Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • -:-
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • -:-
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Top-klublar 10 yil avval

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

UEFA tomonidan e’lon qilinadigan top-klublar reytingining 2006 yilgi ro‘yxatida «Manchester Siti» 93-o‘rinda qayd etilgandi. O‘sha paytda bu jadvaldan «Lester»ga o‘rin topilmagani mayliku-ya, «Atletiko» va «Napoli» ham bo‘lmaganiga nima deysiz? Bombardir.ru hozirda o‘zgacha tuyulayotgan klublar pozisiyalariga nazar tashlaydi.

1. «PSJ» (Fransiya)

Hozir: 6-o‘rin;                10 yil avval: 51-o‘rin

Agar 20 yil ortga nazar tashlasak, parijliklarni hozirgi o‘rinlarida ko‘rishimiz mumkin - o‘shanda ular Chempionlar Ligasi yarim finaliga etib borib, Kubok egalari kubogida zafar quchishgandi. Oradan 10 yil o‘tib, «PSJ» dastlab ikki marta 9-o‘rinni egalladi, so‘ngra tarkibida yoshi o‘tib qolgan Pauleta bilan ikki mavsum elitada qolish uchun kurashdi. 2011 yili qatarliklar katta pul sarflashgach, klubning ishlari yurishib ketdi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida chempionlik sovrini Parijga yo‘l olmoqda, ECHLda esa klubning kuchi 1|4 finalgacha etyapti, xolos.

2. «Manchester Siti» (Angliya)

Hozir: 13-o‘rin;             10 yil avval: 93-o‘rin

Ha, o‘shanda «shaharliklar» Venaning «Austriya», Krakovning «Visla» klublaridan pastroqda joylashishgan. Agar «Siti»ning 10 yil avval APLda muntazam o‘ynamagani, chempionshipni tez-tez ziyorat etganini inobatga olsak, ajablanmasa bo‘laveradi. Evrokuboklarda esa 1978 yildan so‘ng ilk marta 2003 yili qatnashib, dastlabki bosqichlardayoq Polshaning «Groslin» klubiga yutqazdi. Binobarin, «Manchester Siti»da Simen, Makmanaman, Fauler, Anelka singari o‘tmishning superyulduzlari to‘p surishardi. Xullas, klubni 2008 yili BAA ishbilarmonlari sotib olishlaridan avval hozirgi «Stok Siti» saviyasida o‘yin ko‘rsatardi. O‘zgarishlar o‘z so‘zini aytdi: chempionlik, kuboklar, ECHLda esa beshinchi urinishda yarim final zabt etildi.

3. «Atletiko» (Ispaniya)

Hozir: 4-o‘rin;               10 yil avval: -

Evropaning 268ta klubi orasida «matraschilar»ga joy topilmagan kunlar ham bo‘lgan. Agar millionlar o‘yiniga endigina qiziqayotgan muxlislarga bir vaqtlari Madrid klubi segundaga tushib, u erda ikki mavsum o‘tkazgani aytilsa, ishonishlari qiyin. Elitaga qaytgach esa, sevimli 11-o‘rindan pastlashmagan, maksimum 7-pog‘ona egallangan. Shu tariqa Intertoto kubogida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan «Atletiko» finalda «Vilyarreal»ga yutqazgan. Yana bir ettinchi o‘rin 2006|2007 yillar mavsumiga to‘g‘ri kelib, o‘shanda UEFA kubogida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi. O‘shandan buyon «matraschilar» to‘rtta evrokubok (ikkitadan Evropa Ligasi va UEFA superkubogi) sohibiga aylanishdi. Ikki marta ECHL finalida mag‘lubiyatga uchrashgani esa alohida mavzu. Bu natijalarning barida besh yildan buyon klubni ajoyib tarzda boshqarib kelayotgan Diego Simeonening xizmatlari yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmas.

4. «Napoli» (Italiya)

Hozir: 16-o‘rin;             10 yil avval: -

«Napoli» 2004 yili katta qarzlar tufayli faoliyatini to‘xtatgan ekan, UEFA reytingini o‘ylashga vaqt topilarmidi? Yaxshiyamki, Aurelio De Laurentis futbolga qiziqarkan, u klubni «S» seriyadan elitaga olib chiqdi. 2008 yilda neapolliklar evrokuboklarda qatnashishdi, so‘ngra ikki marta Italiya kubogini qo‘lga kiritishdi, ECHLdagi yorqin o‘yinlari bilan yodda qolishdi, shu tariqa «YUventus» chempionlik poygasida yana bir raqibga ega bo‘ldi. Hozirda Evropaning uncha-muncha grandiga muammo tug‘dirishlari mumkin. 10 yil avval esa «Napoli» buni faqat orzu qilishi mumkin edi.

5. «Tottenxem» (Angliya)

Hozir: 20-o‘rin;                         10 yil avval: -

Hozirda «shporlar» UEFA reytingida «MYU»dan atigi bir pog‘ona pastda turishibdi, vaholanki, o‘n yil avval APL turnir jadvali o‘rtalarida yurishardi: juda pastlashmasdi, ECHL yo‘llanmasi ham qo‘lga kiritilmasdi. Evrokuboklarda so‘nggi 15 yilda bor-yo‘g‘i bir marta qatnashish nasib qildi, ammo UEFA kubogining ikkinchi raundida «Kayzerslautern»ga imkoniyat boy berildi. Xoddl, Santini, Yol, Ramos kabi murabbiylar klubni yuksaltira olishmadi, chunonchi, gollandiyalik mutaxassis qo‘l ostida «Tottenxem» yuqori to‘rt­likka kirishga urinib ko‘rdi. 2008 yilning kuzida jamoa ustozi sifatida Xarri Rednapp tayinlangach, vaziyat ijobiy tus oldi: «Tottenxem» ikki marta 4-o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi chorak finaligacha chiqishni uddaladi.

6. «Volfsburg» (Germaniya)

Hozir: 32-o‘rin;             10 yil avval: -

O‘sha kezlari «Volfsburg» bundesligada alohida ajralib turmasdi, asosan yuqori o‘nlikdan joy egallab, Intertoto kubogi bahslari bilan ovunardi. 2009 yili klub shov-shuvli tarzda chempionlikni nishonladi, tez-tez evrokuboklarning bahorgi bosqichida ko‘rinish berdi. So‘ngra yana ichki chempionat o‘rtamiyonasiga aylandi. Albatta, hozirgi kunda jamoada yana pasayish kuzatilmoqda va umuman, autsayderlar safida yuribdi. Vaholanki, «bo‘rilar» joriy yilning bahorida «Real»­ni ECHL chorak finalidan chiqarib yuborishga yaqin kelishgandi. Agar shunday bo‘lganida, Simeone shogirdlari juda quvonishardi-da.

7. «Borussiya M» (Germaniya)

Hozir: 38-o‘rin;             10 yil avval: -

Bu o‘rinda ham UEFA reytingi haqida gap bormasligi kerak, zero «Borussiya» M. asosan bundesliga turnir jadvalining quyi pog‘onalarida yurar, 2007 yili esa umuman elitani tark etgandi. Yana kuchlilar safiga qaytganidan keyin ham jamoada katta o‘zgarish kuzatilmadi - yana o‘sha autsayderlik. Faqatgina 2012 yilga kelibgina klub nihoyat, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib, Chempionlar Ligasi madhiyasi ostida o‘yin boshlash huquqini qo‘lga kiritdi. Albatta, Kievning «Dinamo»siga yutqazib qo‘yilgach, guruh bosqichi ham orzuligicha qolib ketdi. Keyingi mavsumlarda esa bu orzu amalga oshdi, balki menxengladbaxliklar muvaffaqiyatli to‘p surishmagandir, ammo ECHLda ortiqcha emasliklari aniq edi.

8. «Lester» (Angliya)

Hozir: 61-o‘rin;             10 yil avval: -

Albatta, bu ro‘yxatda «Lester»ga o‘rin yo‘q edi. 2006 yilgi reyting tuzilayotganda, «tulkilar» chempionshipda qolish uchun kurashishayotgan, ikki yildan so‘ng baribir, yanada quyiroq divizionga tushib ketishgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib APLda o‘sha ertaknamo g‘alaba qo‘lga kiritildi, muxlislar bu voqeani hali uzoq vaqt eslab yurishlari tayin. Hozir «Lester» yana avvalgi joyi - autsayderlar safiga qaytmoqda, Chempionlar Ligasida ham uzoqqa borolmasligi ehtimoli yuqori. Shunga qaramay, so‘nggi o‘n yillikdagi tafovut ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq - chempionshipdagi 16-o‘rin qayoqda-yu, ECHL 1|8 finaliga osonlikcha chiqish qayoqda...

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:45, 16.01.2017. O'qildi: 8893 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.