Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: "No‘’mon Hasanov - xaloskor"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolchilik davrida qo‘qonlik ekaniga ko‘p urg‘u berilgan bo‘lsa-da, No‘’mon Hasanov aslida Qo‘qonda ko‘p o‘ynamagan. Sobiq ittifoq chempionatining 2-liga sharqiy mintaqasida to‘p suradigan mahalliy «Avtomobilchi» tarkibida paydo bo‘lgan yosh, bo‘ychan, o‘ziga xos texnikaga va maydonni ko‘ra bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan No‘monning qo‘qonliklarning yoqimtoyiga aylanishi ko‘p vaqt talab qilmadi.

Aslida o‘sha 1990 yildayoq Hasanovning kelajagi faqat shahar futboli bilan chegaralanib qolmasligini ko‘pchilik fahmlab ulgurgandi. Bolaligidan Bahrom Hakimov qo‘l ostida futbol sirlarini o‘rganib, iqtidori tufayli Toshkentdagi mashhur futbol maktabida tahsilini davom ettirgan va o‘shandayoq mamlakatimizning bosh jamoasi «Paxtakor» seleksionerlarining nazariga tushgan.

19 yoshli No‘’mon Hasanov «Avtomobilchi»dagi ilk o‘yinlaridayoq yo‘qolib qolmadi, jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va «Paxtakor»da yuksakroq marralarni zabt etishga tayyorligini isbotladi.

O‘sha mavsumning ikkinchi davrasidan u Toshkentga chaqirildi va «Paxtakor» tarkibida maydonga tushdi. Mirjalol Qosimov, Abduqahhor Ma’rufaliyev, Ilhom Sharipov, Rifat Galiyev kabi yosh futbolchilar, tajribali sheriklari bilan birga «Paxtakor»ni olti yillik tanaffusdan so‘ng oliy ligaga qaytargandilar. Bu futbolchilar oliy ligada ham yo‘qolib qolmadilar, xususan No‘’mon Hasanov ham bir necha o‘yinlarda asosiy tarkibda harakat qilib, hatto 2 gol muallifiga ham aylangandi.

Mustaqillik yillarida o‘z chempionatimizga ega bo‘ldik, Hasanov avval «Paxtakor»da, keyin poytaxtning boshqa bir jamoasi MHSK safida, keyin esa, «Do‘stlik», «Nasaf» kabi kuchli jamoalarda to‘p surdi. Bir necha bor mamlakat chempioniga aylandi. Osiyo chempionlar kubogi sovrindori bo‘ldi. Shuningdek, No‘’mon milliy terma jamoamizning Jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi tarixiy — ilk goli muallifi hisoblanadi.

Ammo shu davrlar mobaynida u doim Qo‘qon futboliga befarq emasligini namoyish qilgan, doim o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar ishqibozlari qarshisida to‘p surish, ularning olqishlariga sazovor bo‘lish orzusida ekanini yashirmagan. Ammo No‘’mon Hasanovning saviyasi va ambisiyalari Qo‘qondagi klubning moliyaviy holatiga mos kelmasdi, ishqibozlar buni to‘g‘ri qabul qilardilar.

Ko‘pchilik noprofessionallikka yo‘yishi mumkin, ammo shu faktki, Hasanov o‘zi to‘p suradigan klublar bilan Qo‘qonda mehmon bo‘lganida, o‘yin jamoasi uchun har qancha muhim bo‘lmasin, maydonga tushmasdi. Qo‘qonlik muxlislar qarshisida, ular muxlislik qiladigan jamoaga qarshi to‘p surishga botina olmasdi ko‘pincha.

Vaqt o‘tdi. «Qo‘qon» klubining Nu’mon Hasanov yordamiga muxtoj bo‘lib qoldi. Yo‘q, men ushbu mavsumni nazarda tutmayapman. 2004 yil edi. Jamoa oliy ligada birinchi davradan so‘ng atigi 7 ochko to‘plab, so‘nggi pog‘onani egallab turar, mavsumni qutqarib, oliy ligadagi o‘rini saqlab qolish imkonsiz edi go‘yo.

Hali ham O‘zbekistondagi yetakchi futbolchilardan biri bo‘lishiga qaramasdan, u autsayder jamoada o‘ynashga oshiqdi. O‘ynovchi murabbiy sifatida Qo‘qonga kelgan Hasanov o‘zi bilan birga Mahmudov, Qambaraliyev, Namozov, Rahmonqulov kabi kuchli futbolchilarni olib keldi. Ikkinchi davrada jamoa tarkib jihatidan ham, o‘yin jihatidan ham oliy liganing kuchli jamoalaridan biriga aylandi va mavsumni qutqarish uchun ishga kirishdi. Jamoa ikkinchi davrada 25 ochko jamg‘arib, 13-o‘ringa ko‘tarilishning uddasidan chiqdi.

Afsuski moliyaviy sabablar tufayli baribir Qo‘qon keyingi mavsumda oliy ligada o‘ynolmadi. Hasanov va «Qo‘qon» ikkinchi marta uzoq muddatga xayrlashdilar.

O‘tgan mavsum boshida, «Qo‘qon 1912» jamoasi yana o‘sha 13 yil oldingidek holatga tushib qolgandi. So‘nggi yillardagi ketma-ket murabbiy almashtirishlar, futbolchilarning kelib ketishlari natijasida, jamoa o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘lmay, bir qator salbiy natijalarga o‘ralashib qoldi. Birinchi davra yakunida «Qo‘qon» atigi 9 ochko to‘plab, oxirgi o‘rinlardan biriga mustahkam joylashib qolgandi.

Murabbiy sifatida ishlashni boshlab ulgurgan, «Paxtakor»dan iste’foga chiqarilgan No‘’mon Hasanov yana qo‘qonliklar joniga oro kirdi.

O‘yinlarni ko‘rmagan muxlislar oradagi farqni balki faqat ochkolarda ko‘rar, ammo e’tirof etish joizki, No‘’mon Hasanov qo‘l ostida jamoa nafaqat ochko qo‘lga kiritishni boshladi, balki o‘yinni tashkil qilish, hujumkorlik, to‘pni nazorat qilish va muxlislarga yoqadigan futbol o‘ynash borasida ham bir necha qadam oldinga tashlay oldi.

Eng avvalo, No‘’monning seleksiya borasidagi ijobiy ishlarini, ya’ni, u tomonidan tarkibga jalb qilingan futbolchilarning xoh yosh, hoh legioner bo‘lmasin, qisqa vaqtda jamoaning muhim bo‘lagiga aylana olganliklari maqtovga loyiq. Jumladan, Javohir Siddiqov, Suhrob Berdiyev, Nikita Ribkin kabi yosh futbolchilar, Darko Gojkovich va Nikola Valentich kabi legionerlarni alohida tilga olinishga arziydilar. Shuningdek, Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov, Ma’ruf Zokirjonov, Avaz Mamatxo‘jayev kabi mahalliy futbolchilar ham aynan No‘’mon Hasanov qo‘l ostida asosiy tarkibda maydonga tushib, muxlislarning yoqimtoylariga aylanib ulgurdilar.

Ushbu futbolchilar yordamida jamoa ikkinchi davrada 20 ochko (ligada 9-natija) jamg‘ardi, oxirgi 5 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. «Qo‘qon» nafaqat oliy ligadagi o‘rnini saqlab qoldi, balki ancha kuchliroq tarkibga ega bo‘lgan tajribali «Olmaliq», «Navbahor» kabi jamoalarni ham ortda qoldirib, mavsumni 12-o‘rinda yakunladi. Mahalliy muxlislar jamoaning kelajagiga va potensialiga katta ishonch va qiziqish bilan boqmoqdalar.

No‘’mon Hasanov futbolimizda o‘z nomiga ega bo‘lib, faoliyati davomida bir qator sovrinlarni yutgan bo‘lsa-da, ikki sabab tufayli men uni omadsiz deb bilardim.

Birinchisi, katta iqtidorga ega bo‘lgan futbolchining shakllanish davri biroz noto‘g‘ri vaqtga to‘g‘ri kelib qolganligi. Ya’ni uning o‘z iqtidorini sayqallab, futbolchi sifatida keyingi bosqichga qadam qo‘yadigan payti o‘tish davriga to‘g‘ri keldi. Sobiq ittifoq chempionati to‘xtatildi, futbolchilar turli jamoalarga tarqab ketdilar, No‘’monda bir necha yil yuqori saviyada to‘p surib, yanada rivojlanib borish imkoniyati bo‘lmadi.

Ikkinchisi, u bir necha bor terma jamoamiz safiga chaqirilib, muhim o‘yinlarda maydonga tushgan bo‘lsa-da, bir jihatdan omadi kelmagan. U Mirjalol Qosimovdek futbolchi bilan bir davrda tug‘ilib, bir davrda o‘ynadi va maydondagi amplua, vazifa, o‘yin uslubi borasida Mirjalol bilan deyarli bir xil edi. Natijada murabbiylar ulardan birini tanlashga majbur bo‘lib qolardilar. Milliy chempionatimiz tarixida Hasanov saviyasidagi futbolchilar barmoq bilan sanoqli bo‘lsa-da, aynan mana shu sabab tufayli ko‘pincha u terma jamoadan chetda qoldi. Hech qachon terma jamoaning muhim futbolchisi bo‘la olmadi.

Ammo endi No‘’mon Hasanov yangi ampluada futbolimizga kirib kelmoqda. Uning murabbiylik faoliyatida «Paxtakor» tajribasi ham bor, to‘g‘ri, ammo aynan «Qo‘qon»dagi ishlari orqali u yana o‘ziga nom qozonishi, murabbiy sifatida o‘z uslublarini namoyish qilishi mumkin.

Garchi u Qo‘qonda u qadar ko‘p o‘ynamagan bo‘lsa-da, uning futbolchilik davri tilga olinganda, «Paxtakor» yoki «Do‘stlik»dan ko‘ra, Qo‘qon ko‘proq eslanganidek.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:57, 09.01.2017. O'qildi: 7112 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик