Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 20 42
2 Nasaf 19 40
3 Dinamo 20 38
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 20 21
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro - Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

21/08/25 Buxoro - Qo‘qon-1912
22/08/25 Andijon - Paxtakor
22/08/25 Qizilqum - Bunyodkor
23/08/25 Surxon - Nasaf
23/08/25 OKMK - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2006 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 756 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.08.2025

      05:20 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. Финал.
      10:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 13 в Лозанне, Швейцария.
      12:10 "Страна спортивная".
      12:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье. Прямая трансляция.
      13:00 "Сюрпляс".
      13:25 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье. Прямая трансляция.
      15:30 "География спорта". Норильск.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье. Прямая трансляция.
      16:30 "Культовые".
      16:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье. Прямая трансляция.
      19:00 Московские экстремальные игры 2025.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:30 "Тайны звёзд спорта".
      21:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      22:30 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины.
      23:45 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье.
      02:35 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье.
      04:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway".
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Авангард" (Курск) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:10 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Текстильщик" (Иваново) - "Тверь". Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Магомед Анкалаев против Джонни Уокера.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 13 в Лозанне, Швейцария.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.08.2025

      06:00 Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. 1/2 финала.
      06:30 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Финал. Прямая трансляция.
      08:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      09:30 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      10:30 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Этап 8 в Заснице, Германия. Обзор.
      14:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 16. Луанко - гора Лагос-де-Ковадонга.
      17:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 1.
      18:30 LIVE Велоспорт. Renewi Tour. Этап 2. Прямая трансляция.
      20:15 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.
      21:30 Теннис. "Ролан Гаррос". Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Кори Гофф (США).
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 3 эп.
      23:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 2.
      02:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 19. Логроньо - перевал Альто-де-Монкальвильо.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xitoy chempionatida to‘p surgan o‘zbekistonlik barcha futbolchilar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Yutuqlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xitoy super-ligasida OFKga a’zo 10ta mamlakat (Avstraliya, Iroq, Eron, Yaponiya, KXDR, Janubiy Koreya, Livan, Filippin, Suriya va O‘zbekiston) fuqarolari o‘ynashgan. Ayni payt bu chempionatda legionerlarga nisbatan «4+1» limiti amalda. Ya’ni OFK tarkibidagi mamlakat futbolchisi uchun bitta kafolatlangan o‘rin bor.

Oldinlari Xitoy chempionati bu qadar ko‘p tilga olinmasdi. Lekin oxirgi 12 oy ichida hammasi tubdan o‘zgarib ketdi. Endilikda xitoyliklar katta mablag‘ evaziga jahon darajasidagi murabbiy va futbolchilar xizmatidan keng foydalanishyapti. So‘nggi yaqqol misol sifatida «Zenit»da o‘ynagan belgiyalik iqtidor egasi Aksel Vitselning «Yuventus» taklifini rad etib, Fabio Kannavaro boshchiligidagi «Tyan-szin Syuanszyan» klubi safiga qo‘shilganini aytishimiz mumkin.

Bunday o‘tishlarni keyingi 2 oy davomida hali ko‘plab kuzatishimiz mumkin. 2016 yilning so‘nggi kunlari «Krasnodar»dan «Shanxay SIPG»ga o‘tgan Odil Ahmedov shubhasiz, Xitoy chempionatida to‘p suradigan eng mashhur o‘zbekistonlikdir, lekin u birinchi vakilimiz emas. Xullas, 2009 yildan buyon Xitoy futboli oliy divizionida 17 nafar o‘zbekistonlik futbolchi faoliyat yuritishga ulgurdi. Demak, Odil bu borada 18-vakilimiz hisoblanadi. Endi Ahmedovdan oldin Chin yurtiga yuzlangan yigitlarimizning u yerdagi faoliyatlariga bir nazar tashlaymiz.

Aleksandr Kleskov (2009, 2010). 1985 yilning 27 sentyabrida tug‘ilgan. 2006 yili O‘zbekiston milliy jamoasiga ham jalb etilgan himoyachi mavsum-2009da «Paxtakor»dan Xitoyning «Jiangsu Sunin» klubiga o‘tgandi. Yana bir yil so‘ng esa, «Paxtakor» uni «Tyanjin Teda»ga sotdi.

Statistikasi: «Jiangsu Sunin»da (2009 yil): 22ta o‘yin, 5ta gol, 8ta sariq kartochka. «Tyanjin Teda»da (2010 yil): 13ta o‘yin, 1ta sariq kartochka. Kleskov 2013 yilning 13 iyulida Turkiyaning «Orduspor» klubi bilan «1}1» ko‘rinishida shartnoma tuzdi, lekin transfer keyinchalik bekor qilindi. Shundan so‘ng uning faoliyatida pasa-yish yuz berdi.

Fakt. Transfermarkt.co.uk saytida Kleskov haqida  berilgan shaxsiy ma’lumotlarga ko‘ra, «Paxtakor» 2010 yili futbolchini «Tyanjin Teda»ga 200 ming yevro evaziga bergan va 2011 yili 250 ming yevro to‘lab, ortga qaytargan.

Aleksey Nikolayev (2009). 1979 yilning 5 sentyabrda tug‘ilgan. 2002-2008 yillarda milliy jamoa sharafini himoya qilgan. Mavsum-2008ni «Bunyodkor»da o‘tkazgan Nikolayev  keyingisini Xitoyda boshladi. «Shenjen Rubi» (ayni payt «Shenjen») himoyachi uchun professional faoliyatidagi 6-jamoa edi. Biroq uning Xitoy janubidagi o‘yinlari yodda qolarli chiqqani yo‘q.

Statistikasi: «Shenjen Rubi»da (2009 yil): 27ta o‘yin, 8ta sariq kartochka. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bu jamoa 2012 yildan buyon Xitoy 1-divizionida o‘ynamoqda. «Shenjen»­ni ayni payt mashhur Sven-YOran Eriksson boshqarmoqda.

Sadriddin Abdullayev (2009). 1986 yilning 11 iyunida tug‘ilgan. Tan olish kerak, «Paxtakor» Xitoy chempionatiga futbolchi yetkazib beruvchi asosiy o‘zbek klubidir. 2009 yili «sherlar»ning yana bir vakili - yarim himoyachi Sadriddin Abdullayev ham Chin o‘lkasini bir aylanib keldi. Ayni vaqt tarkibida Anzur Ismoilov harakatlanayotgan «Chanchun Yatay» o‘zbek futbolini birinchi bo‘lib, aynan Sadriddin Abdullayev orqali kashf etgandi.

Statistikasi: «Chanchun Yatay»da (2009 yil): 9ta o‘yin, 2ta gol. 2010 yilgi mavsumni ham shu jamoada boshlashi kutilgan Sadriddin kutilmaganda, «Lokomotiv»ga qaytgandi. U 2015 yili Malayziyaning «T-Tim» klubi safida ham o‘ynadi.

Zayniddin Tojiyev (2009). 1977 yilning 21 iyunida tug‘ilgan. «Paxtakor» Kleskovni «Jiangsu Sunin» klubiga sotgan o‘sha 2009 yili Tojiyevlar to‘ng‘ichini «Tyanjin Teda»ga yuborgandi. Biroq vaqtida kliplarda ham suratga tushgan hujumchi Xitoyda ko‘p ushlanib qolmadi.

Statistikasi: «Tyanjin Teda»da (2010 yil): 13ta o‘yin, 2ta gol. Zayniddin 2010 yilga kelib, Qozog‘istonda Shimkentning «Ordabasi» klubi sharafini himoya qildi. Aytgancha, u O‘zbekiston milliy jamoasi safida Slovakiya, Ozarbayjon va Iordaniya termalari darvozasini ishg‘ol etgan.

Farhod Tojiyev (2010). 1986 yilning 9 aprelida tug‘ilgan. Tojiyevlar kenjasi ham Xitoyda aynan «Tyanjin Teda» uchun o‘ynadi. JCH-2010 saralash bosqichi doirasidagi bitta o‘yinda Qatar termasi darvozasiga 3ta gol urgan futbolchi darhol xorij klublari e’tiboriga tushgandi.

Statistikasi: «Tyanjin Teda»da (2010 yil): 4ta o‘yin (170 daqiqa), 2ta sariq kartochka. Darvoqe, Farhod 2015 yili Malayziyaning «T-Tim» jamoasida Sadriddin Abdullayev bilan birga o‘ynadi.

Asqar Jadigerov (2010). 1980 yilning 5 yanvarida tug‘ilgan. Vaqtida «Andijon» klubining faxri va ramzi hisoblangan Jadigerov 2010 yili «Paxtakor»da ko‘rinish berdi. Biroq Toshkent klubi shu yilning o‘zida uni Xitoyga jo‘natdi - «Nanchang Xengyuan»ga. Asqarning Chin yurtida o‘ynab ketolmaganiga sabab sifatida unda xalqaro tajriba oz bo‘lganini aytish mumkin.

Statistikasi: «Nanchang Xengyuan»da (2010 yil): 19ta o‘yin, 2ta gol. Jadigerov keyinchalik yana bir marta legioner maqomini olib, 2012 yili Tailandning «Buriram Yunayted» klubiga bordi.

Islom Inomov (2010). 1984 yilning 30 mayida tug‘ilgan. Islom Inomov Xitoyda atigi yarim mavsum o‘ynab qaytgan futbolchilarimizdan yana biridir. U 2010 yilning birinchi  yarmida «Nasaf» safida to‘p surgach, yozda «Liaoning Vovin» klubi bilan shartnoma tuzgandi. Biroq tez orada ortga qaytib, mavsum-2011ni «Bunyodkor» futbolchisi sifatida boshladi.

Statistikasi: «Liaoning Vovin»da (2010 yil): 13ta o‘yin, 2ta sariq kartochka. Islomning 2005 yili Tbilisining «Lokomotiv» jamoasida ham to‘p surganini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Anzur Ismoilov (2011). 1985 yilning 21 aprelida Samarqandda tug‘ilgan. Anzur Ismoilovni hozirgacha Xitoy chempionatida to‘laqonli o‘ynab ketgan o‘zbekistonlik eng kuchli futbolchi sifatida ta’riflasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Milliy jamoamiz himoyachisi 2011 yilning 7 fevralida «Chanchun Yatay» safiga qo‘shilgani bo‘yicha hamon o‘sha yerda. U allaqachon o‘z klubining asosiy o‘yinchilari qatoriga kirgan.

Statistikasi: «Chanchun Yatay»da (2011-...): 161ta o‘yin, 11ta gol, 25ta sariq kartochka. E’tiborli tarafi, Anzur Xitoy chempionatida doimo markaziy himoyachi sifatida o‘ynasada, hali biror marta qizil kartochka olmadi. Umuman, u «Yatay»dagi faoliyati davomida jami 10 nafar bosh murabbiy bilan ishladi.

Eldor Magdeev (2011). 1984 yilning 11 aprelida tug‘ilgan. So‘nggi yillarda o‘ziga O‘zbekistondan klub topishi ham qiyin bo‘lib qolgan Eldor mavsum-2011da Xitoyda «Sindao Jonun» sharafini himoya qilgandi. Chin yurtiga ijara kelishuvi asosida borgan yarim himoyachi jami 11ta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng yana «Paxtakor»ga qaytdi.

Statistikasi: «Sindao Jonun»da (2011 yil): 11ta o‘yin. Eng achinarlisi, shu-shu o‘ta tezkor va mahoratli Eldorni katta klublarda bosh-qa ko‘rmadik.

Murod Xolmuhammedov (2011). 1990 yilning 23 dekabrida tug‘ilgan. So‘nggi mavsumlarni Jizzaxning «So‘g‘diyona»sida o‘tkazgan Murod Xitoy klublari bilan mustahkam aloqaga ega «Paxtakor» agentlari yordamida 2011 yili «Dalyan Shayd» a’zosiga aylangandi.

Statistikasi: «Dalyan Shayd»da (2011 yil): 4ta o‘yin (309 daqiqa), 2ta sariq kartochka. Tan olish kerak, Murod oxirgi vaqtlarda Jizzax klubida katta hajmda ish bajardi va oliy ligadagi gollari hisobini ham ochdi.

Kamoliddin Tojiyev (2011-2013). 1983 yilning 3 mayida tug‘ilgan. Bir oilaning 3 nafar vakili  Xitoyda to‘p surishi — ajoyib holat. Avval akasi - Zayniddin, keyinroq esa ukasi - Farhodni Toshkentdan Xitoyga kuzatgan Kamoliddinning o‘zi 2011 yili safarga otlandi va «Jiangsu Sunin» futbolchisiga aylandi. Muhimi, o‘rtancha Tojiyev Xitoydagi faoliyati bir yilga ham yetmagan akasi va ukasidan farqli ravishda, 2013 yilga qadar legioner maqomini saqlab qoldi.

Statistikasi: «Jiangsu Sunin»da (2011-2013): 70ta o‘yin, 2ta gol.

Aziz Ibragimov (2011-2012). 1986 yilning 21 iyulida tug‘ilgan. Slovakiya va Chexiya chempionatlarida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblangan Aziz 2011 yili Xitoyga yo‘l oldi. U «Sindao Jonun»da 2 mavsum davomida baholi qudrat to‘p surib, Xitoyda nisbatan yaxshi taassurot uyg‘otgan o‘zbekistonliklardan biri bo‘ldi.

Statistikasi: «Sindao Jonun»da (2011-2012): 39ta o‘yin, 4ta gol, 5ta sariq kartochka. Umuman, Ibragimov 2007-2014 yillar oralig‘ida xorijda rizq terdi. Oxirgi mavsumda esa «Buxoro»ning bosh to‘purari bo‘ldi.

Yegor Krimes (2013, 2016-...). 1992 yilning 27 yanvarida tug‘ilgan. Hozirgi O‘zbekiston milliy jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi 2013 yilning 25 yanvarida «Pekin Guoan» safiga qo‘shildi - ijara huquqi asosida. O‘sha yili uning klubi super-ligada 3-o‘rinni band etdi. 2016 yilning 11 yanvariga kelib, xitoyliklar bo‘ydor markaziy himoyachini yana ijara kelishuvi bo‘yicha taklif etishdi. Bu safar uning shartnomasi 2 yilga mo‘ljallandi.

Statistikasi: «Pekin Guoan»da (2013, 2016-...): 37ta o‘yin, 4ta gol, 11ta sariq kartochka.

Shavkat Mullajonov (2013). 1986 yilning 19 yanvarida tug‘ilgan. O‘zi uchun juda muvaffaqiyatli kechgan Osiyo kubogi—2011dan keyin legioner maqomini olgan Shavkat Mullajonov Yaqin Sharq mamlakatlaridagi faoliyatidan so‘ng 2013 yili osmono‘par yurtning «Liaoning Vovin» jamoasida ham yomon ko‘ringani yo‘q. Lekin bu mamlakatda bir yildan ortiq ushlanib qolmadi.

Statistikasi: «Liaoning Vovin»da (2013 yil): 20ta o‘yin, 4ta sariq kartochka.

Sherzod Karimov (2013). 1989 yilning 26 yanvarida tug‘ilgan. O‘z vaqtida FIFA sayti tomonidan ham alohida maqtalgan farg‘onalik iqtidor egasi Xitoyda yarim mavsumlik «xizmat safari»da bo‘lib qaytgan «paxtakorchilar»dan biri hisoblanadi. Ayni payt esa «Paxtakor»da avvalgi mavqesini tiklashga urinmoqda.

Statistikasi: «Sindao Jonun»da (2013 yil): 6ta o‘yin (142 daqiqa), 2ta sariq kartochka.

Artyom Filiposyan (2014). 1988 yilning 6 yanvarida tug‘ilgan. Ma’lum muddat O‘zbekiston milliy jamoasiga ham jalb etilgan himoyachi «Bunyodkor»dagi 2 yillik faoliyatidan so‘ng mavsum-2014ning yarmini Xitoyning «Liaoning Vovin» jamoasida o‘tkazdi.

Statistikasi: «Liaoning Vovin»da (2014): 4ta o‘yin (285 daqiqa), 4ta sariq kartochka. Artyom ayni payt jarohatini davolatmoqda.

Igor Sergeev (2016). 1993 yilning 30 aprelida tug‘ilgan. Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy jamoasi asosiy tarkibidan muqim joy olayotgan hujumchi o‘tgan yilning yozida «Paxtakor» tomonidan «Pekin Guoan»ga ijara asosida yuborildi va dekabrda yana Toshkent jamoasiga qaytdi.

Statistikasi: «Pekin Guoan»da (2016 yil): 14ta o‘yin (700 daqiqa), 1ta gol. Igor 16 oktyabr kuni «Chanchun Yatay»ga boy berilgan o‘yin- (1:2)ning 18-daqiqasida Yu Dabao uzatmasidan so‘ng gol urib, hisobni ochgandi. Aytish o‘rinli, klub murabbiyi Ksiye Feng yagona hujumchi taktikasidan foydalanib, asosan Burak Yilmazga ishonch bildirdi.

Odil Ahmedov (2017-...). 1987 yilning 25 yanvarida tug‘ilgan. Anzur Ismoilovni hisobga olmasa, Xitoy klublari hech bir sinovsiz, o‘zi talabgor bo‘lib sotib olgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi aynan Odil Ahmedovdir. Braziliyalik Xalk uchun 55,8 million yevro, uning yana bir hamyurti Oskar uchun yanada ko‘proq to‘lagan «Shanxay SIPG» Odil Ahmedovni o‘z tarkibida ko‘rish uchun Sergey Galiskiyga tegishli «Krasnodar» jamoasiga 7 million yevro berdi (ayrim manbalarda transfer bahosi 8 mln. yevro ekanligi yozilmoqda).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:58, 21.01.2017. O'qildi: 12296 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
4 Насаф Husayn Norchayev 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.