Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

  • APL
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • 3:2
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • 2:0
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • 1:0
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • 2:3
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • 0:3
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • 2:3
      • Selta
      • 27.10.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Alaves
      • 28.10.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • 2:1
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • 2:2
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Bolonya
      • 27.10.2025 00:45
      • Lasio
      • 1:0
      • Yuventus
      • 28.10.2025 22:30
      • Lechche
      • -:-
      • Napoli
  • Superliga
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • 1:1
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Mash’al
      • 27.10.2025 18:30
      • Surxon
      • -:-
      • Andijon
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 10 27
2 Barselona 10 22
3 Vilyarreal 10 20
4 Espanyol 10 18
5 Atletiko 9 16
6 Betis 9 16
7 Rayo Valyekano 10 14
8 Elche 10 14
9 Atletik Bilbao 10 14
10 Xetafe 10 14
11 Sevilya 10 13
12 Alaves 10 12
13 Selta 10 10
14 Osasuna 10 10
15 Levante 10 9
16 Malyorka 10 9
17 Real Sosyedad 10 9
18 Valensiya 10 9
19 Real Ovyedo 10 7
20 Jirona 10 7

O'tgan o'yinlar.

10-тур Real Sosyedad 2-1 Sevilya
10-тур Jirona 3-3 Real Ovyedo
10-тур Espanyol 1-0 Elche
10-тур Atletik Bilbao 0-1 Xetafe
10-тур Valensiya 0-2 Vilyarreal
10-тур Malyorka 1-1 Levante
10-тур Real Madrid 2-1 Barselona
10-тур Osasuna 2-3 Selta
10-тур Rayo Valyekano 1-0 Alaves

Navbatdagi o'yinlar.

28/10/25 Betis - Atletiko

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7613 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2784 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      20:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      22:05 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      23:25 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Кадис" - "Бургос". Прямая трансляция.
      01:25 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 4.
      13:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      17:30 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      19:40 "Небесная грация".
      20:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 1.
      22:10 "Непобедимый".
      22:40 "Страна спортивная".
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Женщины.
      01:15 "Команда мечты".
      01:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      03:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Новости.
      12:05 Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      18:20 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      20:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Локомотив" (Ярославль). Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Кремонезе" - "Удинезе". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      04:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 27.10.2025

      06:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      07:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 15. Мюре - Каркасон.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      10:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Командные соревнования.
      11:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 15 в Рабате, Марокко.
      15:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      17:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Обзор.
      21:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 16. Монпелье - вершина Ванту.
      03:45 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Fyodorov: “YAngi mavsumda yanada kuchli “Neftchi”ni ko‘ramiz”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Oliy liganing barcha klublari qatori “Neftchi” futbol jamoasi ham qizg‘in tarzda yangi mavsumga tayyorlanmoqda.  Tabiiyki, o‘tgan yilgi natijalar klub rahbariyati va jamoa muxlislarini qoniqtirmadi.

Shu maqsadda murabbiylar shtabi yangi mavsum bo‘yicha bir qator istiqbolli rejalar tuzib chiqishmoqda. Maqsad yaqinlashib kelayotgan mavsumda yaxshi natijalar qayd etish hamda o‘tgan yilgi holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda yangi mavsumga xozirlanishdir. Ayni paytda “Neftchi” futbolchilari Qirgulidagi qarorgohda mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Tarkibda jamoa bilan xayrlashganlar va “Neftchi” safiga kelib qo‘shilgan yangi nomlar ham bor. Albatta jamoadagi o‘zgarishlar, so‘nggi yangiliklar jarayoni klubning sodiq muxlislarini befarq qoldirmaydi. Shu maqsadda kuni kecha jamoa bosh murabbiy Andrey Fyodorov “Neftchi” matbuot xizmatiga maxsus intervyu berib o‘tdi. Klub rasmiy sayti uchun uyushtirilgan suhbatda murabbiy keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan bir qator masalalarga to‘xtaldi.

– Andrey Vitalyevich, mana sekin asta yangi mavsum ham yaqinlashib kelmoqda. Dastlab, ortda qolgan Oliy liga-2016dagi umumiy taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

Nihoyalangan mavsumda jamoamizda bir qator kamchiliklar yuzaga keldi. Mavsum tugaganidan so‘ng klub rahbariyati bilan 2016-yilgi chempionatni muhokama qildik. Nega bundan natija qayd etildi? Qayerda, qanday kamchiliklar bo‘ldi ? Qanday holatlarga e’tibor keragidan past darajada kuzatildi va bundan keyin ishni qay yo‘sinda davom ettirish lozim zamiridagi savollarni o‘rtaga tashladik. Aytish kerakki, Oliy liga-2016ga tayyorgarlik jarayonida biz murabbiylar shtabi futbolchilarga o‘z falsafa va taktikalarimizni singdirishga urindik. Biroq bu jarayon biz kutgandek samara bermadi. Yigitlarga 2015-yildagi kuchli beshlikka kirishimiz ularni havolantirib yubormasligini tushuntirdik va boshlanayotgan mavsum og‘ir o‘tishi borasida suhbatlashdik. Biroq birinchi turda “Bunyodkor” bilan o‘yindagi ilk mag‘lubiyat xavotirlarimiz o‘rinli ekanligini isbotlab berdi. Ochig‘ini aytaman, taktik va jismoniy tayyorgarlik borasida jiddiy kamchiliklarga duch kelmadik hamda bu jihatdan biron klubdan kam joyimizni ko‘rmadim. Faqat futbolchilardagi raqibning kuchiga to‘g‘ri baho bermaslik va sust ruhiy tayyorgarlik mavsum davomida bizga ko‘p pand berdi. Oliy liga-2015 startini ketma-ket durang bilan boshlagandik biroq keyinchalik g‘alabali seriya bilan mavsumni davom ettirdik. Lekin joriy mavsumda bunday holat kuzatilmadi. To‘g‘ri Oliy liga grand klublariga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etdik va shunga monand natija qayd etildi. Biroq bunday o‘yinni xar bir bahs, xar  bir raqibga qarshi namoyish etilishi kerak va shart edi.

Barcha klublar qishki yig‘in chog‘ida o‘z tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratadi. Ayni paytda muxlislarni jamoadan ketganlar va tarkibga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarning nomi qiziqtirmoqda. Tabiiyki, Mansur Saidov va Shukurali Po‘latov singari yetakchi futbolchilarni ketishi ishqibozlarni biroz xavotirga solgan. Mazkur vaziyat borasida izoh bersangiz ?

– Mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoamizdagi futbolchilar bilan muzokaralar olib borildi va bu holat hali hamon davom etyapti. Kelasi mavsum ham safimizda qolishni istagan futbolchilarning oldiga o‘z talablarimizni qo‘ydik. Biz futbolchidan faqat bir narsani talab qilamiz: Bu sifatli futbol! Maydonda jamoa uchun borini berib o‘ynashi kerak. Yangi taklif qilinadigan o‘yinchilarimiz amaldagi tarkib ijrochilaridan bir bosh ustun bo‘lishi shart. Bizga bir xil saviyadagi o‘yinchilar kerak emas. Chunki raqobat bor joyda o‘sish kuzatiladi. Jamoamizda yosh, shu bilan birga katta futbolda tajriba yig‘ayotgan yigitlar ko‘plab topiladi. Yangi kelayotganlar amaldagi tarkib futbolchilarga xar taraflama o‘rnak bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Xa, safimizga allaqachon yangi nomlar qo‘shilishga ulgurgan. Biroq ular haqida xozircha gapira olmayman. Chunki yangilar jamoa ko‘rigida bo‘lib turishibdi. Agar ushbu o‘yinchilar bilan shartnoma qilsak, ularni matbuotda rasman e’lon qilamiz. Jamoamiz bilan xayrlashganlarni esa ma’lum qilsam bo‘ladi. Shukur Po‘latov, Alisher Samatov, Mansur Saidov hamda Akmal Xolmatovlar o‘z faoliyatlarini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qilishdi. Bu degani ular abadiy “Neftchi”ni tark etdi degani emas. Keyinchalik balki bir-ikki mavsum o‘tib yana jamoamiz safiga qaytishlari ham mumkin. Bu xayot, bu futbol. Unda xar doim o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu real holat.  Haqiqatdan ham Mansur va Shukurali joriy mavsumda ishonchimizni oqlab yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Biroq kimlar bilandir o‘zaro kelishgan holda xayrlashdik boshqalariga esa ham moliyaviy xam ko‘plab jihatlardan qulayroq  takliflar bo‘lgani sababli o‘z jamoalarini o‘zgartishdi. Biz “Neftchi”ni tark etganlar bilan hali ham do‘stona munosabatamiz. Ular professional futbolchilar va vaziyatga ham shu yo‘sinda qarashdi. Ushbu vaziyatda xech kim bir-biridan hafa bo‘lgani yo‘q. Shukur Po‘latov va Mansur Saidov saviyasidagi futbolchilarga Oliy liga klublari ichida talab katta hisoblanadi.  Aytish kerakki, bizni tark etgan sobiq futbolchilarimiz boshqa jamoa safida o‘zlarini sinab ko‘rishni istashdi. Men esa ularga omad tilab qolaman. Barchasi mening qo‘limda bo‘lganida albatta ularni jamoada olib qolgan bo‘lardim.  Endi bor e’tiborni yangi mavsumga qaratishimiz kerak.

Reja va maqsadlarim ko‘p. Birinchi galda jamoaning o‘yin uslubiga yangi o‘zgartirishlar kiritmoqmiz. Chunki o‘tgan yilgi o‘yin falsafalar bilan qolsak, bir joyda qotib qolamiz. Futbolga yangiliklar kerak. “Neftchi” yangi mavsumda yanada sifatli, kuchli, chiroyli va samarali futbol namoyish etadi. Bu bizning asosiy va ustuvor maqsadimiz hisoblanadi. Albatta tarkibga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarga ham ko‘p narsa bog‘liqdir. Hozircha Qirgulida yengil mashg‘ulotlar bilan cheklanib turibmiz. Asosiy tayyorgarlik bosqichiga Toshkent yig‘inidan boshlab kirishamiz.      Tezroq seleksiya jarayonini yakunlab optimal tarkibni shakllatirib olishimiz zarur. Chunki keldi-ketdilar yakunlanmay turib jamoa o‘yini ustida ishlash samara bermaydi.

– Demak bu yil ham jamoa o‘zagini saqlab qolishga asosiy e’tiborni qaratasiz. Shundaymi ?

  – Albatta! Bir qator chiziqlarda o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Lekin jamoa o‘zagi saqlab qolinadi. Meni bir holat quvontiradi. Ya’ni “Neftchi” jamoasi 2015-yilgi tarkibini bugunga qadar saqlab qolmoqda. Bu esa yaxshi holatdir. Xar mavsum yangidan jamoa tuzib undan natija kutish yaxshimi yoki mavsumlar oralig‘ida bir qator chiziqlarni kuchaytirib, asosan jamoa o‘yini ustida ishlash ma’qulmi ? Xar yili 9-10 nafar futbolchi bilan xayrlashib yana o‘rniga ko‘plab ijrochilarni olib kelinaversa natija bo‘lmaydi. Jamoa sifatida rivojlanish uchun vaqt kerak. Men shunday fikrdaman.

– Joriy mavsumning so‘nggida klub rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijasidan kelib chiqib ayta olasizmi, “Neftchi” futbol klubi yangi mavsumda o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yadigan bo‘ldi ?

Xa, haqiqat ham klub rahbarlari bilan uchrashdik. Biroq jamoa oldiga qo‘yiladigan vazifa haqida xozir so‘z ocha olmayman. Bu masala ochiq turibdi. Jamoa rahbarlari “Neftchi”ni turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bo‘lishini istashyapti. Ochig‘ini aytaman, jamoa oldiga qo‘yiladigan aniq vazifa mart oyida start oladigan chempionat arafasida aniq bo‘ladi.  Chunki yangi mavsum uchun optimal tarkibimiz qanday ko‘rinishda bo‘lishi hozircha ma’lum emas. Bu jarayon ortda qolganidan so‘ng jamoa imkoniyatlarga qarab, mavsumiy vazifa borasida yakuniy qarorga kelinadi.

Seleksiya jarayoni qizg‘in. Aytingchi, yangi mavsum uchun legioner futbolchilar ham taklif etiladimi ?

O‘zim Rossiya futbolida seleksioner murabbiy bo‘lib ishlaganim uchun bu masalada juda talabchanman. Xa, haqiqatdan ham “Neftchi” klubi xorijlik bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu masala tez orada hal bo‘lishi kerak. Shaxsan men jamoamiz safida xorijlik kuchli ijrochilar bo‘lish tarafdoriman. Lekin bu juda nozik masala. Rossiyada ishlab yurgan kezlarim sport agentlari menga qo‘ng‘iroq qilib ko‘plab o‘yinchilarni tavsiya qilishardi. Lekin men ushbu o‘yinchilarni bosh murabbiyga ma’lum qilishga shoshilmasdim. Avval uni professional mahoratini keyin oddiy inson sifatida qanday ekanligini o‘rganardim. Bu jarayonda shoshmaslik kerak. Farg‘onaga keladigan legioner futbolchilarga avval bu yerdagi muhim, shart-sharoitlar haqida tushuncha berish kerak. Chunki uzoq yurtdan bu yerga kelganidan so‘ng bizdagi sharoitlar unga manzur bo‘lmasa bu unga ruhiy tarafdan ta’sir o‘tkazishi mumkin. Oqibatda futbolchi mashg‘ulotlarda va rasmiy o‘yinlarda o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmaydi. Bilasizmi, men qanday legioner o‘yinchi istardim? Xorijlik futbolchi bu yerga faqat shartnomasini o‘tashi, oylik maoshini olib yana yurtiga qaytib ketishi uchun emas balki Farg‘onadagi maxalliy yoshlarga ko‘p taraflama saboq bo‘lishi kerak. Bizda iqtidorli yoshlar juda ko‘p. Faqat ularga to‘g‘ri yo‘nalish va saboq berish lozim. Ayniqsa mana shunday legioner futbolchilardan ko‘p narsalar o‘rganishsa bo‘ladi. Murabbiy saboq bergani boshqa yashil maydonda yelkama-elka turib to‘p surish orqali o‘rgangani boshqa bo‘ladi.

“Neftchi”da 3 ta hujumchi bor. Sherzod Hakimov, Otabek Isroilov hamda Murod Bobojonovlar bir-necha mavsumdan beri jamoa sharafini himoya qilib kelishmoqda. Aytingchi, hujumdagi raqobatni yanada oshirish maqsadida yangi hujumchi nomlarni ko‘rishimiz mumkinmi?

