Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Sayoz fikrlar

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

«Oltin to‘p» muborak bo‘lsin, buyuk va kamtar Leo!

Baho:
+0; -0

Sening ismingni Yer deb atalmish sayyorada eshitmaganlar kam topiladi.

Sening suratinga qarab, kimligingni tanimaydigan erkaklar ham kam topiladi.

Sen bitta koptok orqasidan yugurib, butun dunyoda mashhur bo‘lgan shaxssan.

Aslida esa, sening qandayligingni juda kam insonlar yaxshi bilishadi va nima uchundir, seni milliardga yaqin insonlar tan olishganini, oddiy qabul qilasan. Sababi, sen maydonda ko‘rsatgan hunarlar, sen uchun oddiy “uddalayman” ishlar toifasiga kiradi. Boshqalar, shu ishlarni uddalashi uchun, aniq reja asosida, kunu tun mehnat qilishadi.

Sen futbol deb atalmish o‘yinni, oltin qoidasini buzgan shaxssan!

Futbolda – asosiysi G‘alaba va Natija emas, Futbolda asosiysi San’at va Estetik Go‘zallik yuqori baholanishini yana bir bor isbotlab qo‘ygan tirik dahosan!

Bu bahoni, senga futbolni miridan sirigacha to‘g‘ri talqin qilib tushunadigan, jurnalist deb atalmish ijod vakillari berishdi!

Cening hozir ham, shu yoshda yuqori darajada o‘zingni ushlab turishinga — sening kamtar tabiating, oilaparvarliging va yoshligingdan kattalar zimmasiga tushadigan sinovlarni yengib o‘tganing poydevor bo‘lgan va... albatta, so‘zsiz, Krishtianu Ronaldu!

Ha, aynan Krish sen bilan galaktik raqobat tufayli, o‘z ustida kunu tun ishlab, senga yetib olgan va gohida o‘zib ketgan davrlarni ko‘rdik!

Va sen, yana o‘zingga xos kamtarlik, doimo xotirjam nigoh va ma’sum tabiating bilan, yana bir bora birinchi bo‘lding!

Leo bir narsani unutma!

Senga raqobat qilgan “Golland Terminatori” Virjil van Deyk, “Senegallik Kambag‘allar Do‘sti” Sadio Mane... "Polshalik Pulemyot” Robert Levandovski, “Misrlik Sehrgar” Muhammad Saloh, “Britan Ekspressi” Rahim Sterling, “Argentinalik Kichik Shahzoda” Serxio Kun Aguyero, “Buyuk Kamtar” Ngolo Kante va so‘zsiz Krish — bular senga munosib raqobatchilardir!

Men o‘tgan davrlarda senga raqobatchi bo‘lgan “Buyuk Impressionist” Andreas Inyesta va “Kataloniyalik Dirijyor” Xavi, “Marsellik Napoleon” Frank Bilol Riberi, “Golland Rafaeli” Aryen Robben, “Elektro” Oliver Noyer va boshqa buyuk munosiblar haqida gapirmadim ham... Ular aslida sendan mahorat bobida sendan qolishmaydi, hatto, ayrim o‘yinlarda, sendan ko‘ra yaxshiroq natija va chiroyliroq o‘yin ko‘rsatishgan!

Lekin, jurnalistlar Seni tanlashdi!

Bu xuddi, sening otdoshing bo‘lmish buyuk Da Vinchi chizgan “Mona Liza - Jokonda” kartinasidagi go‘zal tasnifiga to‘liq javob bermaydigan beva ayolni surati, nega haligacha eng qimmat kartina hisoblanib kelinishi haqidagi bahsga o‘xshab ketadi.

Sirli nim tabassum Jokonda nigohida, har kim o‘zi uchun ichki bir kichik o‘xshashlik, yaqinlikni topadi, estetik zavq oladi. Bu buyuk Leonardo da Vinchini mahoratini siri!

Sen esa, maydonda har gal, bor mahorating va sa’natingni, yangi ranglarda va rakurslarda tasvirlaysan! Kichik bir vaziyat va keskin vaqtda, nimani yaratishing, faqat o‘zinga ayon!

Sen buni hammani lol qoldirish uchun yaratmiysan, yo‘q, aslo bunday emas!

Sen buni, uddalay oladigan ishing bo‘lgani uchungina yaratasan!

Sen san’atda o‘zingni ko‘rmaysan, aksincha, o‘zingdagi sa’natni namoyish qilasan!

San’at esa doimo qadrlanib kelgan!

De gustibus non est disputandum yoki Didlar haqida esa, bahslashilmaydi!

Futboldagi “Oltin Qoidani” buzgan va oltinchi bor “Oltin to‘p”ga munosib ko‘rilganing muborak bo‘lsin, buyuk va kamtar Leo!

Kiritilgan sana: 18.01.2020 09:56. O'kildi: 11983 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик