Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

FCB.UZ — bu «Barselona»

FCB.UZ blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Ular «Oltin to‘p»ga loyiqlar

Baho:
+0; -0

«Oltin to‘p»ni har yili bir futbolchi qo‘lga kiritadi. Shu bois sovrinni juda ko‘plab futbolchilar qo‘lga kirita olishmagan. Garchi ular bir necha yil mobaynida barqaror o‘yin namoyish qilishgan bo‘lsalar ham. Quyidagi maqola so‘nggi yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagan, biroq ushbu sovringa loyiq bo‘lgan futbolchilar haqida.

Paola Maldini
Faoliyatining 25 yilini «Milan»ga bag‘ishlagan Paola Maldini «Oltin to‘p»ga da’vogarlar uchligiga bir marta kirgan. 2003-yilda «Milan» Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. O‘sha yili himoyachi uchun ham ancha omadli kelgan. Maldini yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» so‘rovnomasida faxrlin 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Uning himoyachi ekanligini inobatga olsak, bu yomon natija emas.

Raul
Raul ham «Oltin to‘p»ga nomzodlar uchligiga bir marta kirgan. 2001 yilda u sovringa juda yaqin kelgan edi. Biroq oltindan yasalgan to‘p «Liverpul» hujumchisi Maykl Ouenga nasib qildi. Raul esa kuchli uchlikka boshqa kirmadi. Shunday bo‘lsa ham u 10 yildan ortiq vaqt mobaynida barqaror o‘yin namoyish qilib muxlislar qalbidan o‘rin oldi.

Tyeri Anri 
Anri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga ikki marta yaqin kelgandi. 2003 yilda u sovrin uchun kurashda Chexiyalik Pavel Nedvedga yutqazib «kumush to‘p» bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2006 yilda jahon vise-chempioni 2 ta jahon chempionidan keyingi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Anri balki faoliyatining gullab yashnagan davrida «Real» yoki «Barselona»da to‘p surganida, ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘larmidi.

Lemaprd 
Frenk Lempard mana bir necha yildirki barqaror o‘yin namoyish qilmoqda. Angliyalik yarim himoyachi 2005 yilda «Oltin to‘p»ni olishi mumkin edi. U jamoasi bilan birga nihoyat 50 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Biroq Lempard so‘rovnomada Ronaldinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi va «kumush to‘p» bilan taqdirlandi. Frenk uchun ham «Oltin to‘p» armonga aylandi.

Jerard
Stiven butun faoliyatini «Liverpul»ga bag‘ishladi. U o‘z vaqtida «Real»ga o‘tib ketishi ham mumkin edi. Biroq «qizillar»ga bo‘lgan sadoqati uni bu yo‘ldan qaytardi. Jerard 2005-yilda Istanbul «mo‘jizasi»ni yaratib jamoasi bilan birga Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozondi. Yil yakunlariga ko‘ra esa u «Oltin to‘p» sovrini uchun nomzodlar uchligiga kirdi va 3-o‘rinni egalladi. Jerardga ushbu mukofotni qo‘lga kiritish uchun jamoaviy sovrinlar kamlik qildi desak aslo mubolag‘a bo‘lmas edi.

Davomi>>

Kiritilgan sana: 19.07.2017 07:30. O'kildi: 9863 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик