Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • 5:0
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Andijon
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
  • La-liga
      • 13.09.2025 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3878 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1627 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      16:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      20:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      22:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      02:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      04:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.09.2025

      05:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Гонка преследования.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 "Культовые".
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      18:40 "Страна спортивная".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 "Что за спорт?".
      21:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:15 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
      00:30 "Культовые".
      01:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      03:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 6 на автодроме "Игора Драйв".
      07:00 Д/ф "Защита Валерия Васильева".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Салют" (Белгород). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Леон Сатурн" (Раменское) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:30 Смешанные единоборства. UFC 318 в Новом Орлеане, США. Макс Холлоуэй против Дастина Порье. Реванш 2.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Финальный этап на трассе Монца, Италия. Гонка.
      07:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 3 в Праге, Чехия. Обзор.
      08:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      11:30 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      15:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 4 эп.
      23:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eriksen: «Oz ishlaymiz-u, ko‘p olamiz!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Kristian Eriksenning tumanli o‘lkaga o‘tishi ancha mashaqqatli kechdi. U APLdagi nisbatan qisqa muddat ichida brita­niya­lik mutaxassislar fikriga zid, jismoniy kurashlarga boy bo‘lgan chempionatda ishonchli to‘p surmoqda. «Totten­hem»­ning oxirgi mavsumlardagi muvaffaqiyatli ishtirokida Kristian salmoqli o‘rin tutadi.

Nihoyat, 2013 yil so‘nggida «Tottenhem» bilan shartnomaga imzo chekkan Eriksen Amsterdamga qaytdi - u yerdagilar bilan xayrlashish, ko‘ch-ko‘ronlarini yig‘ishtirish, jumladan, Gollandiya ligasining ikki to‘p­urariga atalgan kumush butsani qabul qilish uchun TVga tashrif buyurishi lozim edi. Ikki yil avval Kristian tanlov g‘olibi sifatida sun’iy futbol maydonchasi bilan taqdirlangan, sovrinni o‘zi tahsil olgan maktabga sovg‘a qilgandi.

Eriksen shou bilan band bo‘lib yurgan kezlari uning yangi jamoasi «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi. Qo‘shimchasiga terma jamoaning yig‘ini tufayli debyutant «taqachilar» safiga ikki hafta kechikib keldi. «Norvich»ga qarshi uchrashuv arafasida jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boashdan 11,8 mln. evaziga xarid qilingan futbolchining maydonga tushishi xususida so‘raganlarida, Kristian bilan mashq qilish u yoqda tursin, durustroq tanishishga ham ulgurmaganini bildirdi. Hatto, debyutant nomini ham Vlad deb (boshqa debyutant - Kirikeshning ismi) yanglish aytganida, matbuot kotibi xatoni tuzatgan. Ertasiga Eriksen «Tottenhem»ning 2ta golida faol ishtirok etdi. Bir haftadan so‘ng muxlislar uning sharafiga qo‘shiq yaratishdi.

«Ayaks»da to‘p surgan kezlarim o‘zimni Ozilga o‘xshatardim. Uning o‘yinlarini ko‘p kuzatganman, fintlarini o‘rganib, qo‘shimchalar kiritishga urinardim», - degandi futbolchi Angliyadagi debyut mavsumni Mesutga qaraganda 4ta ko‘p gol bilan yakunlaganidan keyin. U jarima zarbalarini amalga oshirishni nazarda tutgan, bu borada «Ayaks»dagi ustozi Dennis Berkamp bilan jiddiy ter to‘kkandi. APLdagi ikkinchi mavsumda Eriksen jarima zarbalarini golga aylantirish bo‘yicha hammadan o‘zib ketdi. Himoyachi Yan Vertongen esa Eriksenning «Tottenhem»ga transferida ishtirok etgani bilan maqtanib yuradigan bo‘ldi: «Klub rahbarlari mendan Kristian haqida so‘radilar. Uni 16 yoshidan bilishimni, yil sayin ishonchli va samarali o‘ynayotganini aytdim. Tez orada Eriksen APLning eng yaxshi pleymeykeriga aylanishiga ishonch bildirdim». Bir yil muqaddam «Sanderlend»ga qarshi bahsda «dubl»ga erishgan yarim himoyachi o‘z jamoadoshi Erik Dayer bilan metroda sayr qilib, daniyalik jurnalist Aleksander Yosevskiga shunday degandi: «Kishilar soat 8dan 17gacha mehnat qilishadi, biz esa 10dan 14gacha. Lekin juda katta ish haqi olamiz. Bu ajablanarli. Ochig‘i, hanuzgacha millionlarni ishlab topayotganimga ko‘nikolmayapman. Odenseda oilam va ma’shuqam Sabrina bor. Ular «Ettinchi osmon»ga ko‘tarilib ketmasligimda yordam beradilar. Futbolchilar, ayniqsa, agentlarga berilayotgan mablag‘lar men uchun qandaydir telbalikdek tuyuladi. Biroq taqdirimdan nolimayman. Futboldan nafas olayotganimdan, uning bir qismi ekanligimdan baxtiyorman. O‘zimni hech qachon yulduz bilmaganman. Ehtimol, barcha jamoalarda eng kichik bo‘lganim uchun shundaydir. Hatto, «Midelfart»­da ham eng kichigi men edim».

Odense bilan ko‘hna tarixga ega bo‘lgan Midelfart o‘rtasidagi masofa 20 daqiqalik yo‘l. Shahar sharafini himoya qiluvchi klubga 1900 yil 25 mayda asos solingan. Daniya­ning Yevro-92dagi g‘alabasidan 1,5 yil o‘tgach, murabbiy Tomas Eriksen o‘zining 3 yoshli o‘g‘lini «Midelfart»ning kichik yoshdagi bolalar jamoasiga olib kelgandi. Mazkur kelishuv 2005 yilda klubga 70000 yevro daromad keltirdi - kichik Eriksenni «Odense» o‘z safiga qo‘shib oldi. Tomas uchun murabbiylik shunchaki xobbi ekanini, aslida u Odensedagi avtoservisda ishlashini inobatga olsak, uning futboldagi malakasi chakki emasligiga amin bo‘lamiz. Kristian bilan yaqindan tanishish maqsadida «Ayaks» sport direktori Danni Blind shaxsan tashrif buyurganini eshtgan Tomas ishchi kombinezonini yechib qo‘yishga ham vaqtini qizg‘onib, uchrashuvga oshiqdi. Bu paytda «Chelsi», «Barselona» va «Milan» klublarida malaka oshirib qaytgan kichik Eriksenning Daniya o‘smirlar terma jamoasidagi o‘yinini ko‘rish uchun 30dan ortiq skautlar tashrif buyurishgandi. Ular orasida Yesper Gronkyer va Zlatan Ibragimovichni kashf etgan taniqli Yon Sten Olsen ham bor edi.

«Aksariyat futbolchilar to‘pni qabul qilib olgandan keyin uni kimga uzatish haqida o‘ylay boshlashadi. Kristian esa qanday harakat qilishini oldindan rejalashtirgan bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrimlar to‘pni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, unga tez-tez qaragan holda o‘ynashadi. Eriksen esa doimo boshini tik tutgan holda harakatlanadi, to‘pni oyoqlari ko‘rib turadi. Biz bu futbolchining «Ayaks»­da to‘p surish uchun ruhan tayyor ekanligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina jamoaga taklif etdik. Badavlat top-klublar bunday qilishmaydi. O‘zlariga yoqqan o‘smirlarni taklif etishadi-da, keyin uyiga qaytarib yuborishadi. Shu tariqa yosh futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi barbod bo‘ladi», - degandi Olsen.

Kristian ikki marta «Chelsi» ko‘rigidan o‘tishga harakat qildi, biroq rad javobini oldi: «Iqtidorli, lekin APL uchun yaramaydi». Uchinchi taklifni futbolchining o‘zi muloyimlik bilan rad etdi. «Barselona»da Kristianning yog‘dusi aka-uka Alkantaralar mahorati oldida nursizlanib qoldi. «Milan»da esa shaharning ikki mashhur klubida to‘p surgan sobiq himoyachi Tomas Xelvegning qo‘llab-quvvatlashi ham naf bermadi. Vaholanki, Eriksen asosiy tarkib mashg‘ulotlarida ishtirok etgandi.

Daniyada esa ko‘plab agentlar Eriksenning «Odense»dagi shartnomasi nihoyasiga yetishini sabrsizlik bilan kutishardi. Axir erkin agentga aylangan futbolchilar ularga qo‘shimcha daromad keltirardi-da. Xullas, Eriksenlar o‘z vaqtida Yon Dal Tomassonni «Ayaks»ga joylagan Martin Sxots bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rishdi. Otasining keskin javobi ham agentni cho‘chita olmadi: «Agar o‘g‘limning o‘yi­ni yoqqan bo‘lsa, shu yerga kelib ko‘raveringlar. Safarga chiqaverish jonimga tegdi. Kristian butun Yevropaga gastrol uyushtiradigan sirkchi emas!»

2008 yili Eriksen 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Daniya­ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

2009 yil yanvarda esa Amsterdamga yo‘l oldi. Bir yildan so‘ng jamoaning asosiy tarkibidan joy olgan bo‘lsada, kuzga qadar maydonda juda kam ko‘rinish berdi. O‘sha paytdagi bosh murabbiy - Martin Yol ko‘proq Sim de Yongga ishonch bildirardi. «Fulxem» bilan xufyona muzokara, «Neymegan» bilan durang o‘ynagani natijasida «Ayaks» 4-o‘ringa tushib ketib, Yolga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi. Uning o‘rnini egallagan Frank de Bur dastlabki kundanoq Eriksenni asosiy tarkibga kiritdi.