Bu yil Sherzod Hakimov o‘z o‘yinlarini orqali alohida ko‘zga tashlanganini aytib o‘tish mumkindir. Umid qilamanki, Sherzod bu yil ham biz bilan birga qoladi va jamoa sharafini himoya qilishda davom etadi. Murod Bobojonovni jarohat ko‘p bezovta qildi. Shuning uchun u o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochib bera olmadi. Lekin men Murodning iqtidoriga shubha qilmayman. Hali u o‘zini ko‘rsatadi. Otabek esa garchi samarali mavsum o‘tkazmagan bo‘lsada o‘zi maydonga tushgan bahslarda ishiga sidqidildan yondoshdi, jamoa uchun borini berib o‘ynadi. Qo‘l ostimdagi xar bir hujumchini ustun taraflari bor. Qaytaraman, men ularga ishonaman va yangi mavsumda ham birga ishlaymiz degan niyatim bor. Shuningdek, o‘tgan mavsum ikkinchi davrada safimizga kelgan Nikita Pavlenkoda ham hujumda o‘ynash uchun yaxshigina mahorati mavjuddir. Hujumchilar borasida gapiradigan bo‘lsam, yurtimizda yuqori saviyali hujumchilar sanoqli hisoblanadi. Ularning aksariyati poytaxt klublari yoki grand jamoalar safida o‘ynashadi. Hujumchi borasida bizning rejalar ko‘proq yoshlar siyosatiga borib taqaladi.  Yuqorida aytib o‘tganimdek, Farg‘onada iqtidorli yoshlar ko‘p. Jamoamiz uchun mahoratli hujumchilarni o‘zimizda yetishtirib chiqarmoqchimiz. Quvonarli tomoni, o‘tgan yilgi mavsum davomida bir qator “Neftchi” yoshlar jamoasi a’zolarini Oliy ligada maydonga tushirdik, imkoniyat berdik. Nafaqat hujum chizig‘ida balki barcha chiziqlarga yoshlar jamoamizdan iqtidorli o‘yinchilarni tayyorlab boryapmiz. Yangi mavsumda yosh tarbiyalanuvchilarimizni porlab chiqishi kutilmoqda.

Sizga so‘nggi savol bilan murojaat qilmoqchiman. Matbuotda “Neftchi” futbolchilariga boshqa klublardan bo‘layotgan qiziqishlar haqida xabaringiz bormi? Masalan darvozabon O‘tkir Yusupovga bir qator klublar taklif bilan chiqqani matbuot sahifalarida keng yoritilmoqda. Shuningdek, Sherzod Hakimovga ham “Buxoro” klubini chorlovi borasida fikrlaringiz ?

Xa albatta bosh murabbiy sifatida bu takliflardan xabarim bor. Biroq bu futbolchilarni klubimiz bilan shartnomasi mavjud. Hakimov va Yusupovdek yuqori saviyali futbolchilarga qiziqish va takliflar bo‘lishi aniq. Bizning vazifamiz esa o‘yinchilarni jamoada saqlab qolishdir. Aytish kerakki, meni futbolimizdagi bir holat ko‘p tashvishga soladi. Ko‘plab futbolchilar klublar bilan bir yillik shartnoma imzolashadi va mavsum tugaganidan so‘ng yana jamoani almashtirishadi. Xar yili u jamoadan bu jamoaga ko‘chib yurish odatiy holga aylangan. Bunda esa o‘sish bo‘lmaydi. Mazkur vaziyatda esa faqat futbolimiz yutqazadi.   2015-yili 5-o‘rinni qayd etganimizdan so‘ng bizning ko‘plab futbolchilarimizga takliflar paydo bo‘la boshladi. Biroq jamoa o‘zagini saqlab qolish uchun amaldagi tarkibdagi yigitlar bilan kamida 2 yillik shartnomalarni amalga oshirdik. Shu yo‘sinda asosiy tarkibni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lyapmiz.

– Mazmunli suhbat uchun rahmat. O‘ylaymizki, mazkur intervyu orqali muxlislar ko‘plab savollariga javob olishdi. Yangi boshlanayotgan mavsumda Siz va “Neftchi” jamoasiga omad tilab qolamiz!

– Rahmat!

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:13, 09.01.2017. O'qildi: 11099 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 9
2 Атлетико Xulian Alvares 6
3 Леванте Karl Etta-Eyong 5
4 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
5 Барселона Ferran Torres 4
6 Леванте Ivan Romero 4
7 Бетис Kucho Ernandes 4
8 Эспаньол Pere Milya 4
9 Барселона Robert Levandovski 4
10 Эльче Andre Silva 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.