishlari zarur. SSSR o‘quv metodikasi o‘z vaqtida zo‘r bo‘lgandir, lekin ko‘chada axborot va texnika rivojlangan 21 asr. Internetni o‘zida ingliz, ispan, nemis tillarida zamonaviy qo‘llanmalarni topsa bo‘ladi. Shablon tajriba bilan uzoqqa borish qiyin. Keyin, albatta jamoadagi pozisiyalar bo‘yicha o‘yinchilar tanqisligini hal qilish kerak. Bo‘lmasam, hozirgi 10-o‘rindan tepaga chiqish ham qiyin bo‘lib qoladi.
Men jamoaning boshqaruv ruli kimlarning qo‘lida va homiylik masalalari bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalib o‘tirmadim. Menga qolsa, “Surxon” FKni kamida 16-21 yoshgacha futbolchilardan tashkil topgan o‘z akademiyasi bo‘lgani yaxshi. Agar ishlar halol yo‘lga qo‘yilib, iste’dodli, mahoratli murabbiylarga yosh futbolchilar biriktirilsa, bu albatta kelajakda jamoani mahalliy futbolchiga bo‘lgan tanqislikni bartaraf qilib, janub vohasidan chiqqan yosh o‘yinchilarga bo‘lgan ishonchni qayta tiklaydi.
Shu sabab, jamoa bor imkoniyatlaridan maksimum tarzda foydalanish uchun to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishi zarur!
Chunki tiklanadigan Superliga o‘yinlarida asosiy qizg‘in kurash, nazdimda, aynan shu Superligada jon saqlanib qolish uchun kechadi!
Zero, lotin iborasiga ko‘ra “Si vis pacem, para bellum – Omonlikni hoxlasang, jangga tayyorgarlik ko‘r”.
Hozircha shular!
Furqat Qurbonov.
Kiritilgan sana: 07.06.2020 22:46. O'kildi: 18716 marta.