«Futboldan zavq olish hissini qaytadan kashf eting!», - degandi murabbiy o‘z shogirdlarini «San Siro»dagi «Milan»ga qarshi bahsga ruhlantirish chog‘ida. «Ayaks» o‘shanda Zeedorf, Pirlo, Ronaldinyo va Ibragimovichdek yulduzlardan tashkil topgan «Milan»ni 2:0 hisobida yengishi talab etilardi. Buni qarangki, de Bur shogirdlari murakkab vazifani uddalashdi. Kristian esa Luis Suares va Demi De Zeuv bilan yonma-yon to‘p surib, jamoaning yetakchi yarim himoyachisiga aylandi. Uning yorqin o‘yinlari ta’sirida bu safar «Manchester Siti»dan «sovchi» keldi. Ushbu taklif ham rad etildi. Chunki ular Kristianning bunga tayyor emasligini bilishardi. «Angliya chempionati quvvatga to‘lmagan o‘smirlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Mana, Made Timm bir paytlari 16 yoshidayoq «Odense»dan «MYU»ga o‘tgan. Oqibatda faoliyatini barbod qildi - jismoniy quvvati dosh berolmay, 25 yoshidayoq professional futbolni tark etdi», - degandi katta Eriksen 2010 yili bergan intervyusida.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, 2013 yili Andrea Villash-Boash Eriksenning transferiga qarshilik bildirgan, biroq «Tottenxem» sport direktori Franko Baldinining qat’iy talabiga ko‘ra, yarim himoyachi «taqachilar» safidan o‘rin olgan. Chunki shaxsan Yoxan Kroyfning o‘zi «Barselona» sport direktori Andoni Subisarettaga «Ayaks»dagi shartnomasi tugayotgan Eriksenni qo‘ldan chiqarmaslikni maslahat bergandi. Agar londonliklar salgina sustkashlikka yo‘l qo‘yishganida, futbolchi Kataloniyaga yo‘l olardi.

Frankoning mashhur kasbdoshi malakasiga tayanib to‘g‘ri qilganligi tezda o‘z isbotini topdi - Eriksenning o‘ta samarali harakatlari evaziga (samarali uzatmalar soni bo‘yicha 2 yildan beri APLda 2-ko‘rsatkich) «Tottenxem» sovrindorlar safidan joy oldi.

«APL hayotiga ko‘nikib ulgurdim. Mo‘may daromad meni o‘zgartirib yubordi, deb o‘ylamayman. Pulni topgan zahoti qimmatbaho avtomobillar, hashamatli uylar va bashang kiyim-kechak xarid qiladigan ko‘pgina kasbdoshlarimni bilaman. Mayli, o‘zimni boshqalardan aqlliroq ko‘rsatish niyatim yo‘q, libos va poyafzallar kunda kerak bo‘ladigan buyumlar. Mashina va uylar...», - dedi Kristian daniyalik jurnalist Mor Boysen bilan bo‘lgan suhbatda.

Biroq Eriksen ham Londonning o‘ta nufuzli tumanlaridan biri bo‘lgan Xempsteddan uy sotib olgan. Ertalab soat 8:00da o‘rnidan turib, 8:45da klubga keladi. Nonushtadan so‘ng sportzal yoki massajga yo‘l oladi, 10:33dan - 12:00gacha mashg‘ulotlarda qatnashadi. Keyin qisqa vaqt jismoniy mashqlar, dush va tushlik. Qarabsizki, soat 14:00dan keyin Kristian yana uyda - Sabrina bilan kinoga tushadi yoki do‘konlarni kezadi.

Martin Sxotsdek agentning nazorati ostida Eriksen daromad borasida tashvishlanmasa ham bo‘laveradi. Avgust kunlaridan birida Evromag jurnali uchun fotosessiyada ishtirok etgan futbolchiga jurnal muharriri qizil rangli futbolkani taklif qilgandi. Sxots o‘sha zahoti libosni kiymaslikni buyurdi: chunki bu rang - «Arsenal» ramzi, Eriksenning yangi shartnomaga imzo chekishiga xalaqit berishi mumkin. Daniel Levi esa har qanday ikir-chikirlarga ham e’tibor beradigan sohib.

Xullas, oradan bir necha hafta o‘tgach, Kristianning amaldagi shart­nomasi 2020 yilgacha uzaytirildi, haftalik maoshi esa 32000 funtdan 80000ga ko‘tarildi. Endi Eriksen yanada ko‘proq ajablanmasa kerak. Axir uning ish hajmi o‘zgarmagan holda moyanasi salkam uch baravarga ko‘paydi!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:36, 04.02.2017. O'qildi: 3680 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.