Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qariya» Zlatan sarguzashtlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kim nima desa deyaversinu, ammo kuchli chempionatlarda to‘p surib, bir yil davomida naq 50 ta to‘pni raqib darvozasiga aniq yo‘llash - uncha-muncha hujumchining qo‘lidan kelavermaydi. Biroq allaqachon «qariya» deb e’tirof etilgan shvesiyalik superhujumchi Zlatan Ibragimovich buni uddaladi. «Sokker.ru» mazkur natijadan hayratlanib, futbolchi haqida alohida to‘xtalishni lozim topdi.

APL uchun «juda qari»

Bundan uch yilcha muqaddam Ibragimovich aytgandiki, u endi APL uchun juda «qarib» qoldi va bunday sarguzasht Zlatanga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq u shu so‘zlarni ayta turib, «futbolda hech narsani oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi», deb qo‘shimcha ham qilgandi. Mana endi ko‘rinib turibdiki, Zlatan 35 yoshida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda va APL hujumchi uchun unchalik muammoli emas. Umuman olganda, APLning bu yilgi mavsumi hayratlarga boy o‘tmoqda. Masalan, Yevropaning kuchli top-5 chempionatlaridagi klublar orasida «Liverpul» boshqalardan ko‘proq, ya’ni jami 260 marta xavfli vaziyatlarni yaratdi. Vaholanki, Milner, Lallana va Firminolarning saviyasini Inyesta va Messilar bilan taqqoslash qiyin. So‘nggi yillarda APLning eng sermahsul hujumchisi sifatida harakat qilayotgan Aguero esa qanchalik intilmasin, Argentina terma jamoasida Iguainni asosiy tarkibdan chiqarib yubora olmayapti. Zamonaviy afsonalarga ko‘ra, hatto Messi va Ronaldular ham APLda hozirgidek ko‘p gol ura olishmagan bo‘lardi. Ehtimol, shundaydir?! Ammo bu holatda Messining CHL o‘yinlarida ingliz jamoalari darvozasini tinmay nishonga olayotganini qanday qilib tasodifga yo‘yish mumkin?!

Nima deb o‘ylaysiz, balki, Ibragimovichning APLdagi yuksak natijalari ham tasodifdir? Yo‘q, biz bunday deb o‘ylamaymiz. Negaki, bungacha Italiya, Ispaniya va Fransiya chempionatlarida o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi keyingi ish joyi sifatida bejizga Tumanli Albionni tanlamadi. Chunki u mazkur chempionatda puldan ham muhimroq narsalar borligini yaxshi bilardi. Ustiga-ustak, APL - joziba va kutilmagan voqealarga boy turnir. Deylik, «qo‘pol» Kosta va «bebosh» Azarlar boshqa chempionatlarda ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Lekin ularda kuchli iroda bor va shuning uchun ham bu ikki futbolchi APLda «Barselona»ga o‘tib ketgan Suaresning yo‘qligini bildirishmayapti. Yoki aytaylik, kechasi bilan o‘lgudek ichib, yana qo‘rqmasdan mashina ruliga o‘tiradigan Firminoni Angliyadan boshqa joyda qo‘llab-quvvatlashlari juda qiyin masala. Mana endi ular safini shvasiyalik «betamiz», o‘ylaganini gapiradigan yana bir noodatiy futbolchi to‘ldirdi. Demak, Zlatanning so‘nggi vaqtlardagi sarguzashtlariga yana bir bor atroflicha nazar tashlash o‘rinli.

Futbol uchun puldan voz kechish

O‘tgan yil avvalida Zlatan hayotida muhim voqea yuz berdi - uni Xitoy klublaridan biri o‘z safiga chorladi. Ibraning agenti Mino Rayolaning so‘zlariga qaraganda, shvesiyalik hujumchiga yiliga 100 million yevro maosh taklif qilishgan. OAVlarda esa bu miqdor 74 million yevro miqdorida ko‘rsatilgan. Shu bois, «Manchester Yunayted» rahbarlari forvard jamoada bir yildan ko‘proq qoladimi-yo‘qmi, ishonchlari komil emas. Lekin shunisi aniqki, Zlatan PSJdagi hukmronlik tugaganidan so‘ng Fransiyadan keta turib, katta maoshlar va’da qilgan AQSH va Xitoydan voz kechdi. Boshqacha aytsak, u pulni emas, futbolni tanladi. E’tiborlisi, Mourinyo uni «Yunayted»ga olib kelganda, ko‘pchilik murabbiyning qarorini tanqid qilgandi. Biroq bugunga kelib, «Benazir» to‘g‘ri yo‘l tanlaganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Chunonchi, Ibragimovichsiz klubga oldingi ishonch ruhini qaytarib bo‘lmasdi. Marsyal, Depay, Reshford yoki Lingardlar ham shubhasiz, juda iste’dodli yigitlar. Ammo ularda Ibrogimovichdagidek tajriba, yetakchilik xususiyati hali shakllanmagan. Zlatan esa o‘zining 35 yoshida ham gollarni juda balandga sakrash orqali nishonlab, Lingardni cho‘chitib yuborishga qodir.

Zlatanning bir yili raqamlar va faktlarda:

- U ketma-ket 10-marta Shvesiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Albatta, bunga aslo shubha yo‘q;

- Faqatgina Messi 2016 yilda klub miqyosida Ibradan ko‘p gol urdi - 51 ta. Ibragimovichda esa bu ko‘rsatkich 50 taga teng. Afsuski, uning «Midlsbro» darvozasiga urgan goli hisobga olinmadi. Aks holda, to‘purarlik maqomi hujumchilar o‘rtasida teng taqsimlanardi;

- Zlatan - Chempionlar Ligasida ketma-ket 10 marta ishtirok etib, gol urgan yagona futbolchi;

- U Fransiyadan to‘purarlar poygasi g‘olibi sifatida ketdi (mavsum davomida  38 ta gol);

- Ibragimovich APLda ketma-ket yettita o‘yinda darvozani ishg‘ol qila olmadi;

- 2016 yili Zlatan «MYU» uchun APLda 12 ta, barcha turnirlarda esa 17 ta gol urdi;

- U Xitoydagi katta maoshdan bosh tortdi. Hozirda unga taklif qilingan miqdor borasida turli sonlar ko‘rsatiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, u Xitoy klubiga o‘tganida, Messi va Ronaldulardan ancha ko‘p oylik olardi;

- «Manchester Yunayted» shvesiyalik hujumchiga yiliga 11.5 mln. yevro maosh to‘lamoqda. Eslatib o‘tamiz, u jamoaga erkin agent maqomida o‘tgandi;

- Zlatan har bir o‘yinda o‘rtacha 4.6 marta raqib darvozasiga zarba yo‘llaydi. Shu bois u bahorda gollari soni bo‘yicha Diyego Kosta (2.9) va Sanches (3.2)lardan o‘tib ketishi mumkin;

- Zlatan va Pol Pogba - APLdagi eng qo‘pol o‘yinchilar. Ular «Midlsboro»ga qarshi o‘yingacha 38 martadan qoida buzishdi;

- Ibragimovich bosh bilan o‘ynash borasida APLda birgina Lukakudan ortda bormoqda;

- APLdagi hujumchilar orasida faqat Agueroning uzatmalari Ibragimovichnikidan ko‘ra aniqroq. Vaholanki, shved anchagina «qizg‘onchiq» futbolchilar sirasidan.

Zlatan Ibragimovich «aloqa»da:

«Erik Kantona Manchesterning «qiroli» bo‘lsa, men - shaharning Xudosiman».

«Bordi-yu, «Manchester Siti»ning birorta muxlisi men bilan uchrashib qolsa, u shu zahoti «Manchester Yunayted» ishqiboziga aylanadi».

«Agar men bundan 10 yil ilgari hozirgidek aql bilan o‘ynaganimda, yanada yuksaklarga ko‘tarilgan bo‘lardim».

«Nyu-Yorkka safar qilsangiz, nigohingiz dastlab «Ozodlik» haykaliga tushadi. Stokgolmga kelsangiz, avvalo, Zlatanning haykalini ko‘rasiz».

«Pogbaga aytdimki, u shu safar jarima zarbasini golga aylantirishi lozim. Aks holda, qaytib unga bunday imkon bermayman» (Pogba o‘sha kuni darvoza to‘sinini nishonga oldi).

«Manchester Yunayted» - PSJ kabi kuchli emas».

«Manchester - men yashagan shaharlarning eng yaxshisi».

«PSJni sog‘inyapmanmi? Men ko‘proq Parijdagi maoshimni sog‘inaman».

«Har doim Ronaldoga o‘xshashga intilganman».

«Yoshim 35da, ammo o‘zimni 20 yoshli yigitdek his qilyapman. O‘ylashimcha, 50 yoshimgacha o‘ynayversam kerak».

«Manchester Yunayted» dohiysi

Ishonchimiz komil, «APL - Zlatan uchun og‘irlik qiladi, chunki u Angliya futboli uchun ancha qarib qoldi» deb o‘ylaganlar yaqqol adashishdi. Aftidan, Mourinyo uni mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishga ko‘ndira oldi. Chunki, Yevro-2016 vaqtida forvard juda og‘ir-bosiqlik bilan harakat qilgan edi. Lekin Angliyada yangi mavsum boshlangach, Zlatan tezlik borasida hali chakki emasligi oydinlashdi. Axir, qarshi hujumlarga va tinimsiz pressingga asoslangan Tumanli Albionda o‘ynash uchun tezligingiz joyida bo‘lishi shart. Boz ustiga, Ibragimovich Manchesterga keldi-yu, darhol yetakchilikni qo‘lga oldi. Uning gollari, uzatmalari jamoaga muhim ochkolarni taqdim etyapti. Bordi-yu, u yangi yilda Pogba va Mxitaryanlarni yanada yaxshiroq tushunishni boshlasa, raqiblar uchun dahshatning o‘ziga aylanadi. Shuningdek, Ibraning 90 daqiqa davomidagi natijalari ham tahsinga loyiq: u hatto APLning barcha o‘yinlarida gol ura olmayotgan bo‘lsa-da, hozirgacha Messi La-ligada qancha to‘p kiritgan bo‘lsa, shuncha golga mualliflik qildi - 12 ta.

Yana bir muhim omil: agar kimdir klub miqyosida bir yilda Ronaldu (42ta gol)dan ko‘proq gol urgan bo‘lsa, aniqki, uning sport formasi juda yaxshi. Yana o‘sha fikrga qaytamiz: Yevro-2016dan so‘ng aksariyat mutaxassislar «Zlatan - oldingi Zlatan emas, u APL uchun juda «qari»lik qiladi». Zero qit’a chempionatidagi harakatlar ko‘pchilikni shunday o‘ylashga majbur qilgandi. Biroq Ibra Shvesiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlab, bor diqqat-e’tiborini klubga qaratdi. Ko‘rinib turibdiki, u bugunga kelib, manchesterlik muxlislarning sevimlisiga aylanishni istamoqda. «Betgachopar» shvedning so‘nggi natijalariga qarang: u oxirgi 10 uchrashuvda 14 marta samarali harakatlarni amalga oshirdi. Shubhasiz, Zlatan sport formasini shunday yuqori darajada ushlab tursa, «MYU» uning yordamida bemalol Yevropa Ligasi finali haqida o‘ylashi ham mumkin. Ustiga-ustak, jamoa ayni vaqtda «Arsenal» va «Tottenxem»ga ham maksimal darajada yaqinlashib oldi. Raqobatchilar kuchli, «MYU» ham kamchiliklardan xoli emas. Lekin o‘ynovchi-murabbiy yoshidagi Ibragimovich himoyachilarning xatolarini kechiradigan darajada oqko‘ngil emas. Negaki, u hamon «cho‘qqi»da turibdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:51, 19.01.2017. O'qildi: 9001 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик