Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

FCB.UZ — bu «Barselona»

FCB.UZ blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

PSJ va "Barselona"da to‘p surgan futbolchilar

Baho:
+1; -0

Ronaldinyo

Ronaldinyo 2001-2003 yillar davomida "PSJ" libosida 86 o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 25 ta gol yozdirib qo‘ydi. Parijliklar bilan faqatgina Intertato kubogini qo‘lga kiritgan braziliyalik futbolchini 2003 yili "Barselona" 30 mln.evro evaziga sotib oldi. Ronaldinyo Kataloniyada haqiqiy futbol yulduziga aylandi. 5 mavsum davomida "Barsa" tarkibida 207 uchrashuvda 94 ta gol urgan yarim himoyachi ikki martadan Ispaniya chempioni, superkubogi sohibi bo‘ldi va bir marta Chempionlar ligasida zafar quchdi. Shuningdek u 2005 yili "Oltin to‘p" sohibi bo‘lib,  2004 va 2005 yillari FIFA versiyasi bo‘yicha jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Zlatan Ibragimovich
"Barselona"ga 69 mln.evaziga kelib qo‘shilgan Zlatan Kataloniyada atigi bir mavsum to‘p surdi. Bu davr mobaynida u 46 o‘yinda 22 ta golga mualliflik qilib, 2 marta Ispaniya superkubogi,  1 martadan Ispaniya chempioni, Yevropa superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medallarga ega chiqdi.  2012 yili PSJga o‘tgan shvesiyalik hujumchi 4 mavsum davomida Fransiya poytaxti jamoasi uchun 180 o‘yinda 156 gol urib,  klub tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylandi. Shuningdek u jamoa bilan jami 12 ta musobaqada oltin medalga ega chiqib,  3 bora chempionatning eng sermahsul futbolchisiga aylandi. 

Tiago Motta
"Barselona" akademiyasidan chiqqan Motta 2001-2007 yillar davomida jamoa uchun 139 o‘yinda 9 ta golga mualliflik qildi. Bu davr mobaynida Braziliyada tug‘ilib,  Italiya termasi uchun to‘p surgan futbolchi 2 marta Ispaniya chempioni bo‘lib, bir bora Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqdi. Tiago 2011 yili PSJ bilan shartnoma imzoladi. Shunday buyon yarim himoyachi klub tarkibida 201 o‘yinda 11 marta raqiblar posbonlarini ranjitdi va 16 ta jamoaviy sovringa ega chiqdi. 

Davomi>>

Kiritilgan sana: 09.08.2017 11:03. O'kildi: 11752 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